Toshkent farmasevtika instituti



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə9/9
tarix13.06.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#129475
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-Мавзу

Dorivor о‘simliklarni qidirib topish va о‘rganish ishi hozir ham keng kо‘lamda olib borilmoqda. Yangi dorivor о‘simliklarni topishda xalq tabobatida ishlatiladigan dorivor mahsulotlarni о‘rganish, о‘simliklarni filogenetik qardoshligidan foydalanish bilan bir qatorda ma’lum tuman florasini yalpi kimyoviy analiz qilish katta ahamiyatga ega. Sobiq Ittifoq florasidagi tarkibida alkaloidlar bо‘lgan о‘simliklarni tekshirish ishi akademik A.P.Orexov rahbarligida boshlangan. A.P.Orexov rahbarligida G.P.Menshikov, R.A.Konovalova, N.F.Proskurnina, M.S.Rabinovich, V.V.Kisilyov va S.S.Norkina kabi yirik olimlar yetishib chiqdi. Ular alkaloidlarni о‘rganish ishiga katta hissa qо‘shdilar. Shunday qilib, 8 yil ichida (1930—1937 yillar) laboratoriya xizmatchilari A.P.Orexov rahbarligida 80 ta alkaloidli yangi о‘simliklarni topdilar hamda ulardan 40 ta yangi alkaloid ajratib oldilar. Bu vaqtda butun dunyoda hammasi bо‘lib 113 ta, jumladan, Hindistonda 20, Yaponiyada 18, Angliyada 12, Xitoyda 10 ta yangi alkaloid topilgan edi. Shunday qilib, sobiq Ittifoq alkaloidli о‘simliklarni о‘rganish bо‘yicha dunyoda birinchi о‘ringa chiqib oldi. О‘zbekistonda esa bu ishlar akademiklardan O.S.Sodiqov va S.Y.Yunusovlar hamda ularning shogirdlari tomonidan keng kо‘lamda davom ettirilmokda. Bu haqda keyingi mavzuda tо‘xtalamiz.

Nazorat uchun savollar:

  • Dorivor о‘simliklar va biokimyosi moduli nimani о‘rganadi?
  • Dorivor о‘simliklar va biokimyosi moduli maqsadi nima?
  • Dorivor о‘simliklar deb qanday о‘simliklar aytiladi?
  • Biologik faol moddalar deb nimaga aytiladi?
  • Dorivor mahsulot deganda nimani tushunasiz?
  • Dorivor о‘simliklar fani qaysi fanlar bilan bog‘liq?
  • Dorivor о‘simliklarni о‘rganilish tarixi.
  • О‘rta Osiyoda dorivor о‘simliklarni о‘rganilishi.
  • Yevropa mamlakatlarida dorivor о‘simliklarni о‘rganilishi. 
  • Dorivor о‘simliklar va biokimyosi moduli rivojiga hissa qo’shgan olimlardan kimlarni bilasiz?

Фойдаланиш учун адабиётлар

  • Буригин В.А., Жонгузаров Ф.Х. Ботаника. –Т:Ўқитувчи,1977.
  • Жуковский П.М. Ботаника. -Москва:Высшая школа, 1964.
  • Яковлев Г.П., Челомбытко В.А. Ботаника. –Москва:Высшая школа, 1990.
  • Ботаника : конспект лекций / Н. В. Степанов, И. Е. Ямских, Е. А. Ива-нова [и др.]. – Красноярск : ИПК СФУ, 2009.
  • Ҳамдамов И., Шукруллаев П., Тарасова Е., Қурбонов Ю., Умирзоқов А. Ботаника асослари. -Т:Меҳнат, 1990.

Эътиборингиз учун рахмат!
Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin