260
metallarni tanlab eritish jarayonining tezligi oshadi. Tion bakteriyalarni
mishyak saqlovchi minerallarni oksidlashida ham juda katta o‘rni bor.
Masalan, tarkibida mishyakning miqdori 4–16% bo‘lgan mis-qalayli
boyitmasida, bakterial tanlab eritishdan so‘ng mishyakning miqdori
0,1–0,5% gacha pasaydi.
Mikrojonzotlarni minerallar bilan ta’sirlashuv jarayonining nazariy
tadqiqotlari va chanlarda tanlab eritish sanoatining amaliyoti, chanlarda
bakterial tanlab eritish texnologiyasining rivojlanish yo‘nalishini aniqlab
berdi. Bularga birinchi navbatda, sulfidli minerallardagi (pirit,
arsenopirit) mayin oltinni bakteriyalar yordamida ochish, mishyakni
mishyak saqlovchi boyitmadan zarar qo‘shimcha sifatida ajratib olish
jarayonlari kiradi, shunindek chanlarda bakteriyalar yordamida sanoat
chiqindi suvlari ham tozalanishi mumkin.
Chanlarda bakterial tanlab eritish uyumda va yer ostida tanlab
eritish jarayonlariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega, bular
quyidagilardir:
– jarayonni boshqrish imkoniyati mavjudligi;
– tanlab eritish tezligini oshirish maqsadida mayin yanchilgan
xomashyoni qo‘llash imkoniyati mavjudligi;
– yuqori selektivlik;
– qo‘llaniladigan dastgohlarning soddaligi;
– jarayonni past haroratda olib borilishi va ekologik tozaligi.
Hozirgi kunda sanoat miqiyosida bakterial tanlab eritish jarayoni
dunyoning 20 davlatida qo‘llanilmoqda. Masalan, AQSH, Kanada,
Meksika, Peru, Ispaniya, Avstraliya davlatlarida ishlab chiqariladigan
misning 20% bakterial-kimyoviy usullarini qo‘llab, ishlab chiqariladi.
Chanlarda bakterial tanlab eritish usuli yangi jarayonlarga kiradi va
uning rivojlanishiga qiyin boyitiluvchi rudalarni, sanoat mahsulotlarini,
qaysar boyitmalarni qayta ishlash zarurligi sababchi bo‘lgan.
Chanlarda bakterial tanlab eritish usuli, uyumda va yer ostida
bakterial tanlab eritish usullaridan, jarayonlarni yuqori tezlikda borishi
bilan ajralib turadi va shu sababdan bu usul hozirgi kunda ishlab
chiqarish sanoatiga keng jalb qilinmoqda.
Dostları ilə paylaş: