Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdurahmonov


 Mikrojonzotlarni qo‘llashning zamonaviy ahvoli



Yüklə 6,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/138
tarix10.09.2023
ölçüsü6,09 Mb.
#142499
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   138
Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdur

 
16.3. Mikrojonzotlarni qo‘llashning zamonaviy ahvoli
Rangli va noyob metallarni bakterial tanlab eritish jarayonini 
nafaqat kambag‘al, balansdan tashqari, kon-metallurgik korxonalarning 
chiqindilarini, balki tarkibi murakkab bo‘lgan va shu sababdan 


259 
boyitilishi qiyin bo‘lgan kompleks va polimetallik rudalarni qayta 
ishlash uchun qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Masalan, qiyin boyitiluvchi rudalarga, mis-ruxli va polimetallik 
rudalar kiradi. Bu rudalarda mis va ruxning sulfid minerallari juda 
mayin bo‘lib, bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir va ularni bir-biridan 
flotatsiya usulida selektiv ajratib olish juda qiyin. 
Bu turdagi ruda va boyitmalarni tion bakteriyalarni qo‘llagan holda 
gidrometallurgik usullar yordamida qayta ishlash mumkin (rudalar 
uchun uyumda tanlab eritish usulida, boyitmalar uchun chanlarda tanlab 
eritish usulida) Olib borilgan tadqiqotlar yordamida bakteriyalar mis, 
rux, qo‘rg‘oshin, surma, nikel, vismut, molibden va boshq. sulfidlarini 
oksidlash xususiyatiga egaligi aniqlangan. Bakteriyalar sulfidli 
minerallarning oksidlanish tezligini 10 va 100 marotaba oshirishadi, 
masalan, Fe(II) temirning oksidlanish tezligi Acidithiobacillus 
ferrooxidans bakteriyalar ishtirokida 2000 marta oshadi. Hozirgi vaqtda 
bakteriyalar ishtirokida misni uyumda tanlab eritish jarayonlari 
Bolgariya, Kanada, AQSH, Yaponiya, Avstraliya davlatlarida keng 
qo‘llanilmoqda. Shuningdek, Kanada, Portugaliya, JAR davlatdarida 
uranni uyumda tanlab eritish uchun T-ferrooxidans bakteriyalari 
qo‘llaniladi. Gidrometallurgik jarayonlarda bakteriyalarni qo‘llashning 
amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, tion bakteriyalar xalkopiritning erishini 12 
marotaba, arsenopirit erishini 8 marotaba, kovellin va bornitning erishini 
18 marotaba oshiradi. Bu mikrojonzotlar deyarli barcha og‘ir rangli 
metallar sulfidlarini oksidlashi mumkin, bu bakteriyalar avtotrof 
hisoblanadi va ular sulfidlarni oksidlanishi natijasida ajralib chiqadigan 
energiya hisobiga faoliyat ko‘rsatishadi. Mikrojonzotlar orasida
oltingugurtning 
aylanishida 
faol 
ishtirok 
etuvchi 
bakteriyalar 
quyidagilardir:
– T.ferrooxidans, T.denitrificans – oltingugurt oksidlovchi 
bakteriyalar; 
– Desulfotomaculum – sulfat tiklovchi bakteriya. 
Agar 
kimyoviy 
va 
mikrbiologik 
oksidlash 
jarayonlarni 
taqqoslaganda, ularning bir-biriga mosligi ko‘rinib turadi. 
Tarkibida temir saqlovchi sulfidlarni bakterial oksidlash jarayonida 
bakteriyalar bilan bir qatorda T.ferrons bakteriyalar yordamida FeSO
4
ni oksidlash natijasida hosil bo‘lgan Fe
2
(SO
4
)
3
ham ishtirok etadi, 
buning natijasida sulfidlarning oksidlanishi intensifikatsiyalanadi va 


260 
metallarni tanlab eritish jarayonining tezligi oshadi. Tion bakteriyalarni 
mishyak saqlovchi minerallarni oksidlashida ham juda katta o‘rni bor. 
Masalan, tarkibida mishyakning miqdori 4–16% bo‘lgan mis-qalayli 
boyitmasida, bakterial tanlab eritishdan so‘ng mishyakning miqdori
0,1–0,5% gacha pasaydi.
Mikrojonzotlarni minerallar bilan ta’sirlashuv jarayonining nazariy 
tadqiqotlari va chanlarda tanlab eritish sanoatining amaliyoti, chanlarda 
bakterial tanlab eritish texnologiyasining rivojlanish yo‘nalishini aniqlab 
berdi. Bularga birinchi navbatda, sulfidli minerallardagi (pirit, 
arsenopirit) mayin oltinni bakteriyalar yordamida ochish, mishyakni 
mishyak saqlovchi boyitmadan zarar qo‘shimcha sifatida ajratib olish 
jarayonlari kiradi, shunindek chanlarda bakteriyalar yordamida sanoat 
chiqindi suvlari ham tozalanishi mumkin. 
Chanlarda bakterial tanlab eritish uyumda va yer ostida tanlab 
eritish jarayonlariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega, bular 
quyidagilardir: 
– jarayonni boshqrish imkoniyati mavjudligi; 
– tanlab eritish tezligini oshirish maqsadida mayin yanchilgan 
xomashyoni qo‘llash imkoniyati mavjudligi; 
– yuqori selektivlik; 
– qo‘llaniladigan dastgohlarning soddaligi; 
– jarayonni past haroratda olib borilishi va ekologik tozaligi. 
Hozirgi kunda sanoat miqiyosida bakterial tanlab eritish jarayoni 
dunyoning 20 davlatida qo‘llanilmoqda. Masalan, AQSH, Kanada, 
Meksika, Peru, Ispaniya, Avstraliya davlatlarida ishlab chiqariladigan 
misning 20% bakterial-kimyoviy usullarini qo‘llab, ishlab chiqariladi. 
Chanlarda bakterial tanlab eritish usuli yangi jarayonlarga kiradi va 
uning rivojlanishiga qiyin boyitiluvchi rudalarni, sanoat mahsulotlarini, 
qaysar boyitmalarni qayta ishlash zarurligi sababchi bo‘lgan. 
Chanlarda bakterial tanlab eritish usuli, uyumda va yer ostida 
bakterial tanlab eritish usullaridan, jarayonlarni yuqori tezlikda borishi 
bilan ajralib turadi va shu sababdan bu usul hozirgi kunda ishlab 
chiqarish sanoatiga keng jalb qilinmoqda.

Yüklə 6,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin