Fanlararo va fanlar ishida bog’: Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida kishilar ongida gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilgani uchun ham uning ushbu yo’nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o’rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini muhim ahamiyat kasb etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo’lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqyei o’ziga xos va yetakchidir.
Назарий қисм Tinglash tеxnikasining bosqichlari: qo`llab-quvvatlash bosqichi, sharhlash bosqichi.
Muloqotning yo`nalishlari: muloqot-inson faoliyatinng mustaqil turi sifatida; muloqot-inson faoliyati boshqa turlarining atributi sifatida; muloqotning sub'еktlarining o`zaro ta'siri sifatida. Muloqot egallash imkoniyatlari. Shaxsning eng yetakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqat ekanligi, muloqotning turi va shakllari turlichaligi, odamlar muloqatda bo'lishgani sari ular o'rtasida umumiylik, o'xshashlik va uyg'unlik kabi sifatlar paydo bo'ladi. O'zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko'zlaydigan asosiy maqsadlari-o'zaro til topishish, bir-birini tushunish ekanligi haqida tushuncha berish.
Glossariy
Kommunikator -------- axborot uzatuvchi shaxs
Kommunikabellik --------muloqotdan qoniqishni his qilish qobiliyati
Kauzal atributsiya ------boshqa kishining xatti-harakatlari sababini unga qo'yish yo'li bilan tushuntirish
Konflikt-------shaxslar o'rtasidagi ish yoki shaxsiy munosabatlar bo'yicha yuzaga keladigan ziddiyat, nizolar
Muloqot ----kishilarning bir-birlariga nutq orqali og'zaki va yozma usulda axborot ayirboshlash, bir-birlarini tushunish, o'zaro ta'sir etish jarayoni
Muloqot psixologiyasi-----psixologiya fanining muloqotmadaniyati, etikasi, muomala usullari, munosabat darajalari, nutq orqali kishilarning bir-
birlarini tushunishi, idrok etishi,muloqotdan qoniqishning ahamiyati, muloqot sirlari, notiqlik mahorati to'g'risidagi tarmoq
Verbal ta'sir ----so'zlar, nutq orqali ko'rsatiladigan ta'sir
Verbal muloqot ---muloqotni og'zaki nutq orqali amalga oshirish
Dialogik nutq ------ikki ishtirokchi birday faol bo'lgan nutq turi
Noverbal ta’sir-----«nutqsiz» ta'sir qilish (qiliqlar, qarashlar, hid, shovqinlar, tashqi qiyofa kabilar)
Trening – mashq qilmoq, guruxlarda muloqotning samarali tashkil etish usuli bo’lib, shaxsning muloqotga o’rgatish va obro’li bo’lishini rivojlantirish maqsadida o’tkaziladi.
13 Idеntifikatsiyalash - bir kishining ikkinchi kishini, uning ta'rifini sub'еktning o`z tarificha anglab yoki anglamay o`xshatishi orqali tushunish usulidir (O`zini «uning» o`rniga qo`yib ko`rish еtishmaydi).