Тошкент давлат юридик университети ихтисослаштирилган филиали 2-курс талабалари учун



Yüklə 153,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix28.11.2022
ölçüsü153,23 Kb.
#71047
1   2   3   4
A bo‘lim 2-savol 


Kontraktatasiya shartnomasi qishloq xo‘jaligi sohasida tuziladigan 
shartnoma hisoblanadi. Oldi-sotdi shartnomasining bir turi bo‘lsada, o‘zining 
alohida huquqiy belgilariga ega. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 465-
moddasida kontraktatsiya shartnoma ta’rif berib o‘tilgan: “Kontraktatsiya 
shartnomasiga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtiruvchi qishloq 
xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash yoki sotish uchun bunday mahsulotni xarid 
qiladigan shaxsga –– tayyorlovchiga shartlashilgan muddatda topshirish (topshirib 
turish) majburiyatini oladi, tayyorlovchi esa bu mahsulotni qabul qilish (qabul qilib 
turish), uning haqini shartlashilgan muddatda muayyan bahoda to‘lash (to‘lab 
turish) majburiyatini oladi. 
Agar ushbu Kodeksda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa yoki u 
majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, kontraktatsiya shartnomasiga nisbatan 
mahsulot yetkazib berish shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar, tegishli hollarda esa 
davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berishga doir davlat kontrakti 
to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llanadi.” Demak, kontraktatsiya shartnomasi qishloq 
xo‘jaligidagi mulkchilik jihatidan farqlanmaydigan, korxonalar, shirkat, fermer va 
dehqon xo‘jaliklari tomonidan mahsulotni xarid qiliuvchi tomonga tovar yetkazib 
berish shartnomasiga aytiladi. Kontraktatasiya shartnomasi taraflari anchagina 
murakkab bo‘lib, bir tomonda ommaviy yoki xususiy mulkchilik, korxona, shirkat, 
fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari mahsulot yetkazib beruvchi. Ikkinchi 
tomon jismoniy yoki yuridik shaxs bo‘lib, mahsulotni xarid qilib, qayta ishlab 
yoxud 
qayta 
ishlamasdan 
sotuvchi 
tomon 
hisoblanadi. 
Kontraktatsiya 
shartnomasining huquqiy belgilari: 1. Konsessual ya’ni taraflar kelishuviga 
asoslangan. 2. Ikki tomonlama, taraflarning har biri ma’lum bir huquq va 
majburiyatlarga ega bo‘ladi. 3. Haq baravariga, shartnoma haq to‘lashga 
asoslangan. 4. Shartnoma ham rejali, ham erkin tuzilishi mumkin. 

Yüklə 153,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin