Mashg’ulotning davomiyligi : 2 soat
Mashg’ulotning maqsadi : Talabalarda psixologiya fanining yangi davrga xos yondashuvlari, boshqa fanlar bilan aloqasi, psixologik tarmoqlar klassifikatsiyasi haqida nazariy bilimlarni berish, psixologiyaning asosiy metodlaridan foqdalanish va qo’llash bo’yicha amaliy ko’nikmalarni shakllantirish
Моtivasiya:Psixologiyaning alohida tarmoqlarini differensiasiya qilish eng avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan sohalar va ularning vazifalaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi haqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda.
Fanlararo va fan ichida bog’liqlik : Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarda, odatlarda, ustun darajadagi kizikishlarda, bilish jarayonlariga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur) da kobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubda va xokazolarda namoyon buladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini uzida mujassamlashtirilgan odam yuk-inson shaxsi uz individualligi jixatidan betakrordir.
Mashgulot mazmuni: Назарий қисм Diqqat haqida tushuncha, diqqatning ta'rifi, diqqatning nerv fiziologik asoslari, diqqatning turlari, xususiyatlari, rivojlanishi va ahamiyati tushuntiriladi. Ixtiyoriy va ixtiyorsix, ixtiyoriydan so'ngi diqqat haqida, diqqat kuchini taqsimlanishi, barqarorligi haqida bilim beriladi. Diqqat odamdagi idrok etish, esda qoldirish, fikr yuritish kabi psixik prosesslarning sifatli bo'lishini belgilaydi.
Diqqatning fiziologik mexanizmlarini tushunib yetishda dominanta (nasldan-naslga o’tuvchi asosiy belgi) prinsipi alohida ahamiyatga egadir. A.A.Uxtomskiyning fikriga ko’ra, miyada hamisha qo’zg’alishning ustun hukmronlik qiluvchi markazi mavjud bo’ladi. A.A.Uxtomskiy dominantani «yuksak darajadagi qo’zg’alish markazlari» konstellyasiyasi deb ta’riflaydi. Dominantaning hukmronlik qiluvchi sifatidagi xususiyati shundan iboratki, u qo’zg’alishning yangi hosil bo’ladigan markazlarini faqat tiyib qo’ya qolmaydi, balki sust qo’zg’alishlarni o’ziga jalb etishga va shu tufayli ularning hisobga yanada kuchayishiga, ular ustidan yanada ko’proq darajada ustunlik qilishga ham qodirdir. Dominanta qo’zg’alishning barqaror markazi hisoblanadi. A.A.Uxtomskiy: ««Dominanta» degan nom zamirida yuksak darajadagi qo’zg’alishning ko’proq yo ozroq barqaror markazi tushuniladi», deb yozgan edi. A.A.Uxtomskiyning dominanta to’g’risidagi tasavvurlari uzoq vaqt davomida diqqatning harakatlantiruvchi mexanizmini tushunish imkonini beradi.
Yuksak darajadagi qo’zg’alish markazlarida miyaning faoliyati uchun yaratiladigan eng qulay shart-sharoitlar, shubhasiz, diqqatning yo’naltirilgan tarzda jamlanganligi holatida barcha bilish jarayonlarining yuksak samarali bo’lishini belgilab beradi.
Diqqat turlicha sifat ko’rinishlari bilan ta’riflanadi. Diqqatning bu ko’rinishlarini diqqatning sifati yoki xususiyatlari deb ataladi.
1. Diqqatning barqarorligi.Ma’lum ob’yekt ustida diqqatni uzoq muddat to’plab tura olish xususiyati.
2. Diqqatning beqarorligi barqarorlikning aksi. Masalan, boshlang’ich sinf o’quvchilari.
3. Diqqatning ko’chishi. Diqqat ko’chuvchanlik xususiyatiga ega. Kishining bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga o’tishini ko’chuvchanlik xususiyati ta’minlaydi. Masalan, birinchi dars matematika, ikkinchi dars adabiyot.
4. Diqqatning taqsimlanishi.Kishi bir vaqtning o’zida bir nechta faoliyat bilan shug’ullanishi mumkin. Bunga diqqatning taqsimlash xususiyati imkon yaratadi. Masalan, qishloq ayoli urchuq yigirib o’tirib, televizor ko’rishi, suhbatlashishi.
5. Diqqatning bo’linishi. Kishi konkret faoliyat bilan shug’ullanayotganda ob’yektiv va sub’yektiv ta’sirlar tufayli diqqatning bo’linishi sodir bo’ladi. Masalan, dars jarayonida eshikning taqillashi.
Sezgi a'zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan yagona yo'lidir. Sezgi a'zolari kishiga tevarak-atrofdagi olamda mo'ljal olish imkonini beradi. Agar kishi barcha sezgi a'zolaridan mahrum bo'lsa, u o'zining atrofida nimalar sodir bo'layotganligini bilishdan mahrum bo'ladi. Bu esa inson hayoti uchun juda katta qiyinchiliklar va muammolarni keltirib chiqaradi.