Buddizm manbalari. Buddizm ta’limoti bir qator devon shakliga keltirilgan to‘plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka yoki Tipitaka)- uch savat ma’nosini anglatadi. U uch qismdan iborat bo‘lganligi uchun shunday nom bilan atalgan. Buddizmning bu yozma manbasi hozirgi davrda Shri-Lankada saqlanib qolgan. U eramizning boshlarida shakllangan. Ular - budda targ‘ibotining haqiqiy bayoni hisoblangan sutra matnlari sutta-pitaka), rahboniylik axloqi va xonaqohlar nizomlariga bag‘ishlangan vinaya matnlari vinaya-pitaka), buddizmning falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilib berishga bag‘ishlangan abxidxarma matnlariabxidxarma-pitaka)dan iborat. Keyinchalik shakllangan sanskrit, xitoy, tibet, kxmer va yapon tillaridagi buddaviylikka oid adabiyotlar ancha keng tarqalgan, ammo ularning tarixiy qiymati kamroq. Budda hayotiga tegishli rivoyatlarning barchasi Tripitakada jamlangan.
O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar
Buddizmning asoschisi kim?
Buddaviylik qaysi davrda va qaerda vujudga keldi?
Buddaviylikning hayot haqidagi ta’limoti qanday?
Buddaviylik qaysi davrda keng yoyildi?
Hozirgi paytda qaysi mamlakatlarda buddaviylik keng tarqalgan?
Buddaviylikning muqaddas kitobi qaysi?
Adabiyotlar
Jo‘raev U. Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. T.,1998.
Men A. Istoriya religii. M.,1994.
Mifi narodov mira. V 2-x tomax. M.,1973.
Osnovi religiovedeniya. Uchebnoe posobie dlya studentov visshix uchebnix zavedeniy. Pod obsh.red. M.N.Yablokova. M.,1995.
Radugin A.A. Vvedenie v religiovedenie: teoriya, istoriya i sovremennie religii. M.,1996.
Religioznie tradisii mira. V 2-tomax. M.,1996.
Religioznie tradisii mira. Buddizm, iudaizm, xristianstvo, islam. Spravochnik shkolnika. Bishkek,1997.
Vasilev A.S. Istoriya religiy Vostoka. M.,19997
Krivelev I.A. Istoriya religiy. M., 1989.
“...Iymon keltirgan zotlarga eng yaqin do‘st bo‘lguvchilar esa: “biz nasroniylarimiz”, degan kishilar ekanini ko‘rasiz. Bunga sabab ularning orasida olimlar va rohiblar bor ekanligi va ularning kibr-havo qilmasliklaridir”.
Dostları ilə paylaş: |