DORI VOSITALARINI YARATISHDA YANGICHA TEXNOLOGIYALAR VA ULARDAN FOYDALANISH BOSQICHLARI
G`uzorova S.A, Ubaydullayev Q.A
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
Email:Sumbula02062000@gmail.com
Tel:+998900453949
Annotatsiya: Mustaqillik davrida dori ishlab chiqarishni rivojlantirish bo`yicha keng ko`lamli ishlar amalga oshirildi va bunga yo`l ochildi. Hozirgi kunda Sog`liqni Saqlash Vazirligi qoshida Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi tuzilib uning tarkibida bir qancha qo`mitalar faoliyat olib boradi. Dori vositasini yaratishda yaratish to sotiladigan ko`rinishga kelguncha bir qancha bosqichlardan o`tadi va uzoq muddatni talab qiladi. Dori vositalari 2xil yo`l bilan:tabiiy xomashyodan yoki sintez qilib olinadi. To`la sintez usuli qimmat bo`lganligi sababli olinmoqchi bo`lgan dori vositasining asosiy qismi tabiiy xomashyodan olinib unga turli funksional guruhlar kiritiladi va yangi modda olinadi ya`ni yarim sintez qilinadi. Ayni paytda dori vositalarini olishda ekstraksiya,sintez,gen muhandisligi,hujayra texnologiyasi kabi usullardan foydalanib kelinmoqda.
Kalit so`zlar: ekstraksiya, gen muhandisligi, hujayra texnologiya usuli, sintez, to`la sintez
Maqsad: Ushbu ilmiy tadqiqotni olib borishdan maqsad, yangi dori vositalarini ishlab chiqarishda qaysi usul eng samarali va arzon ekanligini o`rganib chiqib uni amaliyotga qo`llash orqali dori vositasining tan narxini tushirishga erishish hamda dori vositalarini biosamaradorligini oshirishni ta’minlash.
Metodlar:Ekstraksiya metodi Bu usul bilan moddalar tabiiy manbalardan ajratib olinadi.Masalan yapon saforasidagi rutin spirt bialn ekstraksiya qilinib olinadi.Tabiiy xomashyolardan olingan moddalar organizmga yaxshi so`rilishi, tabiiy bolganligi sababli organizmga kamroq zarar yetkazishi bilan ajralib turadi. Flavanoidlar va rutin suvli ajratmani spirt yordamida haydash orqali olinadi Biroq bu usul flora va fauna olamiga bazan zararli tasir ko`rsatishini ham inobatga olish zarurdir.
Sintez usuli. Aksariyat dori vositalari sintez usuli bilan olinadi. Bu usul arzonligi bilan ajralib turadi. Papaverin, kofein, teofillin kabi dori vostalar shu usul bilan olingan.
Xulosa: Ushbu ma’lumotlardan shunday xulosa qilish mumkinki, ekstraksiya metodi dori vositalarini substantsiyalarini ajratib olishda muhim rol o’ynashi , kamroq zararli ta`sir ko`rsatishi bilan boshqa usullardan farq qilsa, sintez qilingan dori vositalari farmatsevtika bozorini deyarli yarim ulushini egallaydi. Dori modda ishlab chiqarishda xomashyo bazasiga qarab qanday usuldan foydalanish kerakligi tanlab olinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.A.N.Yunusxo`jayev, Q.A.Ubaydullayev, I.K.Azizov, A.K.Saidvaliyev, V.N.Abdullabekova, G.M.Ismoilova, Sh.Sh.Shamsiyev ``Dori vositalarining zamonaviy tahlil usullari``
2. Modern methods of drug industry,Hillisch A. and Hilgenfeld R. 2002 y
Dostları ilə paylaş: |