Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdurahmonov


 Maydalash va yanchish bo‘limlaridagi xavfsizlik qoidalari



Yüklə 6,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/138
tarix10.09.2023
ölçüsü6,09 Mb.
#142499
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   138
Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdur

4.8. Maydalash va yanchish bo‘limlaridagi xavfsizlik qoidalari 
Bu bo‘limlarda xizmat qilish xavfsizligi va qulayligini ta’minlash 
harakatlanuvchi qismlar va ishchi maydonlarning atroflarini o‘rash 
orqali amalga oshiriladi. Hamma xizmat ko‘rsatuvchi maydonlar 0,3 m 
balandlikda balandligi 1 m dan kam bo‘lmagan to‘siq bilan o‘ralib, 
to‘siqning ostki qismi kamida 180 mm balandlikda yaxlit bo‘lishi kerak. 
Sexlarda mashinalarda ishlovchilar bir binodan ikkinchi binoga bemalol 
o‘tadigan va bu joylarga ehtiyot qismlar olib kelishi uchun bemalol 
bo‘lishi kerak. Truba va tarnovchalarning usti bekilgan (pol sathida 
bo‘lsa) yoki poldan 2,2 m dan kam bo‘lmagan balandlikda joylashishi 
kerak. Ta’mirlash ishlarini bajarish va og‘ir detallarni tashish uchun 
fabrika sexlari ko‘tarma kran va telferlar bilan ta’minlanadi. 
Mashinalarning 
harakatlanuvchi 
qismlari 
to‘silishi 
kerak. 
Shuningdek, maydalagichlarning qabul qiluvchi tuynuklari va 
konveyerlar yon tomondan butun uzunligi bo‘ylab to‘siladi. 


85 
Asosiy o‘tish joylari sexlarda 1,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Maydalagich, tegirmonlar o‘rnatilgandan keyingi o‘tish joylarining 
kengligi 1,2–1,5 m dan kam bo‘lmasligi, boshqa uskunalarniki esa 1 m 
dan kam bo‘lmasligi, uskunaning qo‘zg‘almas qismlariniki esa 0,8 m 
dan kam bo‘lmasligi kerak. Tasmali konveyer (kengligi 600 mm gacha) 
bo‘ylab o‘tish kengligi 0,8 m dan, kengroq konveyerlar uchun esa 1,1 m 
dan kam bo‘lmasligi kerak. Konveyerlarning oxirgi qismlari (uchlari) va 
uzatma stansiyalari uch tomondan 1 m dan kam bo‘lmagan o‘tish joyi 
(пpоход)ga ega bo‘lishi kerak. Yoqish moslamalari shunday joylashishi 
kerakki, mashinani yoquvchi odam mashinaning yon-atrofi va ishchi 
maydonining hammasini ko‘ra olsin. Mashinani o‘chiruvchi va yoquvchi 
moslama mashinaning yoniga o‘rnatiladi. Uzun tasmali konveyerlarning 
o‘chirish moslamasiga konveyer bo‘ylab po‘lat sim (diametri 6–5 mm li) 
ulab qo‘yish tavsiya qilinadi. Uning yordami bilan konveyerni istagan 
joyda to‘xtatish mumkin. Xavfsizlik texnikasi qoidalari har qaysi 
boyitish fabrikasida har qaysi ish joyi uchun tuziladi. Ishchilar bu 
qoidalarni o‘rganib, ulardagi hamma talablarga rioya qilishlari kerak. 
Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha qo‘llanmaning bajarilishi muhandis-
texnik shaxslar, brigadir va masterlar tomonidan nazorat qilinadi. 
Fabrika sexlarida ishlashda xavfsizlik qoidalarining umumiy talablari 
quyidagicha: 
1. 
Buzilgan 
asbob-uskunada 
ishlanmasin. 
Qo‘zg‘aluvchi 
qismlarning to‘siqlari olinganda ishlanmasin. 
2. Ishlab turgan mashina moylanmasin. 
3. Mashina ishlab turganda tozalanmasin. Tasmali konveyerlar 
oxirgi barabanlari va roliklari konveyer ishlab turganda tozalanmasin. 
4. Tasmali konveyerning tagiga kirish, uning ustidan hatlab o‘tish, 
konveyer ishlayotganda ham, to‘xtaganda ham mumkin emas. 
Konveyerlar ustidan o‘tish uchun maxsus o‘tish ko‘priklari o‘rnatiladi. 
5. Maxsus kiyim qulay va ish joyiga mos bo‘lishi kerak. 
6. Ta’mir vaqtida uskunalarni yoqmaslik kerak. Ta’mir 
qilinayotgan mashinalarning elektr dvigatellari tokdan uzib qo‘yilishi 
kerak. 


86 
Har qanday baxtsiz hodisa haqida jabrlanuvchi yoki baxtsiz 
hodisaning yaqin guvohi sexning texnik nazorat qiluvchi shaxsiga xabar 
qilishi shart. 
Dastgohni ishga tushirishdan avval ogohlantiriluvchi signal be­ 
riladi. Sanoat binosi va o‘tga qarshi dastgohlarning tarkibi «Sanoat 
korxonalari uchun o‘t chiqishiga qarshi namunaviy qoidalar»ga mos 
kelishi kerak. Maydalash va yanchish bo‘limlari yuklovchi va qabul 
qiluvchi bunkerlari ishchi maydoni xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarni 
temiryo‘l va boshqa transport vositalarining kelganidan xabar berish 
uchun tovush va yorug‘lik signalizatsiyasi bilan jihozlanadi. Bu 
maydonlarda qo‘zg‘aluvchi yuk vagonlariga xizmat ko‘rsatish, 
shuningdek, vagonlar kelganda odamlarning xavfsiz joyga o‘tib 
turishlari uchun yo‘lkalar ko‘zda tutilishi kerak. Ruda qabul qiluvchi 
signal bergandan keyingina vagon va avtosamosvallarni bo‘shatishni 
boshlash kerak. Yo‘lda turgan vagonlarni bo‘shatish vaqtida yo‘llarni 
tozalash man qilinadi. Vagon ag‘dargichlar balandligi 2 m dan kam 
bo‘lmagan panjara bilan to‘silishi kerak. 
Rudani avtotransport bilan berishda avtomashinaning bunkerga 
sirpanib tushib ketishining oldini olish maqsadida bo‘shatish maydonida 
tayanchlar (tirgaklar) o‘rnatish kerak. Bunkerlarni qabul qiluvchi 
maydonlarda chang ushlovchi vositalar bo‘lishi kerak. Bunkerdagi 
rudani kosov bilan kovlash faqat kovlash uchun qo‘yilgan darcha orqali 
bajarihshi lozim. Odamlarni rudani aralashtirish (kovlash) uchun 
bunkerga tushishi man qilinadi. Yuklovchi moslamalarni kuzatish va 
ta’mirlashdan oldin rudani bo‘shatiladi va shamollatiladi. Maydalagich 
operatorning ishchi maydoni undan rudaning yirik bo‘laklari otilib 
chiqib ketmasligi uchun ishchini himoya qiluvchi himoyalovchi 
moslamaga ega bo‘ladi. 
Maydalagichga tiqilib qolgan ruda bo‘laklarini qo‘l bilan ajratib 
olish yoki kuvalda bilan maydalash man qilinadi. Bu bo‘laklar 
maydalagichdan ko‘taruvchi moslamalar bilan chiqarib olinishi yoki 
xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda parchalanishi kerak. 
Ishchilarni maydalagichning ichiga tushirilganda ehtiyotlovchi kamar 
taqilishi va yuklovchi tuynuk usti vaqtinchalik yopib qo‘yilishi kerak. 
G‘alvirlarning yuklovchi va bo‘shatuvchi voronkalarining butun 


87 
kengligi bo‘ylab xizmat ko‘rsatuvchi ishchilarni rudaning tasodifan 
otilib chiqishidan himoyalash uchun himoyalovchi moslama o‘rnatilishi 
kerak. G‘alvirlarni ishga tushirishdan oldin hamma birikmalarni, 
ayniqsa, muvozanatlovchilarni yaxshilab tekshirib chiqish zarur. 
Maydalagichdan ruda bo‘laklari otilib chiqib ketmasligi uchun 
yuklovchi tuynuk olinadigan to‘siq bilan (konusli maydalagichlarda) 
yoki balandligi 1 m dan kam bo‘lmagan soyabonli to‘siqlar (yuzali va 
boshqa turdagi maydalagichlarda) bilan berkitiladi. Tegirmon va 
klassifikatorlarning yoquvchi moslamalari shunday joylashtirilishi 
kerakki, operator apparatni yoqqanda uning ishini kuzatib tura olsin. 
Tegirmonning ichini kuzatish va ta’mirlash uni to‘xtatib, ichini 
shamollatilganidan keyingina mumkin. Tegirmonning ichida ishlashga 
brigadirning kuzatuvidan tashqari kuzatib turuvchi ishtirokidagina ruxsat 
beriladi. Tegirmon ishlab turganda ta’minlagich qoplamasining 
boltlarini mahkamlash, shuningdek, luk qopqog‘i gaykalarini bo‘shatish 
man qilinadi. Sharlarni konteynerga ortish joylari to‘silgan va ortish 
vaqtida «Xavfli» degan plakat osib qo‘yilishi kerak. Konteynerni 
ko‘tarish vaqtida odamlar undan xavfsizroq masofada bo‘lishlari lozim. 
Sharlar konteynerga yuklanganda yon devorigacha kamida 10 sm 
qolishi kerak. Elektromagnit kranni yoqishga faqat maxsus o‘rgatilgan 
shaxslargagina ruxsat beriladi. Klassifikatorlarga xizmat ko‘rsatish 
uchun uning ishchi maydoni klassifikator vannasi bortidan kamida 600 
mm past bo‘lmasligi kerak. 

Yüklə 6,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin