15.4. Aglomeratsiyalash jarayonning umumiy tushunchasi
Aglomeratsiya temirli rudalarni bo‘laklashtirishning asosiy usuli
hisoblanadi. Aglomeratsiya briketlashning aksicha ayrim hollarda
boyitish jarayonlari sifatida kuzatiladi. Aglomeratsiya mohiyat jihatidan
rudani oltingugurtsizlantirishning birdan bir radikal usuli hisoblanadi.
Oltingugurt aglomeratsiya jarayonida yonib bitadi, shu bilan bir qatorda
ma’lum sharoitlarda oltingugurt sulfidining yonishi uning aglomeratsion
shixtadagi miqdoriga qarab 98%ga etishi mumkin.
Rudada ishtirok etuvchi oltingugurt sulfati gips yoki barit xolida
odatda 50–60%dan ortiq yonmaydi. Qisman (50% atrofida) mishyak
ham yonadi. Temirli rudalardagi boshqa zararli qo‘shimchalar (fosfor,
rux va boshqalar) amalda yonmaydi. Biroq ularning ba’zilari, masalan
rux, maxsus jadallashtiruvchi qo‘shimchalar va aglomeratsion tartibning
muhim sharoitlarini qo‘llab aglomeratsiya usulida chetlashtirilishi
mumkin. Ruda maydasini qizdirish uch xil usulda amalga oshirilishi
mumkin: muallaq holatda, aylanuvchi pechlarda, havoni sizib o‘tkazish
orqali. Muallaq holatda va aylanuvchi pechlarda kuydirish issiq gazlar
berish hisobiga amalga oshiriladi, ular ta’sirida mahsulot donalari
yumshaydi, sirti mustahkam bo‘laklar hosil qilib eriydi. Rudani muallaq
holatda qizdirish katta miqdorda chang chiqishi, yonilg‘ining sarfi
kattaligi, tayyor aglomerat olish qiyinligi tufayli hozirgacha sanoat
miqyosida ishlatilmaydi. Aylanuvchi pechlarda qizdirish sanoat
miqyosida ishlatilsa ham sizib o‘tish orqali qizdirishga nisbatan bir qator
kamchiliklarga
ega.
Shuning
uchun
aylanuvchi
pechlarda
aglomeratsiyalashning bu turini sanoat miqyosida qo‘llash bir muncha
cheklangan. Aglomeratsiyaning nisbatan kengroq tarqalgan usuli havoni
sizib o‘tkazish usuli hisoblanadi. Bu usulning mohiyati quyidagilardan
iborat: qizdiriladigan ruda maydasi qattiq yonilg‘i (koks maydasi,
maydalangan antratsit) bilan aralashtiriladi. Olingan aralashma idishga
yoki panjarali taglikka ega alohida yondiruvchi aravachalardan tashkil
topgan uzluksiz plastinkali transportyorlarga joylanadi. Panjara ostida
havoni siyraklashtiruvchi kamera joylashgan bo‘lib, unda panjara
246
ustidagi shixta qatlami orqali atmosferadan havoni so‘rib olishni
ta’minlovchi vakuum hosil qilinadi. Agar yonilg‘ini shixtaning yuqori
qatlamlarida yoqilsa, issiq gazlar shixta orqali sizib chiqadi va yoqilg‘ini
yonish zonasi shixtaning yuqoridan pastga to panjaraga yetguncha
suriladi va yoqilg‘ining yonish jarayoni tugaydi. Shixtada yonilg‘i tekis
taqsimlansa yonish jarayoni shixtaning barcha uchastkalarini qamrab
oladi. Shixta qatlamida ketuvchi jarayonlar shixtaning komponentlari
orasida boruvchi murakkab fizik-kimyoviy reaksiyalarning o‘zaro
qo‘shilishidan iborat. Yoqilg‘i ruda maydasi bilan to‘qnashganda
shixtadagi harorat 1300
o
Cgacha va undan ham yuqori ko‘tariladi va bu
xol kimyoviy reaksiyalarning rivojlanishiga olib keladi. Shixtaning ruda
qismidagi temirning mineral shakli qanday bo‘lishidan qa’ti nazar,
aglomeratda temir asosan magnetit, uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda
temir (II) – oksid ba’zan Metall holidan temir silikati – fayalit (Fe
2
SiO
4
)
yoki 2FeO ∙ SiO
2
holida ifodalanadi.
3Fe
2
O
3
+CO= 2Fe
3
O
4
+CO
2
Fe
3
O
4
+ CO = 3Fe
O+ CO
2
Fe
O+ CO= Fe +
CO
2
Yuqori haroratda magnetit gematitga nisbatan mustahkamroq shakl
hisoblanadi, uglerodning miqdori yetarli bo‘lganda u temir (II) – oksid
va metall holidagi temirgacha qaytariladi.
Aglomeratsiya jarayonida shixtani tashkil etgan komponentlarning
temir silikati, kalsiy feritlari, shlakli qo‘shimchalar hosil qilib qayta
kristallanishi sodir bo‘ladi. Bunda 1100–1200
0
C haroratda oson eruvchi
birikmalar qisman eriydi. Bu erigan moddalar hosil bo‘lgan aglomeratga
mustahkamlik beruvchi moddalar hisoblanadi.
Shixtani yuzidan boshlab yondirishdan va panjara ostida vakuum
hosil qilishdan so‘ng shixta qatlamida quyidagi 6 ta zonaning izlarini
ajratish mumkin: 1) o‘rindiq zonasi, 2) o‘ta namlash zonasi, 3) quritish
zonasi, 4) jadal qizdirish zonasi, 5) yonish zonasi, 6) aglomeratni
sovutish zonasi.
O‘rindiq zonasi aglomeratsiya jarayonida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok
etmaydi. Uning mohiyati aglomeratni panjarada yonishdan saqlash va
shixtaning mayda zarralarini panjaradan o‘tib ketishini kamaytirish.
O‘rindiq panjaraga shixtaning asosiy massasidan alohida yuklanadi.
|