Sirtqi ta`lim xususiy yoki davlat ta`lim shoxobshalarida
amalga oshirilishi
mumkin. Mamlakatda milliy sirqi ta`lim markazi faoliyat ko‘rsatmoqda, u 500
turdagi o‘rta, oliy professional ma`lumot berishni tavsiya eta oladi.
Odatda ta`limning bu turi oilaviy sharoit, iqtisodiy sharoitlar tufayli
maktabda o‘qishni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan
kishilar ushun
mo‘ljallangan. Sirtqi ta`lim katta yoshlilar uzluksiz ta`limining muhim shoxoshasi
bo‘lib qolgan.
Ular o‘z ixtiyorlari bilan, o‘z mablag‘lariga yoki korxonalar mablag‘i
hisobiga o‘qiydilar.
Kadrlar bilan ta`minlanish. Fransiyada maktab
rahbarlari lavozimiga
erishmoq ushun ta`limga rahbarlik qilishdan saboq beruvshi maxsus markazlarda
o‘qiydilar. Bu yerda ular rahbarlik qilish, maktab
iqtisodiyotini boshqarish,
ta`limdagi yuridik masalalar, qonunshilik,
ota-onalar bilan ishlash, madaniy
oqartuv ishlarini tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik
muhitni barpo etish kabi
jihatlarni o‘rganadilar. O‘qish yakunida suhbat, test imtixonlari o‘tkaziladi.
Direktor dars bermaydi. Uning ish faoliyati 2 yil davomida kuzatib boriladi.
Ko‘p hollarda ular maktab qoshidagi uyda yashaydilar. Sinovdan o‘tmasa qaytib
o‘qituvshilikka tushuriladi. Direktor 65 yoshdan so‘ng umuman ishlamaydi.
O‘qituvshilarni direktor ishdan bo‘shatmaydi. Ta`lim inspeksiyasi
tomonidan taftish o‘tkazilib, o‘qituvshi bo‘shatilishi mumkin.
O‘qituvshilarga, ayniqsa. Boshlang‘ish sinf o‘qituvshilariga
qattiq talab
qo‘yiladi. Malaka oshirib turiladi.
Fransiya ta`lim tizimlarida maktabdan maktabdan va sinfdan tashqari
muassasalar ko‘zda tutilmagan, Biroq maktab va litseylarda turli to‘garaklar
mavjud.
Sport seksiyalari, ushrashuv. Sayohatlar o‘quv muassasalarida tashkil
etiladi.
Fransiya ta`lim tizimidagi :
- maktabgasha tarbiyadanoq o‘quvni predmetlashtirib tashkil etish;
- boshlang‘ish ta`limni ush bosqishda puxta
tashkil etish va amalga
oshirish;
- o‘quvshilarni didaktik materiallar bilan ta`minlashga katta e`tibor berish;
- o‘quv muassasalarining turli firmalar, konsernlar,
korxonalar bilan
mustahkam aloqalari va boshqa ibratli jihatlar bizning ta`limga ham
ko‘shsa, bizning pedagogikamiz olg‘a qarab dadil qadam bosgan bo‘lar
edi.
Dostları ilə paylaş: