Toshkent farmasevtika instituti


-mavzu: Psixologiya fanining predmeti ,vazifalari



Yüklə 4,33 Mb.
səhifə2/61
tarix20.09.2023
ölçüsü4,33 Mb.
#145733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
«ijtimoiy fanlar» kafеdrasi fanidan barcha yo`nalishlar uchun us

1-mavzu: Psixologiya fanining predmeti ,vazifalari.

1.Psixologiya fanining predmeti.


2.Psixologiyaning vazifalari va tarmoqlari.
3.Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi 4.Psixologiyaning fanlar sistemasida tutgan o'rni.
T a ya n ch s o' z v a i b o r a l a r :
Psixologiya, rux, aks ettirish, psixika, Aristotel, refleks, emperizm, sensualizm, faktlar, jarayonlar, individual xususiyatlar, vazifalar, psixik holatlar.


Mashg’ulotni o’tkazish joyi : auditoriya
Mashg’ulotning jihozlanishi : tarqatma materiallar, texnik vositalar
Mashg’ulotning davomiyligi : 2 soat
Mashg’ulotning maqsadi : Talabalarda psixologiya fanining yangi davrga xos yondashuvlari, boshqa fanlar bilan aloqasi, psixologik tarmoqlar klassifikatsiyasi haqida nazariy bilimlarni berish, psixologiyaning asosiy metodlaridan foqdalanish va qo’llash bo’yicha amaliy ko’nikmalarni shakllantirish
Motivasiya: Psixologiyaning alohida tarmoqlarini differensiasiya qilish eng avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan sohalar va ularning vazifalaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi haqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda. Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin.
Fanlararo va fan ichida bog’liqlik: Globalizatsiya sharoitida psixologiya o’rganadigan muammolarning dolzarbligi, avvalo, har bir shaxsning murakkab insoniy munosabatlar, axborot kommunikasiyalari sharoitida yashayotganligi, inson xulqini boshqarish ayrim mamlakatlar uchun ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi omili sifatida e’tirof etilishi bilan izohlanadi.
Bu so’zlarni bugungi Globalizatsiya sharoitida insonning jamiyatda tutgan o’rni va zarur maqomni egallashiga, informasion xurujlar va turli xil ma’lumotlarning turli yo’llar bilan mamlakatimizga, umuman, boshqa mamlakatlarga ham kirib kelib, u yoki bu mintaqada asrlar mobaynida shakllangan qadriyatlar, urf-odatlar, e’tiqod shakllariga va tarbiya uslublariga salbiy yoki ijobiy ta’siri jarayonlari ma’nosida qo’llash shaxs ruhiyatiga aloqador siru-sinoatlarni bilishni, shaxsga o’z-o’zini himoya hilish, o’z ustida ishlash imkoniyatlarini bilishni dolzarb qilib qo’yadi.

Yüklə 4,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin