Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdurahmonov


 Aglomeratsiya jarayonining amaliyoti



Yüklə 6,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/138
tarix10.09.2023
ölçüsü6,09 Mb.
#142499
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   138
Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdur

 
15.5. Aglomeratsiya jarayonining amaliyoti 
Qo‘rg‘oshinli rudalarning muhim minerallari galenit (PbS), serussit 
(PbCO
3
) va anglezit hisoblanadi. Qoidaga ko‘ra qo‘rg‘oshinli rudalar 
shuningdek, biroz miqdorda sulfidlar karbonatlar, rux sulfatlari, mis va 
temir saqlaydi. Ruda flotatsiya usulida boyitiladi, va natijada 75%gacha 
qo‘rg‘oshin, 4–7%gacha rux saqlaydigan boyitma olinadi. Boyitmaning 
puch tog‘ jinslari kvars, silikatlar, ohaktosh saqlaydi. Boyitma zarralari 
95%gacha -0,06 mm o‘lchamda bo‘ladi. Sulfidli boyitmalarning asosiy 
massasi oksidli sharoitda qo‘rg‘oshinni oltingugurtning asosiy qismini 
yo‘qotib oksidli shaklga o‘tkazish uchun kuydiriladi (обожог). Shu 
bilan bir qatorda boyitma bo‘laklanadi. Eslatib o‘tish kerakki, shaxtali 
pechlar ishi mayda boyitmalarda iqtisodiy samara bermaydi. Mayda 
mahsulotni bo‘laklash bu yerda qora metallurgiyadagiga o‘xshash 
muhim operatsiya hisoblanadi. 
Shunday qilib qo‘rg‘oshinli boyitmaning dastlabki algomeratsiyasi 
ikkita maqsadli bo‘ladi: 
1) qo‘rg‘oshinni oksidli shaklga o‘tkazish bilan boyitmadan 
oltingugurtni yo‘qotish; 
2) mayda mahsulotni algomeratning yirik bo‘laklariga aylantirish. 
Algomeratsiyadan oldin sulfidli qo‘rg‘oshinli boyitma namlanadi 
va yondiruvchi qatlamning gaz o‘tkazish qobiliyatini yaxshilash uchun 
bo‘laklanadi (yumaloqlanadi). 
Aglomeratsiya tasmali turdagi mashinalarda va chashkali (qozon) 
moslamalarda amalga oshiriladi. Yoqilg‘i sifatida sulfidli boyitmaning 


249 
oltingugurti, koks maydasi ishlatiladi. Algomeratsiya jarayoni shixtani 
yondiruvchi gorn yordamida o‘t oldirishdan boshlanadi. 
Bunda sulfidlardagi oltingugurtlarning yopish zonasi hosil bo‘lib, u 
sekin panjaraga tomon harakatlanadi. Yonish zonasida harorat
800–1000
o
Cni tashkil etadi. Chiqayotgan gazlarning harorati 200
o
Cdan 
oshmaydi.
Boyitmaning asosiy tashkil etuvchisi galenit (PbS) havoli muhitda 
360
o
Cdayoq alangalanadi. 2PbS + 30

= 2PbO + 250
2
500
o
Cdan past 
haroratda qo‘rg‘oshin sulfati hosil bo‘lishi mumkin. PbO + SO
3

PbSO
4

Biroq harorat 600
o
Cga ko‘tarilsa, oltingugurt angridridi SO

va O
2
ga dissotsiyalanadi, bu esa PbSO

hosil bo‘lishini qiyinlashtiradi. 950
o

dan yuqori haroratda PbSO

va SO

ga dissotsiyalanadi. Shunday qilib 
qo‘rg‘oshin oksidi, sulfati va sulfidlari miqdori orasidagi nisbatan 
yondirish tarkibiga bog‘liq. Yetarlicha yuqori haroratda va gazlarni 
yondirish qatlamidan jadal so‘rib olishda mahsulotlardagi sulfatning 
miqdori uncha ko‘p emas. 
Qo‘rg‘oshin oksidi shixtadagi kremneziom bilan qattiq fazada 
710
o
Cda ta’sirlashadi.
PbO + SiO
2
= PbO · SiO
2
2PbO + SiO
2
= 2PbO · SiO
2
PbO · SiO

ning yarim harorati 780
o
C, 2PbO · SiO

niki esa 740
o
C. Qo‘rg‘oshin 
silikatari yonish zonasida shixtaning ashyo qismini eritadi. Qo‘rg‘oshinli 
algomerat mustahkam, bo‘lakli, g‘ovak bo‘lishi kerak. Shu bilan bir 
qatorda u kam miqdorda oltingugurt qoldig‘ini saqlashi kerak. Ideal 
holatda algomerat umuman oltingugurt saqlamasligi kerak, lekin bunday 
natijaga amalda erishish qiyin. Odatda algomerat 1–2% S
2
saqlaydi. 
Sulfidli boyitmani yondirish ko‘pincha ikki bosqichda amalga 
oshiriladi. 
Birinchi 
yondirishdan 
maqsad 
shixtani 
boyitmani 
bo‘laklamasdan oldin shixtadagi oltingugurtning bir qismini yo‘qotish. 
Toza 
galenit 
PbS 
13,4% 

(massasi 
bo‘yicha) 
saqlaydi.
Aglomeratsiyadan oldin odatda shixta 12%dan kamroq oltingugurt 
saqlaydi. Birinchi kuydirishdan keyin mahsulotda 6–8% S qolishi kerak. 
Aglomeratsiyada 
oltingugurtni 
yo‘qotish 
jarayonining 
o‘zga 
xususiyatlarini hisobga olib, birinchi kuydirish (issiqlik qayta 
tiklanishini tiklash yonish zonasida haroratni pasaytirish, oltingugurtni 


250 
ushlab turuvchi sulfidni va silikatli eritma hosil bo‘lishining oldini olish 
maqsadida) shixtaning yupqa qatlami 180–150 mm da olib boriladi. 
Bundan tashqari, yupqa qatlamda ishlash shixtaning gaz o‘tkazish 
qobiliyatini sezilarli oshiradi, sizib o‘tuvchi havoning miqdorini 
oshiradi, qatlamda keskin oksidlovchi atmosfera hosil qiladi va 
oltingugurtning yonib botishini kuchaytiradi. Birinchi kuydirish 
mexanik jihatdan kuchsiz mahsulot beradi va bu mahsulot keyin 6–10 
mm ga maydalanadi, yana namlanadi va qattiq bo‘lak hosil qilish 
maqsadida ikkinchi marta kuydiriladi. Kuydirish baland qatlamda (300 
mm gacha) olib boriladi va bu yuqori darajadagi harorat olishni, suyuq 
faza hosil bo‘lishini, shixtaning erishini va mustahkam aglomerat 
olishini 
ta’minlaydi. 
Parallel 
ravishda 
shixtani 
ikkilamchi 
oltingugurtsizlantirish olib boriladi. Birinchi kuydirish 7–10 daqiqa, 
ikkinchi kuydirish esa 15–20 daqiqa davom etadi. Tayyor aglomerat 
koks bilan birga shaxtali pechga yuklanadi. Pechning pastki qismiga 
havo puflab kiritiladi. Koksning yonishi quyidagi reaksiyalar orqali 
ifodalanadi: C+O
2
=CO
2
CO
2
+C=2CO. 
Qo‘rg‘oshinning qaytarilishi quyidagicha ketadi: 
PbO + CO = Pb + CO
2
Erigan qo‘rg‘oshin pechning o‘chog‘iga oqib tushadi, u erdan 
maxsus teshik orqali vaqti-vaqti bilan chiqarib olinadi. Qo‘rg‘oshinga 
boshqa qaytarilgan elementlar (Sb, Sn, Cu shuningdek As) qo‘shiladi. 
Qo‘rg‘oshinning bunday qorishmasi verkbley deyiladi. Ruxli sulfidli 
rudalarning muhim minerali sfalerit (rux aldamchisi ZnS) hisoblanadi. 
Hozirda sulfidli rux boyitmasini metall holidagi ruxga iqtisodiy jihatdan 
maqbul to‘g‘ridan to‘g‘ri qayta ishlash usuli mavjud emas. Ruxni 
sulfidlardan qaytarish yuqori harorat talab qiladi va bir qancha 
qiyinchiliklar bilan bog‘liq, shuning uchun sulfidli boyitma tasmali 
turdan aglomeratsion mashinalarda oksidlovchi kuydirishga uchratiladi. 
Kuydirish mobaynida mahsulotning bo‘laklanishi sodir bo‘ladi. Yonilg‘i 
sifatida sulfidlarning oltingugurti ishlatiladi. Ruxli sulfidli boyitma 
odatda 30% atrofida oltingugurt saqlaydi. Tayyor aglomerat esa 1%dan 
ortiq oltingugurt saqlamasligi kerak. Sfaleritning oksidlanishi quyidagi 
reaksiya bo‘yicha ketadi: 
ZnS + 30
2
= 2ZnO + 2So
2


251 
500–600
0
Cgacha rux sulfidi ZnSO
4
gacha oksidlanishi mumkin. 
Biroq yonish zonasida harorat 1300
o
C dan ortadi va sulfatlar eriydi, 
buning 
natijasida 
aglomeratsiyali 
kuydirishda 
oltingugurtning 
chetlashtirish darajasi ortadi. Kuydirishda jarayonning haroratini oshirib, 
mahsulotdan sulfatlarning miqdorini kamaytirishga erishish kerak. 
ZnO ning uncha katta bo‘lmagan qismi pirit FeS
2
va pirrotin FeS 
ning oksidlanishidan hosil bo‘lgan Fe
2
O
3
quyidagi reaksiya bo‘yicha 
ta’sirlashadi: 
ZnO + Fe
2
O
3
= ZnO · Fe
2
O
3
Agar aglomerat keyin pirometallurgik usul bilan qayta ishlansa, 
ya’ni yuqori haroratda qaytarilsa, ferritlarning hosil bo‘lishi zararli 
jarayon hisoblanadi. 
Gap shundaki, rux ferritlari rux oksidiga o‘xshab oson qaytariladi. 
Agar kuydirish mahsuloti ruxga gidrometallurgik usul bilan qayta 
ishlansa, ya’ni uni sulfat kislotada eritib, keyin eritmani elektroliz 
ZnO+H
2
SO
4
= ZnSO
4
+ H
2
O qilib (eritma ustidan elektr toki o‘tkazib, 
keyin katedda metall holidagi ruxni cho‘ktirib) ruxni ferratlari 
nomaqbul, chunki ular sulfat kislotada erimaydi. Bu holda ZnO · Fe
2
O

ning miqdori kuydirish jarayonining haroratini pasaytirib kamaytiriladi. 
Boyitmada kam miqdorda ishtirok etuvchi PbS PbO da oksidlanadi va 
PbO SiO
2
bilan ta’sirlashadi. 
Hosil bo‘ladigan qo‘rg‘oshin silikatlari eriydi va sovugandan so‘ng 
ruxli algomeratda bog‘lovchi hisoblanadi. Biroz miqdorda rux silikati 
ham hosil bo‘ladi. Amalda ruxli aglomerat yirik donali g‘ovak massa 
holida olinadi, yirik mustahkam bo‘laklar ham uchraydi. Aglomeratning 
yirikligi va bo‘lakligi bu yerda unchali rol o‘ynamaydi, chunki ruxni 
aglomeratdan qaytarish balandligi yuqori shaxtali pechlarda emas, balki 
uncha katta bo‘lmagan o‘lchamli retortalarda amalga oshiriladi. 
Aglomeratsiyadan oldin shaxta 6–8 oltingugurt saqlashi kerak. Sulfidli 
misli ruda va boyitmalarning aglomeratsiyali bir vaqtining o‘ziga 
shixtadan oltingugurt yo‘qotishi va maydali bo‘laklash uchun keng 
ishlatilmaydi, chunki kuydirish mahsulotini shaxtali eritish hozirda 
sanoatda bo‘ysunuvchi rol o‘ynaydi. Misning asosiy massasi ikkita 
ketma-ket joylashgan agregatlarda yallig‘ va konventor pechlarda 
eritiladi. Ko‘p podli pechlarda kuydirilgan va yengil kuydirilgan sulfidli 


252 
kukunsimon boyitma yallig‘ pechlarda sulfidli qotishma – shteyi olinib 
qayta ishlanadi. Keyin shteyn mis olish uchun konventor pechlarda 
qayta ishlanadi. 
Shaxtali pechlarda kuydirilgan boyitmadan misni to‘g‘ridan to‘g‘ri 
qaytarish bo‘lakli oksidli mahsulotni talab qiladi. Kuydirish tasmali 
algomeratsiya mashinalarida va kosachali moslamalarda amalga 
oshiriladi. 
Kuydirish 
jarayonida 
xalkopirit 
okasidlanadi 
va 
dissotsiyalanadi. 
2CuFeS
2
+ CO
2
· Cu
2
O + Fe
2
O
3
+ 4SO
2
2CuFeS
2
= Cu
2
S + 2FeS+1/2 S
2
S+O
2
=SO
2
Temir oksidlari puch tog‘ jinslaridagi silikat kislotasi bilan 
reaksiyaga kirishib fayalit (2FeO · SiO
2
) hosil qiladi va u algomeratda 
bog‘lovchi vazifasini bajaradi. Oltingugurtning yonish zonasidagi 
harorat 1200
o
Cga yetadi. Shixta 18–25% S va 16–20% SiO
2
saqlaydi.
Misli boyitmalarni aglomeratsiyasi mobaynida oltingugurtning 
chetlashtirishi 70%ga yetadi. 

Yüklə 6,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin