Toshkent davlat texnika universiteti


Kelishuv Davlat-qatnashchilari va ularning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idorlari



Yüklə 219,58 Kb.
səhifə44/46
tarix12.05.2022
ölçüsü219,58 Kb.
#57658
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Toshkent davlat texnika universiteti

Kelishuv Davlat-qatnashchilari va ularning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idorlari


Davlat nomi

Metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idora nomi

Ozarbayjon Respublikasi

Ozdavstandart

Armaniston Respublikasi

Armdavstandart

Belarusiya Respublikasi

Belarusiya davstandart

Gruziya

Gruzstandart

Qozog‘iston Respublikasi

Qozog‘iston Respublikasi davstandarti

Qirg‘iziston Respublikasi

Qirg‘izstandart

Moldova Respublikasi

Moldovastandart

Rossiya Federatsiyasi

Rossiya davstandart

Tojikiston Respublikasi

Tojikstandart

Turkmaniston

Turkmaniston Bosh davlat inspeksiyasi

O‘zbekiston Respublikasi

“O‘zstandart” agentligi

Ukraina

Ukraina davstandart


23-ma’ruza. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita haqida
Bir turdagi mahsulot va tarmoqlararo foydalaniladigan mahsulot uchun me’yoriy hujjatlarni yaratish bo‘yicha faoliyat ishchi idoralar – standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar (TQ) tomonidan olib boriladi. Bunday amaliyot xalqaro tashkilotlar ishida qo‘llaniladi. Jumladan, Xalqaro standartlashtirish tashkiloti ISO (International Standards Organization) o‘z vazifalarini 200 dan ortiq TQ, 2000 ta yordamchi qo‘mitalar va ishchi guruhlar orqali bajaradi. Xalqaro elektrotexnik komissiyasi IEC (International Electrotechnical Commision) ham 100 ga yaqin TQ, 1000 dan ortiq yordamchi qo‘mita va ishchi guruhlar tuzgan. Mazkur turdagi mahsulotni ishlab chiqarishda etakchi bo‘lgan har bir mamlakat – xalqaro tashkilot a’zosi TQ ni boshqaradi. Xalqaro tashkilotlarning texnik qo‘mitalari har yili o‘rtacha 500-800 nomli standartlarni, qo‘llanmalarni, qoida va me’yorlarni ishlab chiqadi.

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengash qatnashchi-mamlakat boshqaradigan davlatlararo texnik qo‘mitalar tuzgan. Ipak va paxta bo‘yicha TQ ni O‘zbekiston olib boradi.

Xalqaro va davlatlararo texnik qo‘mitalarni bunday olib borish amaliyoti davlatlarning savdo-iqtisodiy o‘zaro hamkorligidagi savdo va texnik to‘siqlarni bartaraf etishga ko‘maklashadi.

Vazirlar Mahkamasining 3 oktyabr 2002 y. № 342 qaroriga muvofiq, O‘zstandart Agentligining asosiy vazifalaridan biri sifatida bir turdagi mahsulot standartlarini ishlab chiqish bo‘yicha tarmoq tuzilmalarini tashkillashtirishga ko‘maklashish, ularning faoliyati ustidan ilmiy-metodik rahbarlikni ta’minlash va tekshirish vazifasi yuklatilgan “O‘zstandart” agentligiga iqtisodiyot tarmoqlari bilan birga standartlashtirish bo‘yicha TQ ni belgilangan tartibda shakllantirishda qatnashish vazifasi qo‘yilgan.

O‘z RH 51-013:1993 “O‘z SDT. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita to‘g‘risida namunaviy nizom” da standartlashtirish bo‘yicha TQ ning umumiy qoidalari, asosiy vazifalari, shuningdek ularning tuzilmasi va tarkibi belgilangan.

TQ manfaatdor tomonlarning mutaxassislari-vakolatlangan vakiliridan iborat bo‘lib, mahsulotning ma’lum turlari, texnologiyalar va standartlashtirishning boshqa ob’ektlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan va davlat hamda mahsulot (xizmatlar) iste’molchilari (buyurtmachilari)ning manfaatlarida davlat, tarmoq, davlatlararo va xalqaro standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida ishlarni olib borish uchun eng yuqori ilmiy-texnikaviy salohiyatga ega tashkilotlar asosida tuziladi.

Mahsulotning asosiy iste’molchilari (buyurtmachilari) – korxonalar, mahsulotni ishlab chiquvchi va tayyorlovchilar – korxonalar, jamoat birlashmalari, davlat nazorati idoralari va manfaatdor boshqa korxonalar TQ ga a’zo bo‘lishlari mumkin. Bunda TQ tarkibiga asosiy iste’molchi (buyurtmachi), “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (biriktirilgan faoliyat sohalari bo‘yicha) vakillarining kirishi majburiydir.

TQ ni rais boshqaradi. Rais tashkilotlar, korxonalarning rahbarlari yoki ularning muovinlari, Bosh konstruktorlar, bosh texnologlar, tashkilot bo‘linmalarining rahbarlari, TQ tarkibiga kirgan etakchi olimlar va mutaxassislar ichidan saylanadi. TQ raisining muovinlari etib asosiy iste’molchi va “O‘zstandart” agentligi (davlatarxitekturaqurilish, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining vakolatlari doirasida) vakillari tayinlanadi.

TQ o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi hududida amaldagi standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tayanadi va quyidagi vazifalarni bajaradi:

– davlatlararo, davlat va tarmoq yangi standartlarini ishlab chiqadi, qayta ko‘rib chiqadi yoki amaldagilariga o‘zgartirishlar kiritadi;

– standartlashtirish bo‘yicha xalqaro va hududiy tashkilotlarning TQ ning ishlarida qatnashadi;

– davlatlararo, davlat va tarmoq standartlashtirish dasturlariga takliflarni ishlab chiqadi;

– standartlashtirish bo‘yicha xalqaro, davlatlararo, hududiy tashkilotlarda ovoz berish uchun O‘zbekiston fikrini tayyorlaydi;

– barcha darajalardagi me’yoriy hujjatlarning ilmiy-texnikaviy ekspertizasini bajaradi.

TQ ta’sis etuvchilar-korxonalarning birgalikdagi buyrug‘i, shuningdek “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (biriktirilgan faoliyat sohalari bo‘yicha) buyrug‘i bilan tuziladi.

TQ ning faoliyat sohasi juda keng bo‘lib, tarmoq va davlat standarlashtirishdan boshlab, xalqaro va davlatlararo standartlashtirishgacha boradi.

TQ tarkibida yordamchi qo‘mitalar (YOQ) va ishchi guruhlar (IG) tuzilishi mumkin.

TQ ning standartlashtirish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish va vakolatlarini kengaytirish uchun belgilanganki, TQ faoliyati natijalari bo‘yicha qabul qilingan bayonnoma qarori hujjat (loyiha) ning TQ ga a’zo barcha tashkilotlar bilan kelishilganligini tasdiqlaydi.




rasm. O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar.
24-ma’ruza. Standartlashtirish bo‘yicha normativ xujjatlar davlat fondini jamlash, saqlash, xisobga olish va yuritish tartibi
“O‘zstandart” agentligining me’yoriy xujjatlar davlat fondida 40 mingdan ortiq me’yoriy xujjatlar ro‘yxatga olingan: O‘zbekiston Davlat standartlari, Halqaro standartlar, (ISO, IEC va boshqalar), Davlatlararo standartlar (GOST), CHet el mamlakatlarining milliy standartlari va boshqalar.

Me’yoriy xujjatlarni olish uchun “O‘zstandart” agentligining “Axborot-ma’lumot markazi” DKga murojaat qilish lozim. Axborot-ma’lumot markazi” DKning “Elektron kutubxona” doirasida me’yoriy xujjatlarning to‘liq katalogi va manti bilan tanishish mumkin. Respublika xududlarida “Elektron kutubxona” ga kirish “O‘zstandart” agentligining xududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari (SMB) tomonidan tashkillashtirilgan.

MDH ishtirokchi – davlatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo Kengashi (DAK) tomonidan qabul qilingan, Davlatlararo standartlar Katalogida olish mumkin. O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan, Davlatlararo standartlar to‘g’risida axborotni “O‘zstandart” agentligi “Axborot-ma’lumot markazi” DKda olish mumkin.


  1. Standartlashtirish bo‘yicha davlat rejasini tuzish

  2. Standartlashtirish bo‘yicha normativ xujjatlar talablarini xalkaro va chet el normativ xujjatlariniig talablari bilan taqqoslab tahlil kilish va uyg‘unlashtirish usuliyati


Yüklə 219,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin