2-LABORATORIYA ISHI
MAVZU: “KO’P POGONALI SILINDRIK (VЕRTIKAL VA GORIZONTAL) RЕDUKTOR
TUZILISHINI, GEOMETRIK KO’RSATKICHLARINI VA ULARNING KINEMATIK
KO’RSATKICHLARINI ANIQLASHNI O’RGANISH”
1. Ishdan maqsad.
1. Ko’p pog’onali reduktor va ularning kinematik sxemalari bilan tanishish.
2. O’lchov va hisob yo’li bilan ko’p pog’onali reduktordagi detal va uzellarni hamda tishli
uzaytmalarning asosiy geometrik o’lchamlarini aniqlash. (2,3-jadvallar).
3. Tishli uzatmaning parametrlarini o’lchash va hisoblash yo’li bilan aniqlash.
2. Nazariy qism:
Reduktor deb, mashinaning energiya manbaidan uning ish bajaruvchi qismiga aylanma
harakatni tezligini kamaytirib uzatishga mo'ljallangan va alohida quti (korpus) ga joylashgan tishli
yoki chervyakli uzatmalardan tuzilgan mexanizmlarga aytiladi. Reduktorlarning o'ziga xos xususiyati
harakatni kamaytirib uzatishdir, ya’ni ularda uzatish soni U > 1 bo'ladi. Reduktorni bu xususiyatidan
mashina va mexanizmlarni loyihalashda keng foydalaniladi.
Masalan, avtomobillarning tezliklar qutisi deb ataladigan reduktorlari ana shu asosda ishlaydi.
Ma’lumki, avtomobilni joyidan qo'zg'atishda g'ildiraklardagi burovchi moment odatdagi tekis harakat
vaqtidagi burovchi momentdan katta bo'lishi kerak va aksincha, joyidan qo'zg'olgan
avtomobil
ma’lum tezlikka ehrishgach, harakatni davom ehttirish uchun g'ildirak vallaridagi burovchi
momentning ilgaridagidek katta qiymatga ehga bo'lishi shart emas. Shuning uchun reduktor
vositasida etaklanuvchi valning aylanish chastotasi pog'onama-pog'ona kattalashtiriladi.
Bunday
mexanizmlar mul'tiplikatorlar yoki tezlatuvchilar deb ataladi. Ularda uzatish soni har doim U<1
bo'ladi.
Reduktorlar bir-biridan vallarining joylashishi, o'lchami, uzatish soni hamda tuzilishi bilan farq
qiladi.
Reduktor vallarining fazoda o'zaro joylashishiga ko'ra gorizontal va vertikal bo'ladi.
Reduktorlar pog'onalar soniga ko'ra bir (1, 2, 3, 4, 12,13, 14, 16-rasmlar), ikki (5, 6, 7, 8, 9, 10,
11, va 15-rasmlar) va ko'p pog'onali bo'lishi mumkin. Ko'p pog'onali reduktorlar uning birinchi vali
hamda oxirgi valining aylanishlar soni bir-biridan juda katta farq qilganda ishlatiladi.
Reduktorlar undagi uzatmaning turiga ko'ra silindrsimon (1, 2-rasmlar), konussimon (3, 4-
rasmlar), chervyakli (12, 13, 14-rasmlar) hamda aralash, ya’ni silindrik-konussimon (10, 11-rasmlar),
silindrik-chervyakli (15-rasm) turlariga bo'linadi.
Sanoatda cilindrik tishli g'ildirakli reduktorlar eng ko'p ishlatilib, uning tuzilishi va tayorlanishi
oddiy, chidamliligi yuqori. Odatda uzatish soni U ≤ 6,3 bo'lganda bir pog'onali, U ≤ 40 bo'lganda ikki
pog'onali, hamda U ≤ 400 hollarda uch pog'onali reduktorlardan foydalaniladi.
Reduktorlarning og'irligi va tashqi o'lchamlari asosan uzatish soni qiymatini uzatma
pog'onalari bo'yicha qanday taqsimlanishiga bog'liq. Bunda yetaklanuvchi g'ildirak diametrlari bir xil
bo'lgan reduktorlarning ko'rsatkichlari yuqori bo'ladi, chunki bunday reduktor g'ildirak tishlarini
moylash oson.
Reduktorlarda birinchi pog'ona yuklanishi nisbatan kam bo'lganligi uchun,
yetaklanuvchi
g'ildirak diametrlarini bir hilligini ta’minlash uchun uzatish sonining qiymatini ikkinchi pog'onaga
nisbatan kattaroq qilib olish tavsiya etiladi, tish eni koeffitsienti
ψ
ba
-ning qiymati esa ikkinchi
pog'onada katta bo'ladi.
Ikki pog'onali reduktorlardan eng ko'p ishlatiladigani g'ildiraklari
ketma-ket joylashgan
reduktorlardir (5-rasm). Bu reduktorlarning tuzilishi oddiy, biroq g'ildiraklarning tayanchlarga
nisbatan nosimmetrik joylashganligi yuklanishnng tishlar uzunligi bo'ylab notekis taqsimlanishiga
sabab bo'ladi. Natijada g'ildiraklarning va tayanchlarning ishlash sharoiti yomonlashadi. Bu holatni
bartaraf qilish maqsadida g'ildiraklarni tayanchlarga nisbatan simmetrik
joylashgan reduktorlardan
foydalaniladi.
Reduktor uzunligini kamaytirish maqsadida o'qdosh reduktorlardan (6-rasm) foydalanish
tavsiya etiladi. Bunday reduktorlarning asosiy kamchiligi, ayrim val tayanchlarining reduktor ichida
joylashtirilishidir. Bu birinchidan, konstruktiv jihatdan noqulay bo'lsa, ikkinchidan, tayanchlarning
holatini nazorat qilishni qiyinlashtiradi.
Agar uzatish soni
U ≤
6,3 bo'lib ehlektrodvigatelga ulanadigan val bilan ish bajaruvchi qismiga
harakat uzatadigan vallar o'zaro perpendikulyar holatda joylashgan bo'lsa, konussimon g'ildirakli
reduktorlardan (3, 4-rasmlar) foydalaniladi.
Vallari o'zaro tik bo'lgan reduktorlar uzatish sonining kattaroq bo'lishi talab etilsa, konussimon
va silindrik g'ildiraklardan tashkil topgan ko'p pog'anali reduktorlardan foydalaniladi (10, 11-
rasmlar). Bunda reduktorning konussimon g'ildiraklardan tashkil topgan qismini birinchi pog'anaga
joylashtirish tavsiya ehtiladi.
O'qlari o'zaro ayqash joylashgan chervyak va chervyakli g'ildirakdan iborat uzatma maxsus
korpus ichiga joylashtirigan bo'lsa chervyakli reduktor deyiladi (12, 13, 14-rasmlar). Bunday
reduktorlarning afzalligi bir pog'anali uzatmada katta uzatish sonini ta’minlash bo'lib,
kinematik
uzatmalar uchun U=500 gacha, quvvat uzatmalarda uchun U = 8...120 bo'lishi mumkin.
Reduktorlarda ishlatiladigan vallarning qattiqligi termik ishlov berish yo'li bilan HB 270...300
ga etkaziladi. Diametri 80 mm gacha bo'lgan vallarni 45 markali po'lat materiallardan, diametri
80...125 mm bo'lgan vallarni 45HC; 40HN4 35KHM markali po'lat materiallardan tayyorlash tavsiya
etiladi. Vallarning tayanchlari sifatida asosan dumalash podshipniklaridan foydalaniladi. Yengil va
o'rtacha yuklanish bilan ishlaydigan reduktorlardagi val tayanchlarida esa rolikli podshipniklar
ishlatiladi.
Reduktorlarning tishli g'ildiraklari albatta moylab turilishi zarur. Buning
uchun reduktorning
karter deb ataladigan pastki qismiga moy quyib qo'yiladi. Moyning sathi tez harakatlanuvchi pog'ana
g'ildiraklari uchun 2h bo'ladi (bunda h - tish balandligi). Sekin aylanuvchi pog'ana uchun etaklanuvchi
g'ildirak radiusining 1/3 qismi moyga botirilgan bo'lishi kerak. Buni ta’minlash uchun odatdagi
reduktorlarda har bir kVt quvvatga mo'ljallab 0,4...0,7 litr miqdorda moy quyiladi.
Raduktorlar mashinasozlikning har xil sohalarida keng ko’lamda ishlatiladi. Shuning uchun
ularning kinematik sxemalari va tuzilishi har xil bo’ladi.
Mavjud reduktorlarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
I. Foydalaniladigan uzatmaning turiga qarab:
•
Silindrik g’ildirakli tishli uzatmali
•
Konussimon g’ildirakli tishli uzatmali
•
Chervyakli uzatmali
•
Konussimon-silindrik g’ildirakli tishli uzatmali
•
Silindrik-Chervyakli uzatmal
i
II. Pog’onalarining soniga qarab:
•
Bir pog’onali
•
Ikki pog’onali
•
Uch pog’onali va h. k.
III. G’ildiraklarning bir-biriga nisbatan joylashuviga qarab:
•
Gorizontal
•
Vertikal
reduktorlar deyiladi
Odatda uzatish soni U≤6,3 bo`lishi talab etilgan hollarda bir pog`onali reduktorlardan
foydalanish tavsiya etiladi. Ko`pincha mashinasozlikda uzatish soni U≤40 bo`lgan ikki pog‘onali
reduktorlar ishlatiladi. Uch pog`onali reduktorlardan esa U≤400 bo`lgan hollarda foydalaniladi.
Ammo amaliyotda ikki pog`onali reduktorlardan eng ko`p ishlatiladigani g`ildiraklari ketma-ket
joylashgan (5-rasm) reduktorlardir. Bunday reduktorlarning afzalligi ularning oddiyligidir. Quyida
(5-rasm)da keltirilgan ikki pog`onali silindrik reduktor va unga tegishli ma`lumotlar bilan tanishib
chiqamiz.
O`rganilayotgan ko`p pog`onali reduktorlarning tuzilishi bilan tanishib chiqish va ularni
aniqlash.
Tishli uzatmalar parametrlarini o`lchash va hisoblash yo`li bilan aniqlash uchun o`rgailayotgan
ko`p pog`onali reduktorlarning tuzilashini to`liq o`rganib bo`lingandan so`ng 3-jadvalda
talab
qilingan ma`lumotlarni topamiz.
Buning uchun jadvalda so`raglan uzatish soni
1>
Dostları ilə paylaş: