Toshkent farmasevtika instituti



Yüklə 4,33 Mb.
səhifə3/61
tarix20.09.2023
ölçüsü4,33 Mb.
#145733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
«ijtimoiy fanlar» kafеdrasi fanidan barcha yo`nalishlar uchun us

Mashgulot mazmuni
Назарий қисм
Yangi davr va psixologiya. Psixologiya sohasida XX asrda erishilgan yutuqlar. Fanda yuzaga kelgan yangi yo’nalishlar va yangicha yondashuvlar. Sinergetik yondashuv. Akmeologik yondashuv.
Psixologiya fanining dolzarbligi. Globalizasiya sharoitida psixologiya o’rganadigan muammolarning dolzarbligi. Insonni o’rganishning ahamiyati.
Psixologiya fanining predmeti. Psixologiya fanining predmeti va uning fanda asoslanishi. Psixikaning zamonaviy va klassik ta’riflari. Psixik jarayonlarning namoyon bo’lish shakllari va ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik.
Psixologiyaning tarmoqlari. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. AQSh va RFdagi mavjud ba’zi psixologik tarmoqlar klassifikasiyasi. Bizning sharoitimizda rivoj topayotgan va amaliy tus kasb etayotgan psixologiya tarmoqlarining qisqacha tavsiflari.
Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi sharoitida shaxs omiliga nisbatan e’tibor.
Psixologik bilimlarning paydo bo’lish davrlari (e.av. 4-5-asrlar va 16-17-asrdagi taraqqiyoti). Suqrot (Sokrat), Platon, Arastu (Arestotel)larning falsafiy qarashlari. Psixologiya tarixidan. Antik dunyoda psixologiyaning paydo bo’lishi va dastlabki taraqqiyoti. XVI-XVII asrlar: empirik psixologiyani paydo bo’lishi va uning dastlabki taraqqiyoti.
Psixologiyaning ilmiy fan sifatida shakllanishi(19-20-asrlar). Vilgelm Vundt va uning Leybnis universitetidagi birinchi ekmperimental psixologik laboratoriyasi. Strukturalizm. Funksionalizm. E.Titchener va V.Jeymslarning tadqiqotlari. Bixeviorizm. E.Torndayk va D.Uotsonlar asos solgan yo’nalish. Psixoanaliz. Zigmund Freydning psixologiya fani rivojlanishida tutgan o’rni. «Id (U) – Ego (Men) – Superego (Mendan oliy)» tushunchalari. «Libido» hamda «agressiv» energiyalar. K.Yung hamda individual psixologiyani targ’ib etgan A.Adlerning ilmiy tadqiqotlari mohiyati.
Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni. Psixologiya va falsafa. Psixologiya va tarix. Psixologiya va sosiologiya. Psixologiya va pedagogika. Psixologiya va tabiiy fanlar. Psixologiya va kibernetika. Psixologiya va texnika fanlari. Psixologiya va iqtisodiyot.
Psixologiyaning tatbiqiy va amaliy sohalari. «Tashxis markazlari» hamda «Ta’lim-tarbiya jarayonini sosiologik, psixologik va pedagogik qo’llab-quvvatlash xizmat»larida faoliyati mazmuni.
Amaliy psixologiyaning asosiy yo’nalishlari. Sanoat va ishlab chiqarish sohasi. Siyosat sohasidagi psixologiya. Oila va nikoh borasidagi tatbiqiy ishlar. Maorif sohasidagi amaliy ishlar. Huquqbuzarlikning oldini olish.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida amaliy psixologiyaning tutgan o’rni.

Yüklə 4,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin