Toshkent farmatsevtika instituti



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə63/76
tarix31.03.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#54517
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76
нейротроп

Adrenolitiklar

Bu guruh ko`pincha adrenoblokatorlar deb ham yuritiladi. Ularning asosiy farmakologik xossasi α va β adrenoretseptorlarni to`sib, simpatik nerv oxiridan impulslarning to`qima va a'zolarga o`tishini to`xtatadi. Boshqacha aytganda, ular a'zolarga nisbatan simpatik nerv ta'sirini yo`qotadi.

Bu guruhga kiruvchi preparatlar adrenomimetiklarning antagonisti bo`lgani uchun qarama-qarshi samaralarga sababchi bo`ladi. Adrenolitiklar tanaga yuborilganidan so`ng adrenoretseptorlarga o`tirib olib, mediatorlar (noradrenalin va adrenalin)ni adrenoretseptorga kor etishiga yo`l qo`ymaydi. Natijada postsinaptik parda depolyarizatsiya bo`lmaydi, impulsning a'zoga o`tishi esa to`xtaydi.

Adrenolitiklar ta'sir ko`rsatayotgan adrenoretseptorlarning turiga qarab α va β- adrenolitiklarga bo`linadi. α-adrenolitiklar tanlab α-adrenoretseptorlarini to`sib, impuls o`tishini bartaraf qiladi. Shu sababli ular α-adrenoretseptorli a'zolar (teri, shilliq parda va qorin bo`shlig`ida joylashgan a'zolarning qon tomirlari, ko`z rangdor pardasining radial mushagi) faoliyatini o`zgartira oladi. Adrenolitiklar noradrenalinga nisbatan adrenalinning ta'sirini ko`proq yo`qotadi. Noradrenalinning ta'sirini esa adrenolitiklarning kattaroq dozasi yo`qotishi mumkin. Shu sababli, a'zolar qon tomirlarining simpatik nerv mediatori noradrenalin orqali boshqarilgani uchun adrenoblokatorlarning farmakologik ta'siri uncha bo`lmaydi. Lekin qondagi adrenalinning ushbu qon tomirlarini qisqartiruvchi ta'siri butunlay bartaraf etiladi. Adrenolitiklar adrenoretseptorlarning hammasini bir tekisda to`smagani sababli ulardan keyin tanaga yuborilgan adrenalin bilan noradrenalinning farmakologik samarasi boshqacha bo`lib qoladi. Jumladan, ko`pchilik qon tomirlari torayib qon bosimi ko`tarilishi o`rniga, ular kengayib qon bosimi pasayadi. Bachadon mushaklari qisqarishi o`rniga bo`shashib qoladi va boshqalar.

 Bu guruhga qorakosov alkaloidlarining unumlari (digidroergotoksin va digidroergotamin), fentolamin, tropafen, pirroksan preparatlari kiradi.

Qoramug`. (Shohkuya). Asosan javdar bug`doy boshoqlarida parazitlik qiluvchi zamburug` sklerotsiylaridan iboratdir. Uning asosiy alkaloidlari (ergotamin, ergotoksin, ergometrin) va ularning birikmalari bachadon miometriysini tanlab qisqartiradi. Ularning bunday ta'siri tug`magan ayol bachadoniga sust, tuqqan ayol bachadoniga o`rtacha, homilalik ayol bachadoniga esa kuchli bo`ladi. Terapevtik dozalarni ushbu alkaloidlarning preparatlari asosan tug`ruqdan keyingi qon ketishida, bachadonning involyutsiyasini (qaytadan o`z shakliga kelishi) tezlashtirish uchun ishlatiladi.

Fentolamin venaga yuborilganida qon bosimini qisman tushiradi. Preparatning bunday samarasi ayniqsa adrenalin ta'sirida qon tomirlarining torayishi hisobiga yuzaga kelgan gipertoniyada yaxshi bilinadi. Preparat ko`pincha periferik a'zolarda qon aylanishi buzilganida (endoarteriit, Reyno kasalligi) tavsiya etiladi. Fentolamin buyrak usti bezining miya qismi shishlarida keng ishlatiladi.

β1 va β2 adrenoblokatorlarni yurak blokadasi, bradiaritmiya, allergiya holatlarida tavsiya etilmaydi. Bulardan atenalol, visken, timalol va boshqalar Respublikamiz davlat reestriga kiritilgan.

Ba'zi β -adrenoblokatorlar ichki simpatomimetik ta'sirga ham ega (trazikor, visken) bo`lib, ko`pincha bradikardiya bilan kechadigan yurak aritmiyasida (ekstrasistoliya va b.) beriladi. Chunki bu preparatlar yurak urishini sekinlashtirmay ijobiy ta'sir ko`rsatadi. Bundan tashqari α va β - adrenoretseptorlarni bloklaydigan –«gibrid» preparatlar ham olingan (labetalol, proksodolol). Ular asosan gipotenziv dori vositalari hisoblanadi va gipertoniya kasalligida tavsiya etiladi.

Anaprilin (inderal, obzidan) tibbiyot amaliyotida ko`p ishlatiladigan β-adrenoblokator hisoblanadi. U yurak β1-adrenoretseptorini to`sib, bradikardiyani keltirib chiqaradi, sistolani susaytiradi, sistolik hajm kamayadi. Atrioventrikulyar o`tkazuvchanlikni sekinlashtiradi, qon bosimini pasaytiradi. β2-adrenoretseptorlarni bloklab, bronxlar tonusini oshiradi. Anaprilin aritmiyaga qarshi ancha samarali dori hisoblanadi va paroksizmal taxikardiyada, xilpillovchi aritmiyada ko`p ishlatiladi. Undan tashqari, anaprilin stenokardiyada, miokard infarktida va glaukoma xastaligida ham beriladi.

Visken (pindolol). Trazikor (oksiprenalol)


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin