11-masala. Guruhingizda darsda ko‘p qatnashmaydigan talaba bor. U bilan suhbat qilganingizda oilasi nochor holda yashganligi uchun u ishlashga majbur ekanligini, o‘qishga qatnashishi iloji yo‘qlini aytdi. SHunda siz qanday yo‘l tutasiz?
12-masala. Bir sinfda o‘qiydiga ikki o‘rtoqlar bor edi. Ulaning biri yaxshi o‘qir va barcha uy vazifalarini o‘z vaqtida bajarib borardi. Uning o‘rtog‘i esa o‘zlashtirishi past bo‘lib doimo o‘rtog‘idan ko‘chirishga urinardi. O‘qituvchisi buni sezib a’lochi o‘quvchisining o‘rtog‘iga ko‘chirtirmasligini tayinlaydi. SHunda uning boshi qotti. Ko‘chirishga bermasa o‘rtog‘i bilan xafalashib qoladi, agar bersa o‘qituvchi uni ham jazolaydi. U nima qilishi kerak? O‘qituvchi-chi?
13-masala. Kasb hunar kollejlarining biridagi o‘quvchilar yangi yil bayramini nishonlash uchun bazm tashkil qilmoqchi bo‘ldilar va bo‘ladigan harajatlar uchun pul pul yig‘a boshladilar. SHu guruhda o‘qiydigan bir o‘quvchi bu pulni berishga qurbi etmasligini aytib bazmga qatnashishdan bosh tortdi. Guruhdagilar esa uni ham qo‘shilishga majbur qilishdi. Bu guruhimiz bayrami unda hamma qatnashishi kerak deyishdi. U esa oila a’zolarining pul topib berishga majbur ekanligini aytdi. Uning ota-onasi esa bunda kollej rahbarlarini ayblab ularga sizlar aytgansizlar deb aytganlar. Vaziyatdan behabar rahbarlar buni eshitib bazmni qoldirdilar va o‘tkazishni taqiqladilar. Guruhdagilar esa bo‘lib o‘tgan ishlarda o‘sha o‘quvchini ayblab, uni yog‘izlatib qo‘yishdi. Bunday vaziyatda ayibdor kim va u qanday hal etiladi?
14-masala. Zolimligi bilan nom chiqargan Hajjoji zolim aqlli bir xotinning erini, o‘g‘lini va akasini bandi qiladi. Ayol yig‘lab, faryod qilib Hajjojning oldiga keldi.
Hajjoj:
Bu uch kishidan birini avf etaman. YAxshilab o‘ylab ko‘r. Qaysi birining ozod bo‘lishini xohlaysan? Eringnimi, o‘g‘lingnimi, akangnimi?- dedi.
Ayolning qanday oqilona javobi va to‘g‘ri so‘zligi Hajjojga qattiq ta’sir qildi. va:
Hammasini kechirdim, sen ulardan birini kechirishimni so‘rab to‘g‘ri so‘zlading. Sening aqlli va to‘g‘ri so‘zliging menga yoqdi, - dedi. Va ularning hammasini birdan ozod etdi.