Variant 4 A bo‘lim 3-savol Fuqarolik huquqidagi “Muddatlar va da’vo muddati” huquqiy instituti
ijtimoiy hayotdagi yangi ijtimoiy munosabatarni tartibga solishga xizmat qiladi.
Muddat tushunchasi fuqarolik huquqining to‘la-to‘kis amal qilishida muhim
omildir.
Muddatlar
majburiyatlarning
bajarilishini
tezlashtirish,
aniqlik,
kechikmaslik, taraflarning o‘z majburiyatiga e’tiborli bo‘lishini ta’minlaydi. Vaqt
o‘tish oralig‘ini muddat deb ataymiz. Muddatlar turlarga bo‘linadi. Bu bo‘linish
muddatlarni kim tomonidan tayinganligi yoki aniq tavfsiflarga ko‘ra amalga
oshiriladi. Qaysi subyekt tomonidan belgilanishiga qarab:
1) Qonuniy muddatlar;
2) Shartnomali muddatlar;
3) Sud tomonidan belgilanadigan muddatlarga bo‘linadi.
Bundan tashqari muddatlar imperativ, dispozitiv, aniq, noaniq, qisman aniq
va boshqa turlarga ham bo‘linadi. Qonuniy muddatlar fuqarolik huquq va
burchlarni belgilaydi, o‘zgartiradi yoki bekor qiladi. Qonuniy muddatlar
munosabat ishtirokchilari tomonidan o‘zgartirilishi mumkin emas. Misol
tariqasida, FKning 22-moddasiga muvofiq fuqarolik muomala layoqati 18 yoshdan
boshlanadi. Lekin, FK 16 yoshga to‘lgan fuqaroni ham to‘la muomalaga layoqatli
deb topish hollarini mustahkamlaydi (FKning 28-moddasi) yoki fuqarolik huquqi
subyektlarining xususiy mulkka bo‘lgan huquqlarining muddatsizligini olsak
bo‘ladi. Shartnomali muddatlar, bilamizki shartnoma ishtirokchilarining eng
muhim huquqi shartnoma tuzish erkinligi. Ushbu huquqda shartnoma shartlari va
muddatlari ishtirokchilarining tanlovlari bilan belgilanadi. Fuqarolik kodeksi 354-
moddada shartnom tuzish erkinligi keltirilgan. Sud tomonidan belgilanadigan
muddatlar
-
fuqarolik huquq va majburiyatlarini amalga oshiruvchi, ularni
muhofaza qilish, ishni bajarish, tovarni topshirish, pulni to‘lash, xizmat ko‘rsatish
yuzasidan vujudga keladigan ishlarga nisbatan sudlar bir qator muddatlarni
belgilaydi. Bu muddatlar qarzdorni muayyan harakatni qilish vaqtini belgilashga,
taraflar o‘rtasidagi nizoni bartaraf etishga doir bo‘lishi mumkin. Masalan, sud ishni
ko‘rib chiqib, hal qiluv qarorida yetkazilgan zararni bir oy ichida qoplash
lozimligini belgilaydi.