Misol tariqasida quyidagi shaklda keltirilgan yuritmaning kinematik sxemasini tahlil qilamiz.
Yuritma quyidagi qismlarni ketma-ket ulanishidan hosil bo’lgan: elektrodvigatel (1) +
ponasimon tasmali uzatma (2) + ikki pog’anali konussimon silindrik reduktor (6) +
boshqarilmaydigan elastik mufta (8) + ochiq silindrsimon tishli uzatma (9) + ishchi val (10).
Yuritmada sonlar bilan belgilangan quyidagi qismlar movjud: 15 –
yetaklovchi shkiv; 3 –
yetaklanuvchi shkiv; 4 – radial-tirak (bir tomonlama) dumalash podshipnigi; 5 – silindrsimon tishli
uzatma (yopiq reduktor ichida joylashgan, tishlarni shakli belgilanmagan); 7 – yetaklanuvchi val; 8-
mufta (ajralmaydigan elastik); 9 – silindrsimon tishli g’ildirak (tish shakli belgilanmagan); 10 – ishchi
val; 11 – shponka; 13 – yetaklanuvchi konussimon tishli g’ildirak (tish shakli belgilanmagan); 16 –
yetaklovchi konussimon tishli g’ildirak (shesternya, tish shakli belgilanmagan).
4. Berilgan matnga ko’ra yuritmaning kinematik sxemasini chizish. Yuritmaning tuzilish
matnlarining variantlari 3 – ilovada keltirilgan.
Misol tariqasida quyida yuritmaning matniga asoslanib uning kinematik
sxemasini tuzishni
ko’ramiz.
Berilgan yuritma: elektrodvigatel (1) + ponasimon tasmali uzatma (2) + ikki pog’anali
konussimon silindrik reduktor (6) + boshqarilmaydigan elastik mufta (8) + ochiq silindrsimon tishli
uzatma (9) + ishchi val (10).
Yuritmaning kinematik sxemasi quyidagicha chiziladi:
1-Ilova
Kinematik sxemalar elementlarining shartli grafik belgilanishlari
(GOST 2.770-68)
Val, o’q, sterjen va h. k.
Harakatsiz bo’g’in
Podshipnik (turi aniqlashtirilmaganda):
a) radial,
radial-tirak;
b) tirak.
Elektr dvigatel
Dumalash podshipniklari:
a) radial;
b) radial-tirak bir
tamonlama;
v) radial-tirak ikki tamonlama.
Sirpanish podshipniklari :
a) radial;
b) radial-tirak bir tamonlama;
v) radial-tirak ikki tamonlama.
Mufta: a) turi aniqlashtirilmagan; b) elastik;
v) kompensatsialovchi.