4.8. Maydalash va yanchish bo‘limlaridagi xavfsizlik qoidalari
Bu bo‘limlarda xizmat qilish xavfsizligi va qulayligini ta’minlash
harakatlanuvchi qismlar va ishchi maydonlarning atroflarini o‘rash
orqali amalga oshiriladi. Hamma xizmat ko‘rsatuvchi maydonlar 0,3 m
balandlikda balandligi 1 m dan kam bo‘lmagan to‘siq bilan o‘ralib,
to‘siqning ostki qismi kamida 180 mm balandlikda yaxlit bo‘lishi kerak.
Sexlarda mashinalarda ishlovchilar bir binodan ikkinchi binoga bemalol
o‘tadigan va bu joylarga ehtiyot qismlar olib kelishi uchun bemalol
bo‘lishi kerak. Truba va tarnovchalarning usti bekilgan (pol sathida
bo‘lsa) yoki poldan 2,2 m dan kam bo‘lmagan balandlikda joylashishi
kerak. Ta’mirlash ishlarini bajarish va og‘ir detallarni tashish uchun
fabrika sexlari ko‘tarma kran va telferlar bilan ta’minlanadi.
Mashinalarning
harakatlanuvchi
qismlari
to‘silishi
kerak.
Shuningdek, maydalagichlarning qabul qiluvchi tuynuklari va
konveyerlar yon tomondan butun uzunligi bo‘ylab to‘siladi.
85
Asosiy o‘tish joylari sexlarda 1,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Maydalagich, tegirmonlar o‘rnatilgandan keyingi o‘tish joylarining
kengligi 1,2–1,5 m dan kam bo‘lmasligi, boshqa uskunalarniki esa 1 m
dan kam bo‘lmasligi, uskunaning qo‘zg‘almas qismlariniki esa 0,8 m
dan kam bo‘lmasligi kerak. Tasmali konveyer (kengligi 600 mm gacha)
bo‘ylab o‘tish kengligi 0,8 m dan, kengroq konveyerlar uchun esa 1,1 m
dan kam bo‘lmasligi kerak. Konveyerlarning oxirgi qismlari (uchlari) va
uzatma stansiyalari uch tomondan 1 m dan kam bo‘lmagan o‘tish joyi
(пpоход)ga ega bo‘lishi kerak. Yoqish moslamalari shunday joylashishi
kerakki, mashinani yoquvchi odam mashinaning yon-atrofi va ishchi
maydonining hammasini ko‘ra olsin. Mashinani o‘chiruvchi va yoquvchi
moslama mashinaning yoniga o‘rnatiladi. Uzun tasmali konveyerlarning
o‘chirish moslamasiga konveyer bo‘ylab po‘lat sim (diametri 6–5 mm li)
ulab qo‘yish tavsiya qilinadi. Uning yordami bilan konveyerni istagan
joyda to‘xtatish mumkin. Xavfsizlik texnikasi qoidalari har qaysi
boyitish fabrikasida har qaysi ish joyi uchun tuziladi. Ishchilar bu
qoidalarni o‘rganib, ulardagi hamma talablarga rioya qilishlari kerak.
Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha qo‘llanmaning bajarilishi muhandis-
texnik shaxslar, brigadir va masterlar tomonidan nazorat qilinadi.
Fabrika sexlarida ishlashda xavfsizlik qoidalarining umumiy talablari
quyidagicha:
1.
Buzilgan
asbob-uskunada
ishlanmasin.
Qo‘zg‘aluvchi
qismlarning to‘siqlari olinganda ishlanmasin.
2. Ishlab turgan mashina moylanmasin.
3. Mashina ishlab turganda tozalanmasin. Tasmali konveyerlar
oxirgi barabanlari va roliklari konveyer ishlab turganda tozalanmasin.
4. Tasmali konveyerning tagiga kirish, uning ustidan hatlab o‘tish,
konveyer ishlayotganda ham, to‘xtaganda ham mumkin emas.
Konveyerlar ustidan o‘tish uchun maxsus o‘tish ko‘priklari o‘rnatiladi.
5. Maxsus kiyim qulay va ish joyiga mos bo‘lishi kerak.
6. Ta’mir vaqtida uskunalarni yoqmaslik kerak. Ta’mir
qilinayotgan mashinalarning elektr dvigatellari tokdan uzib qo‘yilishi
kerak.
86
Har qanday baxtsiz hodisa haqida jabrlanuvchi yoki baxtsiz
hodisaning yaqin guvohi sexning texnik nazorat qiluvchi shaxsiga xabar
qilishi shart.
Dastgohni ishga tushirishdan avval ogohlantiriluvchi signal be
riladi. Sanoat binosi va o‘tga qarshi dastgohlarning tarkibi «Sanoat
korxonalari uchun o‘t chiqishiga qarshi namunaviy qoidalar»ga mos
kelishi kerak. Maydalash va yanchish bo‘limlari yuklovchi va qabul
qiluvchi bunkerlari ishchi maydoni xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarni
temiryo‘l va boshqa transport vositalarining kelganidan xabar berish
uchun tovush va yorug‘lik signalizatsiyasi bilan jihozlanadi. Bu
maydonlarda qo‘zg‘aluvchi yuk vagonlariga xizmat ko‘rsatish,
shuningdek, vagonlar kelganda odamlarning xavfsiz joyga o‘tib
turishlari uchun yo‘lkalar ko‘zda tutilishi kerak. Ruda qabul qiluvchi
signal bergandan keyingina vagon va avtosamosvallarni bo‘shatishni
boshlash kerak. Yo‘lda turgan vagonlarni bo‘shatish vaqtida yo‘llarni
tozalash man qilinadi. Vagon ag‘dargichlar balandligi 2 m dan kam
bo‘lmagan panjara bilan to‘silishi kerak.
Rudani avtotransport bilan berishda avtomashinaning bunkerga
sirpanib tushib ketishining oldini olish maqsadida bo‘shatish maydonida
tayanchlar (tirgaklar) o‘rnatish kerak. Bunkerlarni qabul qiluvchi
maydonlarda chang ushlovchi vositalar bo‘lishi kerak. Bunkerdagi
rudani kosov bilan kovlash faqat kovlash uchun qo‘yilgan darcha orqali
bajarihshi lozim. Odamlarni rudani aralashtirish (kovlash) uchun
bunkerga tushishi man qilinadi. Yuklovchi moslamalarni kuzatish va
ta’mirlashdan oldin rudani bo‘shatiladi va shamollatiladi. Maydalagich
operatorning ishchi maydoni undan rudaning yirik bo‘laklari otilib
chiqib ketmasligi uchun ishchini himoya qiluvchi himoyalovchi
moslamaga ega bo‘ladi.
Maydalagichga tiqilib qolgan ruda bo‘laklarini qo‘l bilan ajratib
olish yoki kuvalda bilan maydalash man qilinadi. Bu bo‘laklar
maydalagichdan ko‘taruvchi moslamalar bilan chiqarib olinishi yoki
xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda parchalanishi kerak.
Ishchilarni maydalagichning ichiga tushirilganda ehtiyotlovchi kamar
taqilishi va yuklovchi tuynuk usti vaqtinchalik yopib qo‘yilishi kerak.
G‘alvirlarning yuklovchi va bo‘shatuvchi voronkalarining butun
87
kengligi bo‘ylab xizmat ko‘rsatuvchi ishchilarni rudaning tasodifan
otilib chiqishidan himoyalash uchun himoyalovchi moslama o‘rnatilishi
kerak. G‘alvirlarni ishga tushirishdan oldin hamma birikmalarni,
ayniqsa, muvozanatlovchilarni yaxshilab tekshirib chiqish zarur.
Maydalagichdan ruda bo‘laklari otilib chiqib ketmasligi uchun
yuklovchi tuynuk olinadigan to‘siq bilan (konusli maydalagichlarda)
yoki balandligi 1 m dan kam bo‘lmagan soyabonli to‘siqlar (yuzali va
boshqa turdagi maydalagichlarda) bilan berkitiladi. Tegirmon va
klassifikatorlarning yoquvchi moslamalari shunday joylashtirilishi
kerakki, operator apparatni yoqqanda uning ishini kuzatib tura olsin.
Tegirmonning ichini kuzatish va ta’mirlash uni to‘xtatib, ichini
shamollatilganidan keyingina mumkin. Tegirmonning ichida ishlashga
brigadirning kuzatuvidan tashqari kuzatib turuvchi ishtirokidagina ruxsat
beriladi. Tegirmon ishlab turganda ta’minlagich qoplamasining
boltlarini mahkamlash, shuningdek, luk qopqog‘i gaykalarini bo‘shatish
man qilinadi. Sharlarni konteynerga ortish joylari to‘silgan va ortish
vaqtida «Xavfli» degan plakat osib qo‘yilishi kerak. Konteynerni
ko‘tarish vaqtida odamlar undan xavfsizroq masofada bo‘lishlari lozim.
Sharlar konteynerga yuklanganda yon devorigacha kamida 10 sm
qolishi kerak. Elektromagnit kranni yoqishga faqat maxsus o‘rgatilgan
shaxslargagina ruxsat beriladi. Klassifikatorlarga xizmat ko‘rsatish
uchun uning ishchi maydoni klassifikator vannasi bortidan kamida 600
mm past bo‘lmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: |