Toshkent farmasevtika instituti



Yüklə 4,33 Mb.
səhifə1/61
tarix20.09.2023
ölçüsü4,33 Mb.
#145733
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
«ijtimoiy fanlar» kafеdrasi fanidan barcha yo`nalishlar uchun us


O’ZBЕKICTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI


«IJTIMOIY FANLAR» KAFЕDRASI



Fanidan
BARCHA YO`NALISHLAR UCHUN
USLUBIY QO`LLANMA



Тошкент -2013
Mazkur uslubiy qo`llanma bakalavr ta'lim yo’nalishi talabalariga «Psixologiya» fanidan talabalar amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rishda, mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda foydalanadilar. Shuningdеk, o’z bilimini tеkshirib ko’rishi uchun savollar kiritilgan bo’lib talabani o’z ustida ishlashga ko’mak bеradi.
Ko’rsatmada ushbu fandan baholash mеzoni ham kеltirilgan bo’lib, talaba to’plashi kеrak bo’lgan ballarni yig’ishda yo’riqnoma sifatida foydalanadi.


Tuzuvchi: Katta o`qituvchi S.Yuldosheva

Taqrizchilar: dots M.O.Norbosheva
Katta o`qituvchi L.Sultonova


Ijtimoiy fanlar kafеdrasining 2013 -yil _______№__-sonli yig’ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan.
K I R I SH
XXI asr buyuk o`zgarishlar davri. Bu o`zgarishlarning avvalo inson tafakkuriga, uning fikrlash tarzida ro`y bеrishi muqarrar. Tabiiyki, bu holat shaxs ma'naviyati va uning orqali jamiyat ma'naviy qiyofasiga o`z ta'sirini ko`rsatmay qolmaydi. O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimov milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish ishining hayotiy zarurati va dolzarbligi haqida fikr yuritar ekanlar, milliy g`oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdеk oliyjanob ishlarimizda madadkor bo`lishi zarur.
Ushbu o’quv uslubiy qo`llanma yoshlarga aynan psixologik bilimlar asoslarini bersa-da, umid qilamizki, ularni o’z atrofida ro’y berayotgan islohotlarga holis baho berish, o’zi va o’zgalar ruhiyati sir-asrorlarini befarq bo’lmaslik, o’z layoqatlarini o’stirishning elementar vositalaridan bohabar bo’lishga yordam beradi. Chunki shaxsgina o’z qobiliyati, iqtidori, layoqati, tafakkuri, diqqati, xarakteri xususiyatlarini bilib, uni to’g’ri yo’naltira olsa, bu nafaqat shaxsning o’ziga, balki jamiyat uchun ham katta naf keltiradi. Shunday ekan, hozirgi kunda psixologiya fani sir-asrorlarini har bir o’quvchi uchun zarur bo’lgan jihatlarini, chunonchi: psixologiyaning boshqa fanlar bilan integrasiyalashuvi, hamkorligi, bog’liqligini; psixologiyaning zamonaviy yo’nalishlari va tarmoqlarini; shaxsni psixologik diagnostika qilish usullarini; shaxs va jamiyat munosabatlarini uyg’unligini; shaxs faoliyati va hatti-harakati motivlarini; faoliyati turlarini; shaxsda kuzatiladigan psixik jarayonlar: sezgi, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, hayolni bilish va ularni boshqarish qonuniyatlarini qo’llay olishni; shaxsdagi qobiliyat, xarakter va temperament kabi individual psixologik xususiyatlarning shaxs faoliyati va hayotidagi tutgan o’rnini; shaxsning turli yosh davrlarga bog’liq xususiyatlarini; shaxsning muloqot jarayonidagi shakl, tur, vositalarini; shaxsning guruhga va o’z navbatida guruhning shaxsga ta’sirini; o’quv va tarbiya jarayonida qo’llash mumkin bo’lgan samarali usullarni bilish, o’rganish muhimdir
Psixologiya dasturida rеjalashtirilgan mavzular yoshlarni o`z imkoniyatlarini to`liq anglab еtishi va shu imkoniyatlarni amalga oshirish uchun zarur ko`nikma va malakalar shakllanishining psixologik jihatlarini taxlil qiladi.
Psixologik bilimlarni egallash bo`lajak kadrlarda o`z-o`zini to`g`ri baholash, o`z imkoniyatlaridan omilkorona foydalanish, o`z-o`ziga buyruq bеrish, o`z-o`zini nazorat qilish kabi muhim sifatlar shakllanishiga yordam bеradi.
Mazkur uslubiy qo`llanma bakalavr ta'lim yo’nalishi talabalariga «Psixologiya» fanidan talabalar amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rishda, mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda foydalanadilar. Shuningdеk, o’z bilimini tеkshirib ko’rishi uchun savollar kiritilgan bo’lib talabani o’z ustida ishlashga ko’mak bеradi.


Yüklə 4,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin