Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdurahmonov


 Yanchuvchi jismlarning yeyilishi (siyqalanish)



Yüklə 6,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/138
tarix10.09.2023
ölçüsü6,09 Mb.
#142499
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   138
Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdur

4.11. Yanchuvchi jismlarning yeyilishi (siyqalanish) 
Yanchuvchi vosita sifatida rudali va metall jismlar ishlatiladi. 
Metall yanchuvchi vositalar shakliga qarab sharli va sterjenliga 
bo‘linadi. Sharlar prokatlash, bolg‘alash (kovka) yoki qoliplash 
(shtampovka) orqali po‘latning turli markalaridan diametri 15 da 125 
mm gacha (30 dan 110 mm oraliqda 10 mm diapazonda) qilib 
tayyorlanadi. Diametri 60 mm gacha bo‘lgan sharlar kamida 0,35% 
uglerod saqlovchi po‘latdan, diametri 60 mm dan katta sharlar tarkibida 
kamida 0,6% uglerod saqlovchi po‘latdan tayyorlanadi. Sharlar 
toblanishi kerak. Sharlarning yuzasida darzlar, pufakchalar, parda va 
boshqa begona narsalar bo‘lmasligi kerak. Steijenlar 40 dan 125 mm 
gacha diametrda uglerodli po‘latdan prokatlab tayyorlanadi. Ular ruxsat 
etilgan chegaragacha yeyilgandan keyin (30–50 mm gacha) bukilmasligi 
va mayda bo‘laklarga bo‘linmasligi kerak. Ishlab chiqarilayotgan sharlar 
qattiqlik, zarbaga chidamlilik va geometrik o‘lchamlar bo‘yicha 
talablarga javob bermaydi, shuning uchun ularning sarfi katta. Yaqin 
yillar ichida cho‘yan yanchuvchi vositalarni ishlab chiqarish yo‘lga 
qo‘yiladi. 
Diametri 40–50 mm li po‘lat shariarni diametri 25 mm li cho‘yan 
sharlariga almashtirish kelajakda yaxshi samara beradi. Shar, sterjen va 
tegirmon qoplamasining yedirilishi yanchuvchi vositaning sirpanishdagi, 
dumalashdagi ishqalanishi yanchuvchi vositaning o‘zaro va qoplama 
orasida urilishi natijasida sodir bo‘ladi. Yeyilishning jadalligi shar, 
sterjen va h.k.lar tayyorlangan po‘latning xossalari, abrazivligi, 
yanchiluvchi mahsulotning yirikligi va qattiqligi, yanchilish usuli


91 
muhitning agressivligi, qoplamaning urinishi, tegirmonning ishlash 
tartibi. Tegirmon barabanining o‘lchami, yanchish sxemasiga va 
h.k.larga bog‘liq. 
Quruq yanchishda po‘lat yanchuvchi vositalarning yeyilishi 
abraziv ta’sir natijasida, ya’ni mahsulot zarrachalarini metallni 
mikrotirnash va mikrochizish natijasida metall zarrachalarining qirindi 
shaklida uzilishi hisobiga sodir bo‘ladi. Ho‘l yanchishda esa abraziv 
yeyilishiga yana korrozion yeyilish ham qo‘shiladi. Tekshirishlar 
agressiv muhitda korrozion yeyilish umumiy yeyilishning 10–60% ni 
tashkil qilishi aniqlangan. 

Yüklə 6,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin