Hozirgi kunda Belgiyaning aholisi 10 mln.dan ortiq
kishidan tashkil topgan
bo‘lib, u erda qariyb 180 ta oliy ta‘lim muassasasida 280 ming nafar talaba tahsil
oladi. 1970 yili frantsuz tilida so‘zlashiladigan Valloniya, niderland tilida
so‘zlashuvchi Flandriya, ikki tilda so‘zlashiladigan Bryussel‘
va nemis tilida
so‘zlashiladigan Germaniya bilan chegaradosh bo‘lgan Valloniya sharqidagi tuman
4 ta lingvistik hudud mamlakat konstitutsiyasida mustahkamlandi.
O‘sha vaqtdan beri maorif federal vazirligi faqatgina o‘rta ta‘limning
majburiyligini nazorat qiladi va barcha bosqich bo‘yicha ta‘lim to‘g‘risidagi
diplom va sertifikatlarni berishning talablarini belgilaydi. Ta‘lim bo‘yicha boshqa
masalalar tillar hamjamiyati vakolatiga kiradi. Shunday qilib, oliy ta‘lim
masalalari
Flamand hamjamiyatining ta‘lim va davlat xizmati Vazirligi, Frantsuz
hamjamiyatining oliy ta‘lim, ilmiy tadqiqotlar, xalqaro
aloqalar va sport Vazirligi
hamda Nemis tilida so‘zlashuvchi hamjamiyatning ta‘lim, madaniyat, ilmiy
tadqiqotlar, haykallar va diqqatga sazovor joylar Vazirligi vakolatidadir.
Dostları ilə paylaş: