O’QUV DASTURI (SILLABUS)
Pedagogika fakulteti
60110500 – Boshlang`ich ta’lim yoʼnalishi
|
|
Umumiy ma’lumotlar
|
Fan nomi: Husnixatga o`rgatish metodikasi
|
Fan kodi: Ped 1145
|
Kredit miqdori: 5
|
Semestr: 1
|
Kafedra nomi: Pedagogika fanlar
|
Fan o’qituvchisi: Nurmatova Shahnoza
|
Email:xusanbayevashahnoz@gmail.com
|
Fan turi: Majburiy
|
Ta’lim shakli:
|
Kunduzgi
|
Baholash shakli:
|
Imtihon
|
Fan tili:
|
O‘zbek
|
|
|
Fanning qisqacha mazmuni
|
Talabalarda husnixat bilan yozish malakalarini hosil qilish; boshlang`ich sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish va tashkil etishga o’rgatish; husnixat daqiqalariga uslubiy yondashuv, boshlang‘ich ta’limda o‘qitishning zamonaviy metodlarni qo`llashga o‘rgatishdir.
|
Ta’lim natijalari:
|
Kursni tugatgan talabalar:
Husnixatga o`rgatish tushunchalari va tamoyillarini chuqur tushunishini namoyish etadi;
Husnixatga o`rgatish metodlarining mohiyatini chuqur tahlil qiladi;
Kasbiy faoliyatda muammolarni hal qilish uchun mos husnixatga o`rgatish metod va vositalarini qo‘llay biladi;
Kurs natijasiga ko‘ra ega bo‘ladigan kompetensiyalar:
O‘qituvchi o‘quv maqsadlari va o‘quvchilarni yosh xususiyatlariga mos ravishda o‘qitishning usul va uslublaridan foydalanadi. (UKK-2.2);
|
Fan mazmuni
|
Mashg‘ulotlar shakli: ma’ruza (M)
|
|
Husnixatga o‘rgatishning maqsad va vazifalari, uning ta`limiy ahamiyati.
|
|
Yozuv haqida ma`lumot. O`zbek yozuvi tarixi.
|
|
Xattotlik san`ati tarixi.
|
|
Xattotlik maktablari haqida ma’lumot
|
|
Husnixatga o`rgatishning grafik asoslari
|
|
Husnixatga o`rgatish tamoyillari (Onglilik tamoyili. Genetik tamoyil. Takrorlash tamoyili. Ko’rgazmalilik tamoyili)
|
|
Husnixatga o`rgatish tamoyillari (Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili. Yozuvga o’rgatishning o’qishga o’rgatish bilan bir paytda amalga oshirish tamoyili. Chiroyli yozuvning imlo bilan bogliqligi tamoyili. Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog`liqligi tamoyili)
|
|
Husnixatga o`rgatishning metod va usullari (Chiziqli usul. Genetik usul. Namunaga qarab yozish usuli. Namunaga qarab ko’chirish usuli. Nusxa ko’chirish usuli. Tasavvur orqali yozish usuli)
|
|
Husnixatga o`rgatishning metod va usullari (Ritmik usul(sanoq-ohang) usuli. Harf shakllarini tahlil qilish usuli. Yozuv malakasini ongli o’zlashtirish usuli. Qo’l harakatini mashq qildirish usuli. Qo`l uzmasdan yozish usuli. Xatolar ustida ishlash usuli)
|
|
Oraliq nazorat
|
|
Husnixatga o‘rgatishning gigiyenik shartlari
|
|
Husnixatga o‘rgatishning metodik shartlari.
|
|
O’quvchilar yozuviga qo`yiladigan talablar
|
|
Yozuv qurollari va ulardan foydalanish
|
|
Boshlang`ich sinfda husnixat daqiqalarining mazmuni va o`quv materilaiga qo`yiladigan talablar.
|
|
Husnixat daqiqalarini rejalashtirishga qo`yiladigan talablar
|
Mashg‘ulotlar shakli: amaliy mashg‘ulot (A)
|
|
Husnixat daqiqalarining mazmuni va unga qo`yiladigan me`yoriy talablar bo`yicha ona tili dasturi tahlili. Kichik harflarni bir xil lementlariga ko`ra guruhlash, qisqa va uzun qiya to`g`ri unsurlarni yozish.
|
|
Ilmoq va halqa unsurli kichik harflarni guruhlash,ilmoq va halqa unsurlarini yozish. Ilmoq va halqali kichik harflarni yozish
|
|
Yarim oval va to`liq oval unsurli kichik harflar guruhlash va yozish. Kichik harf birikmalari ishtirok etgan so`zlar yozish.
|
|
Yuqoridan boshlab yoziladigan harflar va ular ishtirok etgan so`zlar yozish: B, D, E, F, G, H, J, K, O`, I, O, P, Q, R.
|
|
Yuqoridan boshlab yoziladigan harflar va ular ishtirok etgan so`zlar yozish: Z, G`, SH, CH, S, T, U, V, Z, Y.
|
|
Pastdan boshlab yoziladigan harflar va ular ishtirok etgan so`zlar yozish: A, I, M, N
|
|
Ustki qismidan tutashtiriladigan o, o`, v harfli so`zlar yozish.
|
|
Joriy nazorat – 1
|
|
O`rta qismidan tutashtiriladigan b, f, g, j, q, y, g, g`, ng harfli so`zlar yozish.
|
|
Ostki qismid an tutashtiriladigan harfli so`zlar yozish: a, d, e, k, i, h, l, m, n, r, t, u, x, z, sh, ch, p.
|
|
Tutashtiruvchi unsurli bosh harflar va ular ishtirok etgan so`z va gaplar yozish: A E, G, H, L, J, L, I, M, Q, R, U, X, Y,Z, E, Sh, Ch.
|
|
Tutashtiruvchi unsursiz bosh harfli so`z va gaplar yozish: B, D, F, N, O, P, S, T, O`. Raqamlar yozish va uning tahlili.
|
|
Joriy nazorat – 2
|
|
1-4-sinflarda husnixat daqiqalarini rejalashtirish va uning tahlili.
|
|
1-4- sinf uchun husnixat daqiqalari ishlanmasini tayyorlash va ularning tahlili.
|
|
Rasmiy ish qog`ozlarini yozish: taklifnoma, tilxat, tushuntirish xati, salom xat, ariza, qaror, dololatnoma, bayonnoma. Ularning tahlili.
|
|
Raqamlar yozish va uning tahlili
|
O‘qitish va o‘rganish usullari
Modul ma’ruzalar va amaliy auditoriya mashg‘ulotlari hamda talabalarning mustaqil ta’lim faoliyati orqali tashkil etiladi. Ma’ruzalarda husnixatga o`rgatish metodikasi kursi mavzularini tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumotlar beriladi. Amaliy auditoriya mashg‘ulotlarida husnixatga o`rgatish metodikasi kursi muammolari (harflarning yozilish usullarini) taqdim etiladi va talabalarga ularni hal qilish uchun zarur husnixatga o`rgatish usullar va metodlarni qo‘llash bo‘yicha mashq qilish imkoniyati beriladi. Mustaqil ta’lim faoliyatida talabalar mavzularni chuqur o‘rganib, adabiyotlar va ilmiy jurnallar hamda manbaalardan foydalangan holda mavzularni tahlil qilishi lozim.
Mashg‘ulot turi
|
Ajratilgan soat
|
Ma’ruza
|
30
|
Amaliy mashg‘ulot
|
30
|
Mustaqil ta’lim
|
90
|
Talabalarning jami o‘quv va o‘qitish soatlari
|
150
|
Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari
Talabalar bilimlarini nazorat qilish va baholash talabaning faolligi, oraliq nazorat, yakuniy nazorat hamda mustaqil ta’limni baholash orqali amalga oshiriladi.
|