8-Ma’ruza. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning Davlat fondini shakllantirish va yuritish tartibi
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning Davlat fondi (keyingi o‘rinlarda Davlat fondi deb yuritiladi) qog‘ozdagi va elektron shakldagi, zamonaviy axborot texnologiyalari asosidagi ma’lumotnoma-izlash apparati bilan birgalikda normativ hujjatlarning tizimlashtirilgan fondidan iborat bo‘ladi.
Davlat fondi:
a) yuridik va jismoniy shaxslarga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar to‘g‘risida to‘liq, ishonchli va o‘z vaqtida axborot berish;
b) texnik jihatdan tartibga solish sohasida fan va texnikaning zamonaviy yutuqlaridan foydalanishga ko‘maklashish;
v) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar to‘g‘risidagi axborotlarning oshkoraligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.
Davlat fondi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida shakllantiriladi va yuritiladi.
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi:
a) Davlat fondi shakllantirilishi, uning saqlanishi, tizimlashtirilishi, hisobga olinishi va dolzarbligi tashkil etilishini;
b) yuridik va jismoniy shaxslarga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar to‘g‘risida to‘liq, ishonchli va o‘z vaqtida axborot berilishini ta’minlaydi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat vakolatli organlari:
a) ushbu sohaga tegishli nizomning ko‘rsatilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasida, faoliyatning biriktirilgan yo‘nalishlari bo‘yicha axborot resurslari shakllantirilishi, ularning saqlanishi, tizimlashtirilishi, hisobga olinishi va dolzarbligi tashkil etilishini;
b) yuridik va jismoniy shaxslarga ularning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar to‘g‘risida to‘liq, ishonchli va o‘z vaqtida axborot berilishini;
v) yuridik va jismoniy shaxslarga ularning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar qoidalari tushuntirilishini ta’minlaydi.
Davlat fondining tarkibi
Davlat fondi tarkibiga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi belgilangan tartibda tasdiqlangan quyidagi normativ hujjatlar (keyingi o‘rinlarda normativ hujjatlar deb yuritiladi) kiritiladi:
a) texnik reglamentlar (umumiy va maxsus);
b) standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar;
v) sanitariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari;
g) shaharsozlik normalari va qoidalari, ekologik normalar va qoidalar;
d) standartlashtirish bo‘yicha xalqaro, davlatlararo va milliy tashkilotlarning rasmiy axborot nashrlari hisoblangan klassifikatorlar, kataloglar, ko‘rsatkichlar, ro‘yxatlar, byulletenlar;
e) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi barcha normativ hujjatlarning elektron variantlari.
Normativ hujjatlarning Davlat fondini to‘ldirish va yuritish maqsadida tasdiqlangan normativ hujjatlar ular tasdiqlangan kundan boshlab o‘n kun mobaynida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat vakolatli organlariga ularning faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha yuboriladi.
Normativ hujjatlar to‘plamida quyidagilar bo‘lishi kerak:
a) tasdiqlangan normativ hujjatlarning qarorlari (buyruqlari) matnlari, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalarning matnlari, ushbu hujjatlarning asl nusxalarining nusxasi qog‘ozda va elektron manbalarda (kelishilgan formatda) bir nusxada;
b) bosma nashr shaklida tasdiqlangan normativ hujjatlarning ikki nusxasi (kelishilgan formatda).
Normativ hujjatlar belgilangan tartibda jamlab va yakka tartibda hisobga olinishi kerak.
Amal qilish muddati tugagan normativ hujjat belgilangan tartibda Davlat fondidan chiqariladi va uning bir nusxasi arxiv hujjati sifatida qolishi kerak. Ushbu nusxaga «Arxiv nusxasi» shtampi bosiladi. Arxiv nusxalari arxivda kamida 10 yil saqlanadi.
Davlat fondiga tushgan har bir normativ hujjat, qanday tarzda nashr etilishidan va manbaning turidan (qog‘ozda, elektron manbada) qat’i nazar, yillik Texnik reglamentlar va standartlar ko‘rsatkichlarida aks ettiriladi.
Hujjat bekor qilinganda yoki bir hujjat boshqa hujjat bilan almashtirilganda raqamli katalogda tegishli hujjatga bibliografik kartochkaning chap tomondagi hoshiyasiga uning almashtirilganligi yoki bekor qilinganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
Bekor qilingan yoki almashtirilgan normativ hujjatlarning bibliografik kartochkalari yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan belgilar bilan birgalikda raqamli katalogda avvalgi joyida qoldiriladi va ulardan ma’lumotnoma-axborot xizmatlari ko‘rsatishda foydalaniladi.
Normativ hujjatlarni zarur tarzda saqlash uchun ularning saqlanishini ta’minlaydigan joy ajratiladi.
Davlat fondining normativ hujjatlari belgilangan tartibda doimiy ravishda dolzarblashtirilishi kerak. Arxivda saqlanayotgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kartotekaga kiritilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |