Yod eritmalari qizil - qo'ngir rangli, yodga xos hidga ega bo'lgan suyuqliklardir. Agar yod eritmasining konsentratsivasi ko'rsatilmagan bo’lsa . 5 % li yod eritmasi nazarda tutiladi. Amalda 1 va 2 % li yod eritmalari ham ishlatilib, ular toza yod va 96 % li spirtda tayyorlanadi. Yodning spirtli eritmalaridan 5 % ligi turg'un hisoblanadi. chunki uning tarkibida yod KJ3 holida bo’ladi. Yodning 10 % li spirtli eritmasida yod kuchli oksidlovchi boiganligi uchun spirt va suv bilan reaksiyaga kirishib, sirka aldegidi va kislotasi, sirka kislotasining etil spirti bilan efiri, yodid, gipoyodit, yodat kislotasi va yodoformlar hosil qiladi. Shuning uchun yodning 10 % li spirtli eritmasi qisqa muddatga tayyorlanadi.
Tarkibi : Yod 50g; Kaliy yodid 20 g; suv; hajm 1000 ml ga yetguncha spirt.
Haqiqiyligi (sifat reaksiyalari)
1. Yod molekulasiga reaksiya (J2) 0,5 ml tekshiriluvchi materialga 1 tomchi kraxmal eritmasi tomiziladi. Eritma ko’k rangga bo’yaladi.
Yodning spirtli eritmalari sifatini baholash
2. Yodid ioniga reaksiya (I-): 1 tomchi sinov eritmasi stakanga tomizilib, rangsizlanguncha kutiladi ( yod uchib ketadi). Qolgan mahsulot 1 ml suvda eritib, probirkaga o’tkaziladi. Keyin 1 ml xloroform, 2-3 tomchi suyultirilgan xlorid kislota, xloramin kristallari qo’shilib, yaxshilab chayqatiladi – xloroform binafsha rangga kiradi.