Yuqoridagi jadval 1,2,3 lardagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, amaliy tibbiyot uchun zarur bo‘lgan dorivor o‘simliklar ro‘yxati talaygina bo‘lishiga qaramasdan dorixonalarda juda kam dorivor o‘simlik mahsulotlari muomalada ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ayniqsa shu kunlarda tayyorlanayotgan dorivor o‘simlik mahsulotlari (jadval 3) talabga mutlaqo javob bermaydi.
Respublika Sog‘liqni saqlash tizimini dorivor o‘simlik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirishni asosiy yo‘llaridan biri, jadval 1 da keltirilgan va boshqa shularga o‘xshash noyob o‘simliklarni introduksiya qilish, madaniylashtirish ishlarini rivojlantirish orqali erishish mumkin.
O‘simliklarning foydali ekanligi ko‘p jihatdan ularning kimyoviy tarkibiga bog‘liq, dorivor o‘simliklarda esa biologik faol moddalar (BFM) kompleksi asosiy o‘rinni egallaydi. BFMni hosil bo‘lishi va to‘planishi dinamik jarayon bo‘lib, ontogenezda (yoki o‘simlikning o‘sish sikli) bilan belgilanadi hamda tashqi muhit omillariga (faktor) bog‘liq. Farmatsevtlar bu jarayonni bilishlari zarur, chunki BFM to‘planishi bilmiga asoslangan holda, dorivor o‘simlik mahsulotlarini sifatiga qo‘yilgan asosiy talablarga javob beruvchi dorivor o‘simlik mahsulotlarni yig‘ish, quritish va saqlash qoidalarini ishlab chiqiladi. YOvvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni (DO‘) ekologik o‘ziga xosligini bilish ham, zarur bo‘lib, bu bilimlarsiz (DO‘) larni madaniylashtirish mumkin emas.
O‘simliklarni tarkibidagi modda almashinuvi va tashqi sharoit o‘rtasida bog‘liqligi aniq. Bu joyda o‘simliklarni nafas olishi va fotosinteziga to‘xtalmaydi, chunki bu o‘simliklarni fiziologiyasi faniga tegishlidir. Bu uchun esa ikkilamchi metabolitlar hisoblangan (BFM) hosil bo‘lish yo‘lini bilish, aniqlash muhimdir.
Ekologik faktorlarni ko‘p qirrali va kompleks bo‘lishiga qaramasdan, qator hollarda o‘simlikni kimyoviy tarkibiga ta’sir qiluvchi asosiylarini aniqlanadi. Masalan, u yoki bu o‘simlik tarkibidagi ikkilamchi metabolitlarni tarkibi va miqdorini har xil geografik mintaqalardagilarni taqqoslab, geografik faktorlar to‘g‘g‘risida fikr yuritish mumkin, vaholanki bu faktor geografik kenglik, iqlim, erning mineral tarkibi, yorug‘lik sharoitlari bilan uzviy bog‘liq. Misol tarqasida O‘zbekistonda o‘smaydigan, Rossiyada keng tarqalgan, ilmiy tibbiyotda qo‘llaniladigan Botqoq ledumi o‘simligini keltiramiz (sababi, O‘zbekistonda shunday o‘rganilgan o‘simlik yo‘q).
Botqoq ledumi tarkibidagi efir moyini o‘rganishda, u o‘sadigan 3 ta geografik tuman (rayon)ga ajratildi: shimoliy, o‘rta va janubiy (jadval 4).
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki botqoq ledumi barglaridagi efir moyi miqdoriga geografik faktor aniq ta’sir qiladi: efir moyi o‘rta rayonda o‘suvchi botqoq ledum tarkibida maksimal to‘planar ekan. SHu bilan parallel yorug‘lik va erning kislotali muhitini ham ta’siri o‘rganiladi. Kimyoviy tarkibini o‘zgaruvchanligi bunda murakkabroq ketishi aniqlandi. Demak turli rayonlarda o‘suvchi o‘simlikning optimal (mo‘‘tadil) efir moyini to‘planishiga o‘sadigan joyi va yorug‘lik sharoitlari ko‘p ta’sir o‘tkazar ekan. Masalan, janubda baland daraxtlar bor o‘rmonlarda, o‘rta rayonlar esa ochiq joylar, va shimoldagi o‘rmonlarda (yorug‘lik 30% tashkil qiladi). Bunday tekshirishlar, sifatli mahsulotni tayyorlash uchun katta hamiyatga ega. Tajribada Rossiyani shimoliy-g‘arbiy qismini ochiq yorug‘lik joylaridan botqoq ledumi bargini yig‘ish mumkin. Janubiyroq rayonlardan (soya joylarda) yig‘ilgan mahsulot tarkibida efir moyi kam saqlanishi aniqlandi. So‘ngi tundra o‘rmonlaridagi botqoq ledumi bargi tarkibidagi efir moyi juda kam (minimum)ligi aniqlandi.
Jadval 4