Toshkent davlat texnika universiteti


-mavzu. Fanga kirish, standartlarni va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish texnologiyasi halq xo‘jaligida tutgan o‘rni va ahamiyati



Yüklə 219,58 Kb.
səhifə2/46
tarix12.05.2022
ölçüsü219,58 Kb.
#57658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Toshkent davlat texnika universiteti

1-mavzu. Fanga kirish, standartlarni va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish texnologiyasi halq xo‘jaligida tutgan o‘rni va ahamiyati
Standartlarni va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish texnologiyasi” ma’ruza matni hayotimizning barcha jabhalarida, xalq xo‘jaligining, sanoatning barcha tarmoqlari uchun o‘ta zarur bo‘lgan, standartlashtirish haqidagi asosiy tushunchalar va ta’riflar, me’yoriy hujjatlar, standart va uning toifalari, standartlarni ishlab chiqish tartiblari, standartlarni rasmiylashtirish talablari, standartlashtirishning huquqiy va qonuniy asoslari hamda O‘zbekiston respublikasi davlat standartlashtirish tizimi kabi masalalari xususida etarli va zarur ma’lumotlar keltirilgan.

Ushbu ma’ruza matni mohiyatan hozirgi kunlarda respublikamizdagi ta’lim va iqtisodiyot borasidagi rivojlanishi va o‘zgarishlari fan-texnika hamda texnologiyani jadal o‘zgarib borishini hisobga olingan holda yaratildi.

«Standartlarni va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish texnologiyasi» asosan standartlashtirish faoliyatini paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixiy manbalardan ma’lumki, uzoq tariximizga o‘zaro bog‘liq bo‘lishi bilan bir qatorda, ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga xos bo‘lgan, doimiy ravishda va uzluksiz tarzda rivojlanishda bo‘luvchi faoliyatlar turkumiga mansubdir.

Mustaqil O‘zbekistonimiz juda boy va ko‘hna madaniy va ma’rifiy meroslarga ega bo‘lib, ushbu meros G‘arb falsafasini shakllanishida, buyuk olimlarni va allomalarni muvoffaqiyat qozonishlarida munosib o‘rin egallagan. Bundan tashqari respublikamiz «Buyuk ipak yo‘li» asosiy tomirida joylashganligi va yirik savdo markazlariga ega bo‘lganligi sababli xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etgan.

Ma’lumki, respublikamizda tub iqtisodiy islohotlar orqali bozor munosabatlarini shakllantirishga kirishishda eng avvalo, uning strategik maqsadlari belgilanib olindi. Bu maqsadlar ichida «raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlash» alohida ta’kidlab o‘tilgan. Iqtisodiy islohotlarning ustivor sanalgan yo‘nalishlarida ham quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin:


  • ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish orqali tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish;

  • aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash;

  • mamlakatning eksport quvvatidan to‘la-to‘kis foydalanish, uni jadallik bilan rivojlantirish.

Bu borada respublikamizda qisqa muddat ichida ulkan ishlar amalga oshirildi va natijada O‘zbekiston sanoatlashgan hamda iqtisodiy jihatdan buyuk imkoniyatlarga ega davlatlar safiga qo‘shildi.

Standartlashtirish faoliyati yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlar va sanoatimizning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarishdagi zamonaviylikni aks ettirish, texnologik jarayonlarni kompleks avtomatlashtirish, ishlab chiqarilayotgan va chetdan keltirilayotgan turli xil mahsulotlarning sifati yuqori darajada, me’yoriy xujjatlarning belgilangan talablariga mos bo‘lishini, iste’mol mahsulotlarining aholi uchun xavfsizligini ta’minlash, ilg‘or, ko‘p yillik tajribadan o‘tgan jahon andozalaridan foydalanish va ularni respublikamizda tadbiq etish kabilarni o‘ziga mujassamlashtirgan. Tabiiyki, barcha soha mutaxassislari qaysi toifada bo‘lishidan qat’iy nazar ushbu borada etarli bilim va malakaga ega bo‘lishlari lozim.

SHu sabablarga ko‘ra, ushbu o‘quv qo‘llanma respublikamizdagi amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ta’lim borasidagi islohotlarga yondashgan holda jumladan, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish sohalaridagi bilimlarni etkazishda standartlashtirish asoslari tayanch faoliyat ekanlagini inobatga olib yaratishga harakat qilindi.


Yüklə 219,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin