Internet saytlari
http://www.ziyonet.uz
http://www.wikipedia.ru
http://www.chemist.com
http://www.himiki.ru
http://www.organicchem.com
Mavzu: Uxlatuvchi dori vositalari. Ularning xarakteristikasi. Tutqanoq va parkinsonizmga qarshi ishlatiladigan dori vositalari.
Mavzuning ahamiyati:
Uxlatuvchi va tutqanoqqa qarshi vositalarning farmakologik xususiyatlari va ularning ishlatilishini o`rganish talabalar uchun zarur bo`lib, bo`lajak farmasevtlar bu guruh preparatlarini bir-biri bilan almashtirish, dozalash to`g`risida tushunchaga ega bo`lishlari kerak.Olingan bilimlar esa farmakokinetika, klinik farmatsiya fanlarini o`rganishda ham ahamiyatlidir.
O`quv maqsadi:
1.Uxlatuvchi dori vositalarining farmakodinamikasi, ishlatilishi, ta`sir mexanizmi, dozalashni bilish.
2.Tutqanoq va parkinsonizmga qarshi ishlatiladigan dori vositalarining farmakodinamikasini o`rganish.
3.Preparatlarning nojo`ya ta`sirini va unda ko`rsatiladigan yordamni bilish.
4.Zarurat tug`ilganda ishlatilayotgan preparatlarni almashtira bilish.
5.Vaziyatli masalalarni yechish va ularni taxlil qilish.
UXLATUVCHI DORI VOSITALARI
Uyqu odam va hayvonlar uchun zarur fiziologik jarayon bo`lib, organizmda sodir bo`ladigan biologik ritmning ko`rinishidir. Bunda oliy nеrv faoliyati umuman markaziy nеrv sistеmasiga tеgishli ayrim faoliyatlar tormozlanadi (es-xush, informatsiya qabul qilish yo`qoladi, tana mushaklari bo`shashadi, nafas chuqurlashadi, tana harorati pasayadi, yurak urishi sеkinlashib, qon bosimi tushishi mumkin). Agar odam 5-7 kun davomida uyqudan maxrum bo`lsa, har xil ruxiy va boshqa kasalliklarga (psixoz va b) duchor bo`lishi mumkin. Bularning kеlib chiqishida evolyutsiya davrida qaror topgan bioritmning buzilishi ma'lum darajada axamiyatlidir. Uyqu davrida markaziy nеrv tizimi xujayralarining faollik chog`ida sarflangan enеrgiya manbai tiklanadi. Uyquning kеlib chiqishi, uning mеxanizmi ancha murakkab bo`lgani uchun xozirgacha bu borada aniq bir fikr yo`q. Xozirgi zamon tushunchasi bo`yicha uyqu faol jarayon bo`lib, almashib turadigan ikki davrdan (faza) tashkil topishi ma'lum.
Dostları ilə paylaş: |