88
fabrikalarda nisbatan dag‘al (0,2 mm gacha) yanchishda qo‘llaniladi.
Barabanli sharli, sterjenli va ruda galkali tegirmonlar yopiq siklda va
kamdan kam hollarda ochiq va qisman ochiq sikllarda ishlaydi. Ochiq
siklda yanchilgan mahsulot tegirmonda faqat bir marta o‘tadi va
tegirmondan tayyor yanchilgan mahsulot olinadi. Ochiq siklda yanchish
sterjenli tegirmonlar uchun quruq va ho‘l yanchishda, sharli tegirmonlar
uchun esa faqat quruq yanchishda ishlatiladi. Yopiq siklda tegirmon
spiralli klassifikator, gidrosiklon yoki g‘alvir bilan birgalikda o‘rnatiladi.
Ikki bosqichli yanchish sxemalari o‘rtacha
va katta quvvatdagi
boyitish fabrikalarida rudani ancha mayin (0,15 mm gacha) tuyushda
qoplaniladi. Ikki bosqichli yanchish sxemalari mahsulotni birinchi
bosqichdan ikkinchi bosqichga uzatish: quyulma yoki qum bo‘yicha
uzatish usuli bilan bir-biridan farq qiladi. Birinchi holda birinchi va
ikkinchi bosqichlardagi tegirmonlar to‘liq yopiq siklda,
ikkinchi holda
esa birinchi bosqich tegirmonlari ochiq yoki qisman ochiq siklda,
ikkinchi bosqichdagilari esa yopiq siklda ishlaydi. Birinchi va ikkinchi
bosqichdagi tegirmonlar ketma-ket o‘rnatiladi.
Yanchishning yopiq siklida yanchuvchi mahsulot tegirmondan
klassifikatorga tushib, ikkita mahsulot quyulma va qumga ajraladi.
Quyulma boyitishga yuborilsa, qum
esa to talab qilinadigan
kattalikkacha yanchilmaguncha qayta-qayta tegirmonga qaytariladi.
Yopiq sikl tartibida qumning massasi doimiyga aylanib, u tegirmon
ichida aylanuvchi yuk deb ataladi. Tegirmonga tushadigan rudaning
miqdori, o‘lchami, qattiqligi,
suvning berilishi, nasoslarning va
gidrosiklonlarning ishlash tartibi o‘zgarganda tegirmon ichida
aylanadigan yukda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Tegirmon yopiq siklda
ishlaganda tegirmonning ruda bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligining
ortishi bilan uning ichida aylanadigan yuk ortadi. Uncha katta
bo‘lmagan (400% gacha) aylanuvchi yuk tegirmonning ishlab chiqarish
unumdorligini sezilarli darajada oshiradi.
Tegirmon ichida aylanuvchi
yukning miqdorini ortishi mahsulotni tegirmon ichidan o‘tish tezligini
oshiradi, bu esa mahsulotning o‘ta yanchilishining oldini olib,
tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi. Bu yukning
keragidan ortishi tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini
pasayishiga olib keladi.
89
Sharli, rudali
va ruda galkali tegirmonlar, asosan, yopiq siklda
ishlaydi. Odatda, tegirmon ichida aylanuvchi yuk protsentlarda
ifodalanadi:
C = S/Q, (4.10)
bunda: S – qumning og‘irligi; Q – dastlabki mahsulotning og‘irligi.
Tegirmonga tushadigan umumiy mahsulotning og‘irligi:
Q
um
= Q + S – Q + CQ = Q(1 + C).
Aylanuvchi yuk dastlabki mahsulotning og‘irligiga qarab 50dan
700%gacha chegarada o‘zgarishi mumkin. Tegirmonning dastlabki
mahsulot bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi ortsa yoki quyulmaning
mayinligi ortsa, aylanuvchi yuk ortadi. Haddan ortiq aylanuvchi yukda
yanchish sharoiti yomonlashadi.
Dostları ilə paylaş: