Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdurahmonov



Yüklə 6,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/138
tarix10.09.2023
ölçüsü6,09 Mb.
#142499
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   138
Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdur

asoslari 
Kuydirish deb materialni (ruda, konsentrat) kimyoviy va mineral 
tarkibini ma’lum darajada o‘zgartirish maqsadida, lekin mahsulotni 
erishi yuz bermaydigan haroratgacha qizdirishga aytiladi. Kuydirish 
xomashyoning turiga qarab 500–1200
0
C haroratda olib boriladi. Bu 
jarayon metallurgiyadan tashqari kimyo va konchilik sanoatida ham 
keng qo‘llanadi. Yuz beradigan jarayonlarning xususiyatiga qarab, 
kuydirishning quyidagi 
turlari 
mavjud: oksidlovchi, tiklovchi, 
sulfatlovchi, 
kalsinatsiyali 
(toblash), 
xlorlovchi 
va 
ftorlovchi, 
aglomeratsiya, sulfat-xlorlovchi va boshqalar. 
Oksidlab kuydirish – sulfidli va arsenidli (mishyakli) ruda va 
boyitmalarga ishlov berish keng tarqalgan. Kuydirishning maqsadi 
mahsulot tarkibidagi oltingugurt va mishyakni to‘liq yoki qisman gaz 
fazaga o‘tkazib, asosan oksid, ayrim hollarda sulfat holidagi metallni 
olishdir. Kuydirish natijasida oltingugurt gaz fazasiga SO

shaklida, 
mishyak uchuvchan As
2
O
3
shaklida o‘tadi: 
2MeS + 3O
2
= 2MeO + 2SO
2

MeS + 2O
2
= MeSO
4
Oksidlovchi kuydirish shixtasi tarkibiga turli metallarni sulfidlari 
(pirit, xalkopirit, xalkozin, kovellin, bornit, sfalerit, galenit, ayrim 
hollarda arsenopirit, surma yaltirog‘i va boshqalar), jins hosil qiluvchi 
minerallar (kvars, ohaktosh, glinazem, kremnazem va boshqalar), uncha 
ko‘p bo‘lmagan miqdorda sulfatlar, nodir metallar, namlik va boshqalar 
kiradi. 
Mahsulotlarni gidrometallurgik ishlov berishga tayyorlash uchun 
sulfatlovchi kuydirish
 
qo‘llanadi. Bu jarayonda ajratilishi kerak bo‘lgan 
metallar suvli eritmalarda oson eruvchi birikmalar (sulfatlar va oksidlar) 
shakliga hamda qiyin eruvchi oksidlar shakliga o‘tkaziladi. 
Sulfatlovchi kuydirish shixtasi, oksidlovchi kuydirish shixtasidan 
keskin farq qilib, faqat ruda yoki konsentratdan iborat bo‘ladi. 
Tiklovchi kuydirish temir rudalari: qizil va qo‘ng‘ir temirtoshni 
qayta ishlash uchun qo‘llanadi. Natijada, magnitlanmaydigan oksidlar 
magnetit holiga o‘tadi:


238 
Fe
2
O
3
va Fe
2
O
3
·N
2

Fe
2
O
3
+ CO = Fe
3
O
4
+ CO
2

Bu esa temir rudalarini boyitishning eng samarali usuli – 
elektromagnit boyitishni qo‘llash imkoniyatini yaratadi. 
Tiklovchi kuydirishning yana bir turi velslashdir. Bu qattiq 
fazadagi bir qator metall oksidlarini ugletermik tiklash jarayoni bo‘lib, 
yuqori haroratda vozgon holida gaz fazaga o‘tadi. Bunday nisbatan 
uchuvchan metallar guruhiga Hg, Cd, Na, Zn, Mg kiritish mumkin. 
Velslash jarayoni rux ishlab chiqarishda (t
qaynash
=907
0
C) keng qo‘llanadi. 
Rux bilan birga kadmiy, ayrim hollarda qo‘rg‘oshin vozgon holida 
uchadi. Ushlab olingan vozgonlardan metall gidrometallurgik qayta 
ishlash usuli bilan ajratib olinadi. 
Kalsinatsiyali 
(toblash) 
kuydirishning 
maqsadi 
xomashyo 
tarkibidagi ruda minerallarni kimyoviy tarkibini o‘zgartirishdir. Bunda 
ma’lum haroratgacha qizdirish yo‘li bilan beqaror kimyoviy birikmalar 
termik parchalanadi (dissotsiatsiyalanadi). Bunday kuydirish 1000-
1200
0
C haroratda karbonatlar
CaCO

→ CaO + CO

1200
0
C haroratda gidrooksidlar 
2Al(OH)
3
→ Al
2
O
3
+ H
2

uchun qo‘llanadi.
Xlorlovchi kuydirish oksid yoki sulfidlarni suvda eruvchan yoki 
uchuvchan xloridlarga aylantirish uchun o‘tkazilib, Mg, Ti, Zr, Hf, Sn 
olish texnologiyasida qo‘llanadi. Rangli metallar metallurgiyasida xlor 
va xloridlar 1786-yilda rudadan oltinni va kumushni, 1877-yilda misni 
ajratib olishda qo‘llanila boshladi. 
Bir 
qator 
metallarni 
(uran, 
berilliy) 
ishlab 
chiqarish 
texnologiyasida xlorlovchi kuydirishga o‘xshash ftorlovchi kuydirish 
usuli qo‘llanadi. Ftorlovchi kuydirishning maqsadi metall oksidlarni 
ftoridlarga aylantirishdir. Masalan: 500–700
0
C haroratda
UO
2
+ 4HF = UF
4
+ H
2
O. 
Aglomeratsion kuydirish natijasida kukunsimon materiallar 
bo‘laklarga aylantiriladi. Bu jarayonda material erish haroratigacha 


239 
qizdirilib (suyuq holga o‘tgazilmay), sovitilganda kukun zarrachalar 
bo‘lak mahsulot shaklida birikadi:
2PbS + 3O
2
+ SiO
2
= PbO + PbS·SiO
2
+ SO

(800–950
0
C haroratda). 
PbS·SiO
2
– yengil eruvchan mahsulot hisoblanadi. Bu jarayon 
minorali pechlarda eritishdan oldin qo‘llanadi.
 
Metallurgik eritish yuqori haroratda, ko‘pchilik hollarda qayta 
ishlanayotgan materialni to‘liq erishi bilan boradigan pirometallurgik 
jarayondir. Eritishning ikkita usuli mavjud: rudali va tozalovchi. 

Yüklə 6,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin