Ishlar (jarayonlar)ga standartlar mahsulotni tayyorlash, saqlash, tashish, ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash va utillashtirish texnologik jarayonlarini ishlab chiqishda turli xil ishlarni bajarish usullari (usullari, qabul qilishia, ishlar tartibi, rejim va me’yorlari)ga asosiy talablarni o‘rnatadi.
YAngi mahsulotlarni qisqa vaqtda o‘zlashtirilishida avtomatik loyihalashtirish (SAPR) tizimi standartlari buyumlarni tayyorlash texnologik jarayonlarining prinsipial sxemalari bo‘yicha va moduli konstruksiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Namunali texnologik jarayonlar ishlarga tipik standart ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi.
Ishlar (jarayonlar)ga standartlarda texnologik jarayonlarni o‘tkazishdagi tabiat muhitini himoya qilish va aholi sog‘lig‘i hamda hayoti uchun xavfsizlik talablaridan tarkib topgan bo‘lmog‘i lozim. Bunday ta’sirlar kimyoviy (tashlanadigan zararli ximikatlar), fizik (radiatsiyadan nurlanish), biologik (mikroorganizmlarni zaharlanishi) va mexanik tavsiflarda bo‘lishi mumkin.
Mahsulot (xizmat)larni sifatini ta’minlash tizimi doirasida boshqarish jarayonlariga standartlar zamonaviy bosqichlarda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Dostları ilə paylaş: |