Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdurahmonov


 Mikrojonzotlar, ularning turlari va



Yüklə 6,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/138
tarix10.09.2023
ölçüsü6,09 Mb.
#142499
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   138
Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdur

 
16.2. Mikrojonzotlar, ularning turlari va
qo‘llanilish sohalari
Mikrojonzotlar guruhiga asosan bir hujayrali tirik jonzotlar kiradi, 
ular hayvonlar va o‘simliklardan tuzilishining soddaligi bilan ajralib 
turadi. Mikrojonzotlar tabiatda keng tarqalgan, masalan, 1g tuproqda 
taxminan 2–3 mlrd mikrojonzotlar mavjud. Hozirgi kunda zamonaviy 
mikrobiologiya fani tomonidan tabiatda mavjud mikrojonzotlarning 
faqat 10% turlari aniqlangan. 
Mikrojonzotlarga quyidagilar kiradi: bakteriyalar, mikroplazmalar, 
aktinomitsetlar, drojjilar, mikroskopik zamburug‘lar va suv o‘tlari. 
Birinchidan mikrojonzotlar prokariotlar (tashqi qobig‘i (облочка) 
bo‘lmaga sodda yadrodan tashkil topgan mikrojonzotlar) va 
eukariotlarga (tashqi qobig‘i bo‘lgan, xromosomalar yig‘indisini 
saqlovchi yadrodan tashkil topgan mikrojonzotlar) bo‘linadilar. 
Prokariot-mikrojonzotlarga bakteriyalar, mikoplazmalar, aktinomitsetlar 
tegishli, 
eukariot-mikrojonzotlarga 
esa 
drojjilar, 
mikroskopik 
zamburug‘lar va suv o‘tlari tegishli. Metallurgiya sanoati uchun 
noorganik moddalarni oksidlanishi natijasida ajralgan energiya hisobiga 
rivojlanayotgan mikrojonzotlar (bakteriyalar) qiziqish uyg‘otadi. Bu 
turdagi bakteriyalarning hayot faoliyati uchun eng qulay joy – ruda 
konlaridir, chunki konlar turli geokimyoviy jarayonlarning kechishi 
bilan ajralib turadi. Sulfidli konlarning oksidlanish sharoitlarida 
oksidlanish jarayonlari kechadi va ularning natijasida metallar suvda 
eruvchan holatga o‘tadi hamda ruda tarkibidan tanlab eritiladi. Yaqin 
kunlargacha sulfidli ruda konlarida sulfidli minerallarning oksidlanishi, 


257 
faqat kimyoviy jarayon sifatida ko‘rib chiqilar edi va bu jarayonlarda 
faqat havo kislorodi va sulfidlar oksidlanishi mahsulotlari sulfat kislota 
va metallar sulfatlari ishtirok etadi deb hisoblanar edi. Masalan, kondagi 
sulfid minerallar bilan kuchli oksidlovchi modda hisoblanuvchi va 
sulfidlarning oksidlanishi natijasida hosil bo‘lgan uch valentli temir 
sulfati quyidagi reaksiya bo‘yicha ta’sirlashadi: 
Me
m
S
n
+ mFe
2
(SO
4
)

= mMeSO

+ 2mFeSO 
4
+ nS (1). 
Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan ikki valentli temir sulfati oddiy 
sharoitlarda, nordon eritmalarda havodagi kislorod bilan juda sekin uch 
valentli temir sulfatigacha oksidlanadi. Ammo ruda konlaridagi nordon 
suvlarida mavjud bo‘lgan maxsus mikrojonzotlar ta’sirida, temirning 
oksidlanishi tez suratlarda borishi A.R. Kolmer va M.R. Xinkellar 
tomonidan 30-yillarda aniqlangan. Aniqlangan mikrojonzotlarning 
xususiyatlari o‘rganilgandan so‘ng, bu bakteriyalar nafaqat ikki valentli 
temirni, balki tiosulfatni va oltingugurtni oksidlashga ega ekanligi 
aniqlandi hamda bu bakteriyalar Thiobacillus toifasiga tegishligi 
belgilandi. Oltingugrt va temirni oksidlash xususiyatiga ega bo‘lganligi 
uchun bakteriyalar Thiobacillus ferrooxidans (tion temir oksidlovchi 
bakteriyalar) to‘liq nomni olishgan. Oxirgi yillarda mikrobiologlarning 
tadqiqotlari, mikrojonzotlarning fiziologiyasi va ruda konlarida 
geokimyoviy faoliyatini o‘rganishga yo‘nalishga, texnologlarniki esa, 
mikrojonzotlar 
ishtirokida 
kechadigan 
oksidlovchi 
jarayonlarni 
faollashtirishga 
va 
sanoatda 
qo‘llash 
sohasini 
kengaytirishga 
yo‘naltirilgan. 
1. Ko‘pgina olib borilgan tadqiqotlardan, mikrojonzotlar ruda 
konlarida pH ko‘rsatkichining keng chegaralarida (0,5 dan 10 gacha) 
uchraydi va sulfidli ruda konlarining deyarli barchasida faoliyat 
ko‘rsatishadi. 
2. Mikrojonzotlarning morfologiyasi va hayot sikli har xildir. 
Evolutsiya natijasida mikrojonzotlar turli ekologik sharoitlarga 
ko‘nikishgan. 
Mikrojonzotlarning turli tashqi muhit omillariga bardosh bera 
olishligi, ularni okean tubi gruntida 11 km chuqurlikda, Arktika va 
Antarktika 
muzliklarning 
yuzasida, 
tog‘larning 
cho‘qqilarida, 
sahrolarning qumlarida va atmosferada 20 km balandlikda mavjudligi 


258 
aniqlangan. Bakteriyalar sinflanishining asosiga, ularning hayot faoliyati 
sharoitlari olingan. Bakteriyalar ularning hayot faoliyatini belgilab 
beruvchi energiya manbai turi, elektronlar donori, uglerod manbai, 
yashash muhitining nordonligi, o‘sish va ko‘payish harorati, kislorod, 
bosim va boshqa ko‘rsatkichlarga tegishligi bo‘yicha sinflanishadi. 
Masalan, paratrof oziqalanish usulida energiya manbai tirik jonzotlardir, 
xemotrof oziqalanishda energiya manbai kimyoviy reaksiyalardir
fototrof oziqlanishda esa oziqa manbai fotokimyoviy reaksiyalardir. 
Litotrof mikrojonzotlarda elektronlar donori noorganik moddalardir, 
organotrof mikrojonzotlarda esa organik moddalardir. Avtotrof 
mikrojonzotlar uchun uglerod manbai karbonat kislotasidir (uglekislota), 
geterotroflar uchun esa organik moddalardir. Ko‘pgina bakteriyalar pH 
ko‘rsatkichisi neytral bo‘lgan muhitda hayot faoliyatini kechirishadi, 
ammo atsidofil bakteriyalar kuchli nordon muhitda (pH < 1) 
rivojlanishlari mumkin, ko‘k-yashil (сине-зелённые) mikrojonzotlar esa 
o‘zlarining hayotini pH = 13 olib borishadi. Psixrofil mikrojonzotlar
6
0
C haroratda o‘sishadi, mezofil bakteriyalar uchun optimal harorat 25–
35
o
C tashkil etadi, termofil bakteriyalar esa 70–90
o
C haroratlarda 
rivojlanishlari mumkin. Kislorodga tegishligi bo‘yicha bakteriyalar 
aeroblar va anaeroblarga bo‘linadi. Aeroblar havo olish jarayonlarini 
to‘g‘ridan to‘g‘ri kislorod ishtirokida olib borishadi, kislorod energetik 
metabolizmda (o‘zgarishda) elektronlar donori vazifasini bajaradi. 
Anaeroblar, havo olish jarayonini, bog‘langan kislorodni saqlovchi 
noorganik moddalarni (karbonat kislota (uglekislota), sulfatlar, nitratlar) 
tiklanishi hisobiga organik moddalar oksidlanishida amalga oshirishadi. 
Anaeroblar uchun erkin kislorod zaharlidir. Mikrojonzotlar katta 
bosimda ham hayot faoliyatini olib borishlari mumkin, bu baktriyalar 
barofil toifasiga tegishlidir. Masalan, Bacillus subtilus bakteriyasi 2000 
mPa bosimga chiday oladi. 

Yüklə 6,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin