Vaziyatli masala:
1. 40 yoshli erkak AB 160/120 mm.s.u.ga teng. Tez asabiylashadi, bezovta, ba`zan o`lim xavfidan qo`rqadi. Qaysi guruh preparatini qo`llash mumkin? Asosli ravishda tushuntirib bering.
2. Bemor uyqusizlik holati tufayli uzoq muddat Na bromid preparatini qabul qilgan. Hozirda shikoyati ko`z shilliq pardasida qizarish, achishish, yoshlashish,xotirasining pasayganligiga shikoyat gilyapti. Bemorning xolatini tushuntiring va ko`riladigan chora-tadbirlar nimalardan iborat?
Mustaqil echish uchun test savollari:
1.Trankvilizatorlarning asosiy farmakologik ta`sirini aniqlang:
A .emotsional xolatlarni kektirib chiqarish
b. tutqanoqqa qarshi ta`siri
c. emosianal xolatlarni bartaraf etishi
d. psixotonik ta`sir
e. uxlatuvchi ta`sir
2. .Trankvilizatorlarning ishlatilishini aniqlang:
a. ruhiy-xarakat qo`zg`alishi
b. tashvish va qo`rqish xolati
c. tushkunlik(depressiv) xolati
d. gipertonik kriz xolati
e. psixoz, psixo-nevroz xolati
3.Sedativ dorilarning asosiy farmakologik ta`sirini aniqlang:
a. ruhiy – xarakat qo`zg`alishi
b. emosional xolatlarga qarshi ta`siri
c. uxlatuvchi ta`sir
d, tutqanoqqa qarshi ta`siri
e. hammasi to`g`ri
4.Bromizm nima?
a. brom preparatlari bilan o`tkir zaharlanish
b. brom preparatlari bilan surunkali zaharlanish
c. brom preparatlariga o`rganib qolish
d. brom preparatlariga sezuvchanlikning oshishi
e. hammasi to`g`ri
5. Dori parkinsonizmi chaqiradigan preparatni aniqlang
a. fenatsitin
b. etimizol
v. kofein.
g. aminazin
6. Aminazinning ta’sir mexanizmini aniqlang
a. dafamino- va serotoninoretseptorlarni falajlash
b. GAMK retseptorlarini falajlash
v. dafamino- va serotoninoretseptorlarni faollashtitish
g. barcha javoblar to’g’ri
Dostları ilə paylaş: |