Mahsulot (xizmat)ga standartlar bir turdagi mahsulot (xizmat)lar guruhiga yoki aynan bitta mahsulot (xizmat)ga bo‘lgan talablarni o‘rnatadi.
Bunday standartlar quyidagilarni o‘rnatadi:
mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga hamma tomonlama talablarni;
mahsulotni o‘zaroalmashinuvchanligi va unifikatsiyasini ta’minlovchi turo‘lchamlari va parametrik qatorlarini;
mahsulotni tashish va ishlatishda uning tarkibi saqlanuvchanligini ta’minlash.
Mahsulotga standartlar va texnik shartlarni standart va texnik shartlarga, informatsion reglamentlarga, konstruktiv, metrologik, ergonomik, texnologik, ekspluatatsion va chidamliliklariga mosligi va mahsulotning barcha hayotiy bosqichlarida yuqori ilmiy-texik darajada ta’minlanishi hamda bularning barchasini o‘zarobog‘liq holda shakllantirish lozim.
Texnik shartlar aniq bir turdagi mahsulotga ishlab chiqilib, standartlar bo‘yicha (o‘zaro faoliyat) qat’iy muvofiqligi asosida bir turdagi mahsulotlar guruhiga kiruvchi aniq mahsulot ishlab chiqilgan bo‘lishi shart.
Bunday standartlar mahsulotning asosiy parametrlari va (yoki) o‘lchamlari, turlari, markasi, navini aniqlovchi sifat belgilari, konstruksiyasi va o‘lchami, umumiy texnik talablari, tamg‘alashi, qadoqlanishi, tashish, saqlanishi, ekspluatatsiyasi, ta’mirlanish, umumiy texnik shartlar, texnik shartlarga aloqador bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |