Toshkent farmatsevtika instituti


Mustaqil bajarish uchun vazifalar



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə11/76
tarix31.03.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#54517
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   76
нейротроп

Mustaqil bajarish uchun vazifalar:

1.Narkoz davrida bo`ladigan o`zgarishlarni aniqlang.



Kuzatiladigan o`zgarishlar

Narkoz davrlari

Boshlang`ich davri

Qo`zg`alish davri

Jarroxlik narkoz davri

Uyg`onish davri

zaxarlanish

Es-xush
















Ogriq sezish
















Qorachiq
















Yorug’likni sezish
















Tana mushaklari tonusi
















Arterial bosim
















Nafas olish
















Yurak faoliyati
















Orqa miya reflekslari

















2. Kеltirilgan narkoz vositalarining farmakologik samarasini “+” bеlgisi bilan aniqlang.



Prеparatlar

Narkozning boshlanishi

Qo’zg’alish davri

Narkozning chuqurligi

Yuborish yo’li

tеz

Sеkin

Bor

yo`q

Chuqur

yuzaki

Ingaly

noingal

Azot I oksidi

























Efir

























Ftoratan

























Xlor etil

























Trixloretilen

























Geksenal

























Thiopental-natriy


























ASSESMENT USULI

Ushbu texnika baholash metodi ichida usul sifatida qo‘llaniladi. Texnika –mohirlik, ustalik degan ma’noni bildiradi. Demak, talabalar o‘z bilim, ko‘nikma, malakalarini mohirlik bilan sinab, o‘z-o‘zlarini baholashlari mumkin.



Assesment (inglizcha baho) o‘z-o‘zini taqdimot qilish, ma’lum bir sinovdan o‘tish deb belgilanadi.

Usulning mohiyati: Talabalar o‘tilgan mavzu bo‘yicha berilgan topshiriq, vazifalarga mustaqil ravishda o‘z munosabatini bildirish, shu orqali egallangan bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘zlari tekshirib baholashlari mumkin. O‘qituvchiga qisqa vaqtda barcha talabalarni nazariy va amaliy bilimlari va ko‘nikmalarini baholash imkoniyati yaratiladi.

Mashg‘ulot uchun kerakli vositalar: Tarqatma materiallar.
Masalan: 1-guruh


Test:

Qaysi moddalar narkoz vositalari dozasini kamaytirishga olib kelishi mumkin

a. miorelaksantlar, neyroleptiklar, narkotik analgetiklar

b. MNSni qo’zgatuvchilar

v. psixostimulyatorlar

g. analeptiklar, umumiy tonusni oshiruvchilar





Vaziyatli masala

Narkoz berish vaqtida bemorda ko’karish, nafas susayishi, yurak etishmovchiligi, qorachiqning kengayib ketishi kuzatila boshlandi. Bu nimadan dalolat beradi. yordam tadbirlari nimalardan idorat?




Tushuncha tahlil:

Quyidagilarni taxlil qilib bering:



  • ingalyation narkoz vositalari

  • noingalyation narkoz vositalari

  • narkotik ta’sir kengligi

  • kombinirlangan va potentsirlangan narkoz

  • neyroleptoanalgeziya



Amaliy ko‘nikma:

Tiopental-natriyni chiqarilish shakli va o’rtacha terapevtik dazasini aniqlang. Preparat nega qisqa ta’sir etishini izohlang.


2- guruh



Test:

Teturamni ta'sir mexanizmini ko’rsating

a. jigarni sitoxrom tizimini susaytirishi

b. aldegiddegidrogenazani susaytirishi

v. me'dada etil spirtini neytrallanishi

g. etil spirtini organizmda tez parchalanishini yuzaga keltirishi




Vaziyatli masala

1. Tеz yordam qabul bo`limiga kasal chuqur koma xolatida, og’zida ko`pik va alkogol xidi, yuzi va ko`zi qizargan xolda olib kеlindi. Nafas olishi sеkin va xirillagan. Puls yuzaki va tеz, art. bosimi pasaygan,qusadi, pеshob tutolmaydi.

Ko’rsatiladigan tibbiy yordam tadbirlarini aniqlang.

2.Alkogolizmni davolash maqsadida uy sharoitida teturam preparati qo`llanganda bemorning umumiy axvoli og`irlashib nafas yetishmovchiligi, taxikardiya , terida toshmalar toshgan. Bemorni bu xolatdan chiqarish choralari qanday?




Tushuncha tahlil:

Quyidagilarni taxlil qilib bering:



  • etil spirtining rezorbtiv ta’siri

  • etil spirti yordamida chaqirilgan narkoz davrlari

  • surunkali alkogolizm

  • alkogolizmni davolashda ishlatiladigan vositalar



Amaliy ko‘nikma:
Etil spirtining mast qiluvchi, zaharlovchi, o’ldiruvchi dozalarini aniqlang.



Vaziyatli masalalar:

1.Narkoz moddasi kasalga yuborilgandan so`ng 2-3 daqiqadan keyin qo`zg`alish davrisiz narkoz boshlandi va 20-30 daqiqa davom etdi. Narkoz chuqurligi yetarli emas. Miorelaksatsiya to`la bo`lmagan.Bu holatda qanday moddani ishlatish mumkinq

2.Narkotik kenglik kichik, parenximatoz organlarning tez-tez shikastlanishi, adrenalin yuborilganda yurak faoliyatida aritmiya kuzatilishi, yuqorigi nafas yo`llari shilliq qavatlarining gipertrofiyasining bo`lishi.

Qaysi narkoz moddasi yuborilganda kuzatilishi mumkinq


Mustaqil yechish uchun test savollari:
1.Xloretilning maxalliy ta`sirini aniqlang

a) terini qitiqlaydi

b) terini muzlatadi, og`riq qoldirmaydi

s) terini muzlatadi, og`riq qoldiradi

d) terini muzlatmaydi og`riq qoldiradi

2.Azot I oksidining efirdan ustunligini aniqlang

a) narkoz tez boshlanadi, qo`zg`alish davri bor

b) narkoz sekin boshlanadi, qo`zg`alish davri bor

s) narkoz tez boshlanadi, qo`zg`alish davri yo`q

d) narkoz sekin boshlanadi, qo`zg`alish davri yo`q

3. Narkozning asosiy ta'sirlarini kursating

a) kishi ongini yukotadi

b) kupchilik rеflеkslarni yukotadi

v) sеzuvchanlikni yukotadi, mushaklarni bushashtiradi

g) xammasi tugri

4.Ingalyatsion narkotik moddalarni sanab o’ting

a) azot oksidi va ftorotan

b) etil spirti

v) propanidid

g) kеtamin

5. Noingalyatsion narkotiklarni kursating

a) tiopеntal natriy va natriy oksibutirat

b) tubokurarin, pankuroniy

v) azot oksidi va narkoz uchun efir

g) etil spirti

6. Etil spirti bilan o`tkir zaxarlanganda nima qilinadi

a. miorеlaksantlar bеriladi

b. antixolinestеraz prеparatlar bеriladi

v. antidеprеssantlar bеriladi

g. mе'dani yuviladi va MNSni stimulyatorlari bеriladi


Adabiyotlar:

Asosiy:

1.Maxsumov M.N., Malikov Farmakologiya. T. Ibn Sino nashriyoti. 2006.

2. Azizova S.S farmakologiya T. Ibn Sino 2002.

Qo’shimcha:

1. Aliеv X.U. farmakologiyadan ma'ruzalar matni 2000.

2. Yunusxodjaеv A.N. va b. Spravochnik osnovno`x lеkarstvеnno`x srеdstv Rеspubliki Uzbеkistan. T. 1998.

Mavzu: Narkotik va nonarkotik analgetiklar.
Mavzuning ahamiyati:

Narkotik va nonarkotik analgetiklar haqidagi ma`lumot bo`lajak farmasevtlar uchun zarurdir.

Chunki ular tibbiyot amaliyotida og`riqsizlantirish maqsadida, jarroxlik amaliyotida keng ishlatiladi. Bu guruh dori preparatlari to`g`risidagi farmakokinetika, klinik farmatsiya fanlarini o`zlashtirish uchun ahamiyatlidir.

O`quv maqsadi:

1.Narkotik va nonarkotik analgetiklarning farmakodinamik xususiyatlarini o`rganish.

2.Morfinizm va uning oqibatlarini tushuntirish.

3.Vaziyatli masalalarni echish va ularni taxlil qilish.

4.Multimediya namoyish qilish.



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin