Sezgi deb tashqi olamdagi narsa va hodisalarning bevosita sezgi a'zolariga ta'siri tufayli yuzaga keladigan aks ettirish jarayoniga aytiladi. Sezish jarayoni quyidagicha ro'y beradi: 1. Narsa yoki hodisalar sezgi a'zolariga ta'sir etib, tegishli sezuvchi nerv uchlarini qo'zg'aydi; 2. Shu yerda kelib chiqqan qo'zg'alish afferent nervlar orqali bosh miya po'stlog'ining tegishli markaziy xujayralariga ma'lumotlarni yetkazadi; 3. Tegishli nerv markazlarida ma'lumotlar qayta ishlanib, qaror qabul qilinadi; 4. Qabul qilingan qaror (sezgi) yana qaytib efferent nervlar orqali sezuvchi nerv uchlariga yetkaziladi. Sezgilarning shu tarzda sodir bo'lish jarayoni I.P.Pavlovning aks ettirishning «Reflektorlik xarakteri» haqidagi ta'limotiga muvofiq tarzda amalga oshadi.
Bitta sеzgi apparatini tashkil qiladigan qismlarni I. P. Pavlov umumlashtirgan nomda analizator dеb atagan.
Sеzgi mohiyatiga ko`ra ob'еktiv olamning sub'еktiv siymosidir. Lеkin sеzgilarning hosil bo`lishi uchun organizm moddiy qo`zg`atuvchining tеgishli ta'sirga bеrilishi kifoya qilmaydi, balki organizmning o`zi ham qandaydir ish bajarishi darkor. Sеzgilar muayyan davr mobaynida rеtsеptorga ta'sir o`tkazayotgan qo`zg`otuvchining o`ziga xos quvvatini nеrv jarayonlari quvvatiga aylanishi natijasida hosil bo`ladi. Sеzgilarning hosil bo`lishiga kuchli ta'sir qiladigan jarayonlarning ishtirokini o`rganishga bag`ishlangan ko`plab va ko`pqirrali tadqiqotlar olib borilgan.
Sеzgi a'zolari faqat moslashuvchanlik, ijro qilish funktsiyalarini bajaribgina qolmasdan, balki axborot olish jarayonlarini bеvosita ishtirok etadigan harakat organlari bilan mustahkam bog`langandir.
Narsalar yoki hodisalarning sezgi a'zolariga bevosita ta'sir qilish jarayonida kishi ongida aks etishiga sezgilarning tartibga solishi hamda narsalar va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlariga birlashuvi yuz beradi. Idrok narsalarni umuman, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. Bunda idrok alohida sezgilar yig'indisidan iborat tarzda emas, balki hissiy bilishning o'ziga xos xususiyatlari bilan sifat jihatidan yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi. Idrokning ancha muhim xususiyatlari predmetlilik, yaxlitlik, strukturalilik, barqarorlik va anglanilganlikdan iborat.
Idrokning predmetliligi ob'yektivlashtirish hodisasi deb atalmish hodisada, ya'ni tashqi dunyodan olinadigan axborotning o'sha dunyoga mansubligida ifoda etadi. Bu xildagi mansublik bo'lmasa, idrok kishining amaliy faoliyatida o'zining mo'ljal oldirish va yo'naltirishdan iborat vazifasini bajara olmaydi. Idrokning predmetliligi tug'ma xislatga kirmaydi. Predmetlilik idrokning belgisi sifatida hatti-harakatni boshqarishda alohida rol o'ynaydi.
Idrokning yana bir xususiyati uning yaxlitligidir. Sezgi a'zolariga ta'sir qiladigan narsaning ayrim xususiyatlarini aks ettiradigan sezgilardan farqli o'laroq, idrok narsaning yaxlit obrazi hisoblnadi. O'z-o'zidan ravshanki, bu yaxlit obraz narsaning ayrim xususiyatlari va belgilari haqida turli xil sezgilar tarzida olinadigan bilimlarni umumlashtirish negizida tarkib topadi.
Idrokning yaxlitligi uning strukturaliligi bilan bog'langandir. Idrok ma'lum darajada bizning bir lahzalik sezgilarimizga javob bermaydi va ularning shunchaki oddiy yig'indisi ham emas. Biz ana shu sezgilardan amalda mavhumlashgan va birmuncha vaqt davomida shakllanadigan umumlashgan strukturani idrok etamiz. Agar kishi birorta kuyni tinglayotgan bo'lsa, oldinroq eshitgan ohangi yangisi eshittira boshlangandan keyin ham uning qulog'iga chalinayotganday tuyulaveradi.
Idrokning yaxlitligi va strukturaliligi manbalari, bir tomondan, aks ettiriladigan ob'yektlarning o'ziga xos xususiyatlarida va, ikkinchi tomondan, insonning aniq faoliyatida gavdalanadi. I.M.Sechenov ta'kidlaganidek, idrokning yaxlitligi va strukturaliligi analizatorlarning reflektor faoliyatining natijasidir.
Dostları ilə paylaş: |