Dorixona omborxonasidan tovarlarni olish, dorixonaning boshqa bo‘limlariga va shahobchalariga tovarlarni tarqatish tartiblari
Zahiralar bo‘limi dorixona omborxonasidan tovarlarni olish uchun buyurtma-talabnoma yozadi. Buyurtma talabnoma 2 nusxada omborxonaning tegishli bo‘limlari uchun rasmiylashtiriladi. Tarkibida zaharli, narkotik moddalar va etil spirti bo‘lgan dori vositalar uchun alohida buyurtma talabnomalar har oyda reja asosida dorixona omborxonasiga, ayrim hollarda rejadan tashqari shoshilinch buyurtmalar tuziladi.
Zahiralar bo‘limidan dorixonaning boshqa bo‘limlariga va shahobchalariga tovarlarni talabnoma yuk xatiga muvofiq beriladi. Talabnoma yuk xati 3 nusxada to‘ldiriladi. Uning birinchi nusxasi tovarlar hisobotiga kiritilib, ikkinchisi tovarlarni qabul qilgan xodimga beriladi, uchinchi nusxasi esa ularni tarqatgan moddiy javobgar shaxsda qoladi.
Zahiralar bo‘limidagi xonalar va ular o‘rtasidagi bog‘liqlik
Zahiralar bo‘limida quyidagi xonalar bo‘ladi:
- tovarlarni qabul qilish xonasi;
- tayyor dori vositalarini, issiqqa chidamsiz - termolabil dori vositalarini, mineral suvlarni, har xil idishlarni, dori vositalarini tayyorlash, ularni rasmiylashtirish va berishda kerak bo‘ladigan yordamchi materiallar, dorivor o‘simliklar hamda bog‘lov materiallarini saqlaydigan xonalar.
Ayrim dorixonalarni Zahiralar bo‘limida laboratoriya va qadoqlash ishlarini bajarish uchun alohida xona bo‘lib, unda konsentratlar, yarim fabrikatlar tayyorlash va qadoqlash ishlari bajariladi. Ularni bajarish uchun esa har xil kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalaniladi.
Zahiralar bo‘limidagi dori vositalarining saqlanishi
Zaxiralar bo‘limidagi dori vositalari davlat farmakopeyasi talablariga muvofiq saqlanadi. Dori vositalarining saqlash qoida va shartlariga aniq rioya qilinsa, ularning buzilish hollarini oldi olinadi. Dori vositalarini saqlashda ularni toksikologik xossalari, farmakologik guruhlari, qo‘llanish usullari, agregat holatlari, yaroqlilik muddati va ta’sirchanligiga asosan guruhlarga tasniflanadi.
Yorug‘likka sezgir preparatlar to‘q zarg‘aldoq rangli shisha idishlarda, ba’zida yorug‘lik o‘tkazmaydigan qora qog‘oz yopishtirilgan shtanglaslarda saqlanadi. Namlikka sezgir preparatlar quruq joylarda saqlanadi. Rezina buyumlari salqin xonalarda, qorong‘i shkaflarda va tokchalarda saqlanadi. Ular saqlanadigan xonalar va shkaflardagi namlik 60% dan kam bo‘lmasligi kerak. Uning uchun karbon kislotasining eritmasi va rezina buyumlarini elastikligini saqlash maqsadida ammoniy karbonat yoki xlorid ochiq idishlarda qo‘yiladi.
Bog‘lov materiallarini quruq yorug‘ xonalarda alohida shkaf tortmalarida saqlanadi. Ularni saqlashda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |