Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdurahmonov



Yüklə 6,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/138
tarix10.09.2023
ölçüsü6,09 Mb.
#142499
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   138
Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdur

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


253 
XVI BOB 
 
 
FOYDALI QAZILMALARNI BIOTEXNOLOGIK 
QAYTA ISHLASH JARAYONLARI 
 
 
 
 
16.1. Foydali qazilmalarni biotexnologik qayta ishlash.
 
16.2. Mikrojonzotlar, ularning turlari va qo‘llanilish sohalari. 
 
16.3. Mikrojonzotlarni qo‘llashning zamonaviy ahvoli.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


254 
16.1. Foydali qazilmalarni biotexnologik qayta ishlash 
Mustaqil O‘zbekistonda sanoatni barcha tarmoqlarining juda 
yuqori suratlarda rivojlanib kelishi, turli ko‘rinishdagi foydali 
qazilmalarni qazib olishini oshirishga olib kelmoqda. Xususan rangli va 
noyob metallar iste’moli oshib kelmoqda, shu bilan bir qatorda esa bu 
metallarning zaxiralari yildan yilga kamayib bormoqda. Tarkibida 
qimmatbaho metallarning miqdori kam bo‘lgan (kambag‘al) rudalarni 
qayta ishlash, ko‘p miqdorda ruda xomashyosini boyitishini talab etadi, 
bu esa olinadigan metallning tannarxining oshishiga sabab bo‘ladi. Shu 
sababdan kambag‘al rudalarni qayta ishlash uchun arzon, samarali, 
metallarni yuqori miqdorda ajratib olish imkoniyatini beruvchi 
texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishga joriy etish kerak. Bu 
texnologik jarayonlarga gidrometallurgik, ayniqsa bakterial-kimyoviy 
usul kiradi. Gidrometallurgik jarayonlarning bakterial-kimyoviy usuli 
biogeotexnologik 
jarayon 
ham 
nomlanadi. 
“Metallurgiyada 
biotexnologik jarayonlar” metallarni ruda, boyitima, tog‘ jinslaridan va 
eritmalardan mikrojonzotlar ta’siri ostida ajratib olishni o‘rganuvchi 
fandir. 
Bu fanning tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi: 
1) biogidrometallurgiya yoki metallarni bakterial tanlab eritish; 
2) rudalani boyitish; 
3) metallarni eritmalardan biosorsiya qilish. 
Tanlab eritishning bakterial usullari (bakterial tanlab eritish), 
mineral 
xomashyolarni 
qayta 
ishlash 
sohasida 
ilmiy-texnik 
rivojlanishning eng zamonaviy yo‘nalishlaridan biridir. Bu usul 
xomamashyodan kompleks foydalanish va atrof-muhitni himoya 
qilishga 
imkon 
yaratadi. 
Moddalarning 
tabiatda 
aylanishida 
bakteriyalarning o‘rni borligi ko‘p yillardan beri ma’lum. Hozirgi kunda 
bakteriyalarning 2500 dan ziyod turlari aniq, bularning ichida noorganik 
moddalarning destruksiyasi va sintezida, yerdagi geokimyoviy 
jarayonlarida ishtirok etadigan bakteriyalar juda ko‘p qismini tashkil 
etadi. S.N. Vinogradskiy tomonidan xemosintez (noorganik moddalarni 
oksidlaydigan mikrojonzotlar tomonidan uglekislotani avtotrof qabul 
qilishi) xodisasi ochilishi mikrojonzotlarni geokimyoviy faoliyatini 
o‘rganishga asos soldi. Masalan, biogeoximiya asoschisi V.I. 
Vernadskiy o‘zining ilmiy ishlarida quyidagilarni yozgan: “Bakteriyalar 


255 
biosferada juda katta geokimyoviy ishni bajarishadi, ular birikmalarni 
parchalaydi va hosil qilishadi. Ularning uglerod, oltingugurt, azot, temir 
marganets va boshqa elementlarning tarixidagi o‘rni juda yuqori”. 
Mikrojonzotlarning 
tabiatda 
tutgan 
katta 
o‘rnini, buyuk rus 
mikrobilologi B.L. Isachenko ham ta’kidlab o‘tgan: “Mikroblar tabiatda 
muvozanatni buzuvchilardir. Ularning sanoqsiz miqdori Mendeleev 
jadvalidagi barcha elementlarni jo‘shqinlanishiga olib keladi”. 
Haqiqatan 
ham 
mikrojonzotlarning 
60 
ko‘p 
elementlar 
konsentratsiyalanishi va sochilishida ishtirok etishi aniqlandi. 1921–22-
yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida, bir qator oltingugurtni 
oksidlovchi mikrojonzotlar, pirit va sfalerit minerallarini oksidlash 
xususiyatiga ega ekanligi aniqlandi. Shu vaqtning o‘zida Vaksman va 
Djoffi tomonidan oltingugurtni va uning tiklangan ko‘rinishlarini 
sulfatgacha oksidlovchi avtotrof atsidofil bakteriyalar aniqlangan. 1947-
yilda Xinkel va Kolmer tomonidan G‘arbiy Virdjiniya (AQSH) 
shtatidagi ko‘mir konining drenaj nordon suvlaridan, ikki valentli 
temirni uch valentli temirgacha oksidlash xususiyatiga ega bakteriyalar 
ajratib olingan. Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turubdiki, 
mikrojonzotlarni geokimyoviy jarayonlardagi roli XX asrning 
boshlaridan o‘rganib kelinmoqda, ammo bakteriyalarni gidrometallurgik 
usullarda qo‘llab misni to‘dada tanlab eritish jarayoni uchun patent 
faqatgina 1958-yilda olingan Bingam Kanoni (AQSH). Biotexnologiya 
metallarni nafaqat qattiq mineral xomashyolardan bakterial tanlab ertish 
usulida, balki metallarni sanoat eritmalardan va tashlandiq suvlardan 
ajratib olish bilan shug‘ullanadi. 
Hozirgi kunda bakterial tanlab eritish jarayonining nafaqat nazariy 
jihatlari, balki amaliy jihatlari ishlab chiqilgan va bakterial tanlab ertish 
jarayonining sanoat qurilmalari ishga tushurilgan. Mikrojonzotlarni 
sanoatning turli sohalarida qo‘llanishi yildan yilga oshib bormoqda. 
Ko‘pgina mikrojonzotlar yer qatlamida, tegizlar tubida foydali 
qazilmalarni hosil bo‘lishida ishtirok etishadi. Mikrojonzotlarni 
tarkibida rangli metallarni saqlovchi sulfidli minerallar va rudalarni 
oksidlashdagi o‘rnini aniqlashda S.I. Ivanov katta hissa qo‘shgan 
(Rossiya Mikrobiologiya instituti). Biogidrometallurgiya sohasida mis, 
rux, oltin va uranni va boshq. to‘dada va yer ostida tanlab eritish 
jarayonlari chuqur o‘rganilgan. Bu texnologiya hozirgi kunda balansdan 


256 
tashqari, kambag‘al rudalardan qimmatbaho metallarni ajratib olish 
uchun AQSH, Kanada, MDH, Bolgariya va boshqa davlatlarda sanoat 
miqyosida qo‘llanib kelmoqda. Masalan, bu usullarni qo‘llab ishlab 
chiqilgan misning tannarxi an’anaviy uslda ishlab chiqilgan misning 
tannarxidan 1,5–2,0 marotaba pastdir. Chanlarda bakterial tanlab eritish 
jarayonlari, asosan qimmatbaho metallarni murakkab tarkibli yoki 
kambag‘al xomashyolardan ajratib olish uchun qo‘llaniladi (oltin – 
mishyakli ruda va boyitmalar, mis-ruxli ruda va boyitmalar, sulfidli oltin 
saqlovchi ruda va boyitmalar va boshq.)

Yüklə 6,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin