246
ustidagi shixta qatlami orqali atmosferadan havoni so‘rib olishni
ta’minlovchi vakuum hosil qilinadi. Agar yonilg‘ini
shixtaning yuqori
qatlamlarida yoqilsa, issiq gazlar shixta orqali sizib chiqadi va yoqilg‘ini
yonish zonasi shixtaning yuqoridan pastga to panjaraga yetguncha
suriladi va yoqilg‘ining yonish jarayoni tugaydi. Shixtada yonilg‘i tekis
taqsimlansa yonish jarayoni shixtaning barcha uchastkalarini qamrab
oladi. Shixta qatlamida ketuvchi jarayonlar shixtaning komponentlari
orasida boruvchi murakkab fizik-kimyoviy reaksiyalarning o‘zaro
qo‘shilishidan iborat. Yoqilg‘i ruda maydasi bilan to‘qnashganda
shixtadagi harorat 1300
o
Cgacha va undan ham yuqori ko‘tariladi va bu
xol kimyoviy reaksiyalarning rivojlanishiga olib keladi. Shixtaning ruda
qismidagi temirning mineral shakli qanday bo‘lishidan qa’ti nazar,
aglomeratda
temir asosan magnetit, uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda
temir (II) – oksid ba’zan Metall holidan temir silikati – fayalit (Fe
2
SiO
4
)
yoki 2FeO ∙ SiO
2
holida ifodalanadi.
3Fe
2
O
3
+CO= 2Fe
3
O
4
+CO
2
Fe
3
O
4
+ CO = 3Fe
O+ CO
2
Fe
O+ CO= Fe +
CO
2
Yuqori haroratda magnetit gematitga nisbatan mustahkamroq shakl
hisoblanadi, uglerodning miqdori yetarli bo‘lganda u temir (II) – oksid
va metall holidagi temirgacha qaytariladi.
Aglomeratsiya jarayonida shixtani tashkil etgan komponentlarning
temir silikati, kalsiy feritlari, shlakli qo‘shimchalar
hosil qilib qayta
kristallanishi sodir bo‘ladi. Bunda 1100–1200
0
C haroratda oson eruvchi
birikmalar qisman eriydi. Bu erigan moddalar hosil bo‘lgan aglomeratga
mustahkamlik beruvchi moddalar hisoblanadi.
Shixtani yuzidan boshlab yondirishdan va panjara ostida vakuum
hosil qilishdan so‘ng shixta qatlamida quyidagi 6 ta zonaning izlarini
ajratish mumkin: 1) o‘rindiq zonasi, 2) o‘ta namlash zonasi, 3) quritish
zonasi, 4) jadal qizdirish zonasi, 5) yonish zonasi, 6) aglomeratni
sovutish zonasi.
O‘rindiq zonasi aglomeratsiya jarayonida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok
etmaydi. Uning mohiyati aglomeratni panjarada
yonishdan saqlash va
shixtaning mayda zarralarini panjaradan o‘tib ketishini kamaytirish.
O‘rindiq panjaraga shixtaning asosiy massasidan alohida yuklanadi.