238
Fe
2
O
3
va Fe
2
O
3
·N
2
O
Fe
2
O
3
+ CO = Fe
3
O
4
+ CO
2
,
Bu esa temir rudalarini boyitishning eng samarali usuli –
elektromagnit boyitishni qo‘llash imkoniyatini yaratadi.
Tiklovchi kuydirishning yana bir turi velslashdir. Bu qattiq
fazadagi bir qator metall oksidlarini ugletermik tiklash jarayoni bo‘lib,
yuqori haroratda vozgon holida gaz fazaga o‘tadi. Bunday nisbatan
uchuvchan metallar guruhiga Hg, Cd, Na, Zn, Mg kiritish mumkin.
Velslash jarayoni rux ishlab chiqarishda (t
qaynash
=907
0
C) keng qo‘llanadi.
Rux bilan birga kadmiy, ayrim hollarda qo‘rg‘oshin
vozgon holida
uchadi. Ushlab olingan vozgonlardan metall gidrometallurgik qayta
ishlash usuli bilan ajratib olinadi.
Kalsinatsiyali
(toblash)
kuydirishning
maqsadi
xomashyo
tarkibidagi ruda minerallarni kimyoviy tarkibini o‘zgartirishdir. Bunda
ma’lum haroratgacha qizdirish yo‘li bilan beqaror kimyoviy birikmalar
termik parchalanadi (dissotsiatsiyalanadi). Bunday kuydirish 1000-
1200
0
C haroratda karbonatlar
CaCO
3
→ CaO + CO
2
1200
0
C haroratda gidrooksidlar
2Al(OH)
3
→ Al
2
O
3
+ H
2
O
uchun qo‘llanadi.
Xlorlovchi kuydirish oksid yoki sulfidlarni suvda eruvchan yoki
uchuvchan xloridlarga aylantirish uchun o‘tkazilib, Mg, Ti, Zr, Hf, Sn
olish texnologiyasida qo‘llanadi. Rangli metallar
metallurgiyasida xlor
va xloridlar 1786-yilda rudadan oltinni va kumushni, 1877-yilda misni
ajratib olishda qo‘llanila boshladi.
Bir
qator
metallarni
(uran,
berilliy)
ishlab
chiqarish
texnologiyasida xlorlovchi kuydirishga o‘xshash ftorlovchi kuydirish
usuli qo‘llanadi. Ftorlovchi kuydirishning maqsadi metall oksidlarni
ftoridlarga aylantirishdir. Masalan: 500–700
0
C haroratda
UO
2
+ 4HF = UF
4
+ H
2
O.
Aglomeratsion kuydirish natijasida kukunsimon materiallar
bo‘laklarga aylantiriladi. Bu jarayonda material
erish haroratigacha
239
qizdirilib (suyuq holga o‘tgazilmay), sovitilganda kukun zarrachalar
bo‘lak mahsulot shaklida birikadi:
2PbS + 3O
2
+ SiO
2
= PbO + PbS·SiO
2
+ SO
2
(800–950
0
C haroratda).
PbS·SiO
2
– yengil eruvchan mahsulot hisoblanadi. Bu jarayon
minorali pechlarda eritishdan oldin qo‘llanadi.
Metallurgik eritish yuqori haroratda, ko‘pchilik hollarda qayta
ishlanayotgan materialni to‘liq erishi bilan boradigan pirometallurgik
jarayondir. Eritishning ikkita usuli mavjud: rudali va tozalovchi.
Dostları ilə paylaş: