84-rasm. Barabanli (a) va likopchali (b) granulatorlarda materiallarning harakatlanishi. 85-rasm. Likopchali granulator: 1-likopcha; 2-pichoq; 3-rama; 4-elektryuritgich; 5-reduktor.
Barabanli granulator uzunligi 9–10 m, diametri 3 m bo‘ladi.
Gorizontal yuzaga nisbatan 2–10
o
burchak ostida o‘rnatiladi. Ikkinchi
dastgoh likopchali granulator, uning aylanma diametri 3–5 m ni tashkil
etadi va ichki qismi maxsus bo‘limlardan iborat. Vertikal o‘qqa nisbatan
30–50
o
burchak ostida o‘rnatiladi. Uning aylanish tezligi 5–15
aylana
min. Granulalarning mustahkamligini oshirish maqsadida
shixtaga maxsus qo‘shimchalar qo‘shiladi (natriy sulfati, ohak, kraxmal
va suyuq shisha). Granulalash jarayonida olingan granulalarning
o‘rtacha diametri 20–50 mm ni tashkil etadi. Gohida talabga asosan
uning yirikligini 100–200 mm gacha oshirish mumkin.
236
XV BOB BOYITISH MAHSULOTLARINI TERMIK QAYTA ISHLASH JARAYONLARI 15.1. Kuydirish jarayonlarining turlari, fizik-kimyoviy asoslari. 15.2. Metallurgik xomashyolarni kuydirish jarayonlari. 15.3. Rux boyitmalarini oksidlovchi kuydirish. 15.4. Aglomeratsiyalash jarayonning umumiy tushunchasi. 15.5. Aglomeratsiyalash jarayonning amaliyoti.