Eritmalar mikroorganizmlar uchun qulay muhit hisoblanadi, shu sababli ularni o’rtacha 3-10 sutka saqlash mumkin xolos
Tashish noqulay, tayyorlash va maxsus qadoqlash uchun ko’p vaqt talab qiladi
Dozalashning aniqlik ko’rsatkichi suyuq dori shakllarida qattiq dori shakllariga nisbatan pastroq
Bu va boshqa kamchiliklarini bataraf etish uchun ko’pchilik suyuq holatda qabul qilinuvchi dori vositalari zavodlarda maxsus tabletka, quruq misktura yoki kukun holatda tayyorlanadi, va bemorlarning o’zlari ularni qo’llashdan oldin erituvchida eritib oladilar.
Reaktorda kaliy vodid o ‘ziga nisbatan ikki baravar ko'p miqdordagi suv yoki spirt-suv aralashmasida eritiladi, hosil bo’lgan kaliy yodidning kuchli eritmasiga yod solinadi va to’la erib ketgunicha aralashtiriladi. So'ng eritma spirt-suv aralashmasi bilan kerakli hajmgacha yetkaziladi. Bunda kaliy yodidning kuchli (to’yingan) eritmasi yod erishini tezlashtiradi va preparat turg'unligini ta'minlaydi.
Reaktorga hisoblangan erituvchining taxminan 80 % solinadi va unga qopchiqqa joylashtirilgan yod bostirib osib qo'yiladi. Bunda yodning erish jarayoni zichliklar farqi tufayli o‘z-o'zidan aralashishi natijasida yuzaga keladi. Yod eritmasining zichligi yuqori bo’lganligi uchun pastga. spirt esa yuqoriga harakatlanadi. Yodning erishi oxiriga yetgach, qopchiq olinib. qolgan spirt bilan yuvilib eritma kerakli hajmgacha yetkaziladi.