253
XVI BOB
FOYDALI QAZILMALARNI BIOTEXNOLOGIK
QAYTA ISHLASH JARAYONLARI
16.1. Foydali qazilmalarni biotexnologik qayta ishlash.
16.2. Mikrojonzotlar, ularning turlari va qo‘llanilish sohalari.
16.3. Mikrojonzotlarni qo‘llashning zamonaviy ahvoli.
254
16.1. Foydali qazilmalarni biotexnologik qayta ishlash
Mustaqil O‘zbekistonda sanoatni barcha tarmoqlarining juda
yuqori suratlarda rivojlanib kelishi, turli ko‘rinishdagi foydali
qazilmalarni qazib olishini oshirishga olib kelmoqda. Xususan rangli va
noyob metallar iste’moli oshib kelmoqda, shu bilan bir qatorda esa bu
metallarning zaxiralari yildan yilga kamayib bormoqda. Tarkibida
qimmatbaho metallarning miqdori kam bo‘lgan (kambag‘al) rudalarni
qayta ishlash, ko‘p miqdorda ruda xomashyosini boyitishini talab etadi,
bu esa olinadigan metallning tannarxining oshishiga sabab bo‘ladi. Shu
sababdan kambag‘al rudalarni qayta ishlash uchun arzon, samarali,
metallarni yuqori miqdorda ajratib olish imkoniyatini beruvchi
texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishga joriy etish kerak. Bu
texnologik jarayonlarga gidrometallurgik, ayniqsa bakterial-kimyoviy
usul kiradi. Gidrometallurgik jarayonlarning bakterial-kimyoviy usuli
biogeotexnologik
jarayon
ham
nomlanadi.
“Metallurgiyada
biotexnologik jarayonlar” metallarni ruda, boyitima, tog‘ jinslaridan va
eritmalardan mikrojonzotlar ta’siri ostida ajratib olishni o‘rganuvchi
fandir.
Bu fanning tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:
1) biogidrometallurgiya yoki metallarni bakterial tanlab eritish;
2) rudalani boyitish;
3) metallarni eritmalardan biosorsiya qilish.
Tanlab eritishning bakterial usullari (bakterial tanlab eritish),
mineral
xomashyolarni
qayta
ishlash
sohasida
ilmiy-texnik
rivojlanishning eng zamonaviy yo‘nalishlaridan biridir. Bu usul
xomamashyodan kompleks foydalanish va atrof-muhitni himoya
qilishga
imkon
yaratadi.
Moddalarning
tabiatda
aylanishida
bakteriyalarning o‘rni borligi ko‘p yillardan beri ma’lum. Hozirgi kunda
bakteriyalarning 2500 dan ziyod turlari aniq, bularning ichida noorganik
moddalarning destruksiyasi va sintezida, yerdagi geokimyoviy
jarayonlarida ishtirok etadigan bakteriyalar juda ko‘p qismini tashkil
etadi. S.N. Vinogradskiy tomonidan xemosintez (noorganik moddalarni
oksidlaydigan mikrojonzotlar tomonidan uglekislotani avtotrof qabul
qilishi) xodisasi ochilishi mikrojonzotlarni geokimyoviy faoliyatini
o‘rganishga asos soldi. Masalan, biogeoximiya asoschisi V.I.
Vernadskiy o‘zining ilmiy ishlarida quyidagilarni yozgan: “Bakteriyalar
255
biosferada juda katta geokimyoviy ishni bajarishadi, ular birikmalarni
parchalaydi va hosil qilishadi. Ularning uglerod, oltingugurt, azot, temir
marganets va boshqa elementlarning tarixidagi o‘rni juda yuqori”.
Mikrojonzotlarning
tabiatda
tutgan
katta
o‘rnini, buyuk rus
mikrobilologi B.L. Isachenko ham ta’kidlab o‘tgan: “Mikroblar tabiatda
muvozanatni buzuvchilardir. Ularning sanoqsiz miqdori Mendeleev
jadvalidagi barcha elementlarni jo‘shqinlanishiga olib keladi”.
Haqiqatan
ham
mikrojonzotlarning
60
ko‘p
elementlar
konsentratsiyalanishi va sochilishida ishtirok etishi aniqlandi. 1921–22-
yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida, bir qator oltingugurtni
oksidlovchi mikrojonzotlar, pirit va sfalerit minerallarini oksidlash
xususiyatiga ega ekanligi aniqlandi. Shu vaqtning o‘zida Vaksman va
Djoffi tomonidan oltingugurtni va uning tiklangan ko‘rinishlarini
sulfatgacha oksidlovchi avtotrof atsidofil bakteriyalar aniqlangan. 1947-
yilda Xinkel va Kolmer tomonidan G‘arbiy Virdjiniya (AQSH)
shtatidagi ko‘mir konining drenaj nordon suvlaridan, ikki valentli
temirni uch valentli temirgacha oksidlash xususiyatiga ega bakteriyalar
ajratib olingan. Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turubdiki,
mikrojonzotlarni geokimyoviy jarayonlardagi roli XX asrning
boshlaridan o‘rganib kelinmoqda, ammo bakteriyalarni gidrometallurgik
usullarda qo‘llab misni to‘dada tanlab eritish jarayoni uchun patent
faqatgina 1958-yilda olingan Bingam Kanoni (AQSH). Biotexnologiya
metallarni nafaqat qattiq mineral xomashyolardan bakterial tanlab ertish
usulida, balki metallarni sanoat eritmalardan va tashlandiq suvlardan
ajratib olish bilan shug‘ullanadi.
Hozirgi kunda bakterial tanlab eritish jarayonining nafaqat nazariy
jihatlari, balki amaliy jihatlari ishlab chiqilgan va bakterial tanlab ertish
jarayonining sanoat qurilmalari ishga tushurilgan. Mikrojonzotlarni
sanoatning turli sohalarida qo‘llanishi yildan yilga oshib bormoqda.
Ko‘pgina mikrojonzotlar yer qatlamida, tegizlar tubida foydali
qazilmalarni hosil bo‘lishida ishtirok etishadi. Mikrojonzotlarni
tarkibida rangli metallarni saqlovchi sulfidli minerallar va rudalarni
oksidlashdagi o‘rnini aniqlashda S.I. Ivanov katta hissa qo‘shgan
(Rossiya Mikrobiologiya instituti). Biogidrometallurgiya sohasida mis,
rux, oltin va uranni va boshq. to‘dada va yer ostida tanlab eritish
jarayonlari chuqur o‘rganilgan. Bu texnologiya hozirgi kunda balansdan
256
tashqari, kambag‘al rudalardan qimmatbaho metallarni ajratib olish
uchun AQSH, Kanada, MDH, Bolgariya va boshqa davlatlarda sanoat
miqyosida qo‘llanib kelmoqda. Masalan, bu usullarni qo‘llab ishlab
chiqilgan misning tannarxi an’anaviy uslda ishlab chiqilgan misning
tannarxidan 1,5–2,0 marotaba pastdir. Chanlarda bakterial tanlab eritish
jarayonlari, asosan qimmatbaho metallarni murakkab tarkibli yoki
kambag‘al xomashyolardan ajratib olish uchun qo‘llaniladi (oltin –
mishyakli ruda va boyitmalar, mis-ruxli ruda va boyitmalar, sulfidli oltin
saqlovchi ruda va boyitmalar va boshq.)
Dostları ilə paylaş: |