257
faqat kimyoviy jarayon sifatida ko‘rib chiqilar
edi va bu jarayonlarda
faqat havo kislorodi va sulfidlar oksidlanishi mahsulotlari sulfat kislota
va metallar sulfatlari ishtirok etadi deb hisoblanar edi. Masalan, kondagi
sulfid minerallar bilan kuchli oksidlovchi modda hisoblanuvchi va
sulfidlarning oksidlanishi natijasida hosil bo‘lgan uch valentli temir
sulfati quyidagi reaksiya bo‘yicha ta’sirlashadi:
Me
m
S
n
+ mFe
2
(SO
4
)
3
= mMeSO
4
+ 2mFeSO
4
+ nS (1).
Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan ikki valentli temir sulfati oddiy
sharoitlarda, nordon eritmalarda havodagi kislorod bilan juda sekin uch
valentli temir sulfatigacha oksidlanadi. Ammo ruda konlaridagi nordon
suvlarida mavjud bo‘lgan maxsus mikrojonzotlar ta’sirida, temirning
oksidlanishi tez suratlarda borishi A.R. Kolmer va M.R. Xinkellar
tomonidan 30-yillarda aniqlangan. Aniqlangan mikrojonzotlarning
xususiyatlari o‘rganilgandan so‘ng, bu bakteriyalar nafaqat ikki valentli
temirni, balki tiosulfatni va oltingugurtni
oksidlashga ega ekanligi
aniqlandi hamda bu bakteriyalar Thiobacillus toifasiga tegishligi
belgilandi. Oltingugrt va temirni oksidlash xususiyatiga ega bo‘lganligi
uchun bakteriyalar Thiobacillus ferrooxidans (tion temir oksidlovchi
bakteriyalar) to‘liq nomni olishgan. Oxirgi yillarda mikrobiologlarning
tadqiqotlari, mikrojonzotlarning fiziologiyasi va ruda konlarida
geokimyoviy faoliyatini o‘rganishga yo‘nalishga, texnologlarniki esa,
mikrojonzotlar
ishtirokida
kechadigan
oksidlovchi
jarayonlarni
faollashtirishga
va
sanoatda
qo‘llash
sohasini
kengaytirishga
yo‘naltirilgan.
1. Ko‘pgina olib borilgan tadqiqotlardan,
mikrojonzotlar ruda
konlarida pH ko‘rsatkichining keng chegaralarida (0,5 dan 10 gacha)
uchraydi va sulfidli ruda konlarining deyarli barchasida faoliyat
ko‘rsatishadi.
2. Mikrojonzotlarning morfologiyasi va hayot sikli har xildir.
Evolutsiya natijasida mikrojonzotlar turli ekologik sharoitlarga
ko‘nikishgan.
Mikrojonzotlarning turli tashqi muhit omillariga bardosh bera
olishligi, ularni okean tubi gruntida 11 km chuqurlikda, Arktika va
Antarktika
muzliklarning
yuzasida,
tog‘larning
cho‘qqilarida,
sahrolarning qumlarida va atmosferada 20 km balandlikda mavjudligi
258
aniqlangan. Bakteriyalar sinflanishining asosiga, ularning hayot faoliyati
sharoitlari olingan. Bakteriyalar ularning
hayot faoliyatini belgilab
beruvchi energiya manbai turi, elektronlar donori, uglerod manbai,
yashash muhitining nordonligi, o‘sish va ko‘payish harorati, kislorod,
bosim va boshqa ko‘rsatkichlarga tegishligi bo‘yicha sinflanishadi.
Masalan, paratrof oziqalanish usulida energiya manbai tirik jonzotlardir,
xemotrof oziqalanishda energiya
manbai kimyoviy reaksiyalardir,
fototrof oziqlanishda esa oziqa manbai fotokimyoviy reaksiyalardir.
Litotrof mikrojonzotlarda elektronlar donori noorganik moddalardir,
organotrof mikrojonzotlarda esa organik moddalardir. Avtotrof
mikrojonzotlar uchun uglerod manbai karbonat kislotasidir (uglekislota),
geterotroflar uchun esa organik moddalardir. Ko‘pgina bakteriyalar pH
ko‘rsatkichisi neytral bo‘lgan muhitda hayot faoliyatini kechirishadi,
ammo atsidofil bakteriyalar kuchli nordon muhitda (pH < 1)
rivojlanishlari mumkin, ko‘k-yashil (сине-зелённые) mikrojonzotlar esa
o‘zlarining hayotini pH = 13 olib borishadi. Psixrofil mikrojonzotlar
6
0
C haroratda o‘sishadi, mezofil bakteriyalar uchun optimal harorat 25–
35
o
C tashkil etadi, termofil bakteriyalar esa 70–90
o
C
haroratlarda
rivojlanishlari mumkin. Kislorodga tegishligi bo‘yicha bakteriyalar
aeroblar va anaeroblarga bo‘linadi. Aeroblar havo olish jarayonlarini
to‘g‘ridan to‘g‘ri kislorod ishtirokida olib borishadi, kislorod energetik
metabolizmda (o‘zgarishda) elektronlar donori vazifasini bajaradi.
Anaeroblar, havo olish jarayonini, bog‘langan kislorodni saqlovchi
noorganik moddalarni (karbonat kislota (uglekislota), sulfatlar, nitratlar)
tiklanishi hisobiga organik moddalar oksidlanishida amalga oshirishadi.
Anaeroblar uchun erkin kislorod zaharlidir.
Mikrojonzotlar katta
bosimda ham hayot faoliyatini olib borishlari mumkin, bu baktriyalar
barofil toifasiga tegishlidir. Masalan, Bacillus subtilus bakteriyasi 2000
mPa bosimga chiday oladi.
Dostları ilə paylaş: