Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi


Er ostki organlar (ildiz, ildizpoya, tuganak na piyozlar)



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə25/53
tarix20.09.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#145983
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53
Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi

Er ostki organlar (ildiz, ildizpoya, tuganak na piyozlar) odatda o‘simlik uyquga kirgan vaqtida – erta bahorda yoki kech kuzda tayyorlanadi. Ba’zi er ostki organlarni o‘simlik gullab bo‘lganidan so‘ng yig‘iladi. CHunki ularning ba’zilarini o‘sayotgan erida baland bo‘yli begona o‘simliklar orasidan topish qiyin (solab turlari va boshqalar), ba’zilarini qurib qolgan poyalarini esa shamol sindirib uchirib ketadi (etmak va boshqalar).
Er ostki organlarni belkurak, ketmon va boshqa asboblar bilan qazib olinadi. Bir joyni o‘zida usimlik ko‘p hamda er ostki organlari yaxshi taraqqiy etgan bo‘lsa, u holda traktor bilan kovlab olinadi (qizilmiya va boshqalar). Yig‘ilgan er ostki organlarni loy, tuproq, qum, barg va poyalardan tozalab (ba’zilarini suvda yuvib), quritish uchun mayda bo‘laklarga qirqiladi.
O‘simlikning er ustki qismlarini, masalan bargi, guli va boshqa qismlarini shudring ko‘tarilgandan so‘ng havo ochik paytida yig‘ib olinadi. YOmg‘ir yoki ertalabki shudring ko‘tarilmasdan oldin yig‘ilgan o‘simlik­larni quritish qiyin, ular qurtilganida ham qorayib ketadi. Yig‘ilgan dorivor mahsulotlarni savatlarga bosib yoki bir epra uyub qo‘yib bo‘lmaydi, chunki namlik va issiqlik (qizish yoki quyosh harorati) ta’sirida o‘simlik to‘qimalarida chuqur biokimyoviy o‘zgarishlar ro‘y beradi, organimzga ta’sir etuvchi kimyoviy birikmalar parchalanib ketib, dorivor mahsulot o‘z qimmatini yo‘qotadi.


DORIVOR MAHSULOTLARNI QURITISH
Tayyorlangan dorivor mahsulotlarni boshqa o‘simlik aralashma­lari, loy, tuproq, qum va boshqalardan tozalangandan so‘ng tezda quritishga kirishiladi.
Quritishning eng oddiy va oson usuli tabiiy sharoitda, ya’ni ochiq havoda quritishdir. Lekin o‘simliklarning er ustki qismlarini (po‘stloq, meva va urug‘laridan tashqari) ochiq havoda, quyoshda qurutib bo‘lmaydi. Aks holda o‘simlikning er ustki organlari hujayralari­dagi yashil rang beruvchi xlorofill hamda gul qismlaridagi rang beruvchi pigmentlar parchalanib ketib, poya, barg va qisman gullar sarg‘ayib (ko‘pincha gullar rangsizlanib) qoladi. Xlorofill pigmenti parchalanishi bilan birga o‘simlik tarkibidagi boshqa kimyoviy birikmalar ham gidrolizlanishi mumkin. SHuning uchun ham odatda quyosh issig‘ida faqat er ostki organlar, po‘stloq, meva va urug‘lar quriti­ladi.
O‘simlikning er ustki qismlari (poya, barg va gullar) maxsus qurilgan bostirma, shiypon yoki cherdaklarda quritiladi. Bu joylar toza va shamol o‘tib turadigan bo‘lishi kerak. Dorivor mahsulotlar maxsus ishlangan stelajlarga yupqa qilib yoyiladi.
Meva quritiladigan quritgichlarni ham dorivor mahsulotlarni quritishga moslashtirish mumkin. Bundan tashqari, ho‘l mevalarni, masalan, chernika, malina, klyukvani rus pechida (non yopib bo‘lgandan so‘ng) quritsa ham bo‘ladi.
So‘nggi yillarda dorivor o‘simlik mahsulotlarini tabiiy usulda quritish bilan bir qatorda turli tipdagi quritgichlarda sun’iy quritish keng qo‘llanilmokda.
Ayrim dorivor o‘simliklar tarkibidagi ta’sirchan qimmatbaho kimyoviy birikmalar (masalan, glikozidlar) tabiiy ravishda uzoq quritilganda parchalanib ketishi mumkin. SHuning uchun ularni sun’iy ravishda quritgan yaxshi. Bundan tashqari, sun’iy ravishda quritilganda dorivor mahsulot tez quriydi va sifatli bo‘ladi.
Tarkibida efir moyi bo‘lgan dorivor mahsulotlar 25-300 da, alkaloidlar, glikozidlar va boshqa moddalar bo‘lgan dorivor mahsulotlar 50-600 da quritilishini esda tutish kerak. Mahsulotni juda quritib yubormaslik lozim. Aks holda u kukunga aylanib ketadi.



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin