1.1. Standartlashtirish tarixi va rivojlanishi to‘g‘risida
Standartlashtirish bilan qadimdan insonlar shug‘ullanib kelishgan. Buni eramizdan 6 ming yil oldin Misrlik va SHumerda yozish va sanash paydo bo‘lishi va bunda belgilar, piktogrammalar va boshqa turli xil shakllarni xatlarda ko‘rishimiz mumkin. Bu esa shu davrlardagi standartlashtirishning yaqqol bir ko‘rinishidir. Sonlarni vavilonliklar 4 ming yillarda kashf etishgan va foydalanishgan. Nota ezuvlari ham qadimiy me’yorlashtirilgan til sifatida Gretsiyada eramizdan oldin 200 yillarda paydo bo‘lishi aytishimiz mumkin.
Xitoyda eramizdan oldingi 206-220 yillarda xaritalardagi shahar va qishloqlarning shartli belgilari haqiqatdir.
Eramizdan oldingi 1700-1600 yillarda Feste saroydagi disklar quyumasini aynan bir xilligi ham standartning bir ko‘rinishidir.
Xitoy imperatori Sin SHixuandi (taxminan 2200 yil oldin) soliqlarni yig‘ishda og‘irlik toshlari, o‘lchovlar va tangalarning bir xillashtirgan. U ierogliflarni birxillashtirib, kamon o‘qlarini bir xil uzunligini ta’minlagan.
Qadimiy Misrda taxminan bundan 7 ming yil oldin o‘lchash san’ati mavjud bo‘lgan. Misr ehromlarida etalon uzunliklari bo‘lib, piramidalar qurilishida uzunligi 52,6 sm «sarskiy lokot» qabul qilingan. Eramizdan oldingi XVIII asrda qirol Xammurapi standartlashtirilgan og‘irlik va o‘lchovlar to‘g‘risida qonun qabul qilgan.
Bir paytda tosh va tarozilar rivojlanish davrida keng qo‘llanilad boshladi. Bunda og‘irlik o‘lchov toshi va o‘lchovlarni keng qullash bilan birgalikda ularni qalbakilashtirishni ham oldini olish uchun hamma tomonlama qonuniy jazolar ishlab chiqildi.
Bir necha misollarni shuni ko‘rsatadiki, o‘lchash hajmi me’yoriy-qonunlar bilan tenglashtirilgan. Uzoq o‘tmish tariximizdan ma’lumki, O‘zbekiston tarixiy yodgorlik bino va inshoatlarida qurilishida standartlashtirish faoliyati ham muhim o‘rin tutib, o‘sha paytdagi qurilish ashyolarini birxillashtirish ya’ni peshtoqladagi xandasaviy naqshlar, panjaralar va to‘sinlar hamda poydevor va devorlardagi g‘ishtlarning tarkibiy tuzilishi va o‘lchamlari standart andozalar bilan tenglashtirilgani buning yorqin misolidir.
O‘zbekistonda qadimdan mahsulotlar etishtirish, hunarmandchilik mahsulotlari jumladan, kosiblik sohasida poyafzallarning o‘lchamlari, chilangarlikda idish va buyumlarining hajmlari hamda shakllari, temirchilikda yasalgan o‘xshash buyumlarning og‘irlik va boshqa o‘lchamlarini teng qilib yaratilishi standart va andozalardan foydalanganligining isbotdir.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z istiqlolini qo‘lga kiritganidan so‘ng butun jahonda bir qancha sohalar bo‘yicha aloqalarni o‘rnatishi shu bilan birga iqtisodiy hamkorliklar ham yo‘lga quyib borilmoqda. Iqtisodiyotda tovar ayriboshlash muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanibgina qolmay, u aholining turmush tarzini o‘zgartirishiga sabachi bo‘ladi. Mahsulot va tovarlarga bo‘lgan talablarni ortishi va shu bilan birga ularga iste’molchining o‘zgacha talablar asosida yondashish standartlashtirish faoliyatida fan va texnika yutuqlaridan foydalanish bilan amalga oshirilishi standartlashtirishning muhim omillaridan biridir.
Standartlashtirish sohasida mahsulot va xizmatlarni davlat standartlari talablari asosida yaratish, standartlashtirish faoliyatini nazorat etish, standartlashtirish ob’ektlari ustidan tekshiruvlar o‘tkazish orqali mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohalarini muvofiqlashtirish maqsadida «O‘zstandart» agentligi tashkil etildi.
«O‘zstandart» agentligi 1991 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalari bo‘yicha «Davstandart» markazi standartlashtirish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan.
«O‘zstandart» agentligi standartlashtishi sohasidagi barcha ishlarni muvofiqlashtirib jumlanadan, 1993 yil 28 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan loyihasi ishlab chiqilib «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi loyihasi ko‘rib chiqilib va «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
Dostları ilə paylaş: |