03.08.2023 3 V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
5.1.
Talaba tomonidan Institut mol-mulkkiga, ta'lim vositalariga va hokazolarga moddiy zarar yetkazilganda talaba
Institut oldida to'liq miqdorida teng moddiy javobgar bo'ladi;
5.2.
Mazkur shartnomada ko'zda tutilmagan boshqa javobgarlik choralari O'zbekiston Respublikasining amaldagi
qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
VI. UMUMIY QOIDALAR
6.1.
Talaba har bir kursni muvaffaqiyatli o’tganda va talaba tomonidan shartnoma shartlari buzilmasa, Institut
o'qishning muvaffaqiyatli yakunlanishidan oldin keyingi kursda o'qishni belgilangan tartibda davom ettirishni ta'minlaydi;
6.2.
Ushbu shartnoma amal qiladigan davrda talabaning akademik qarzdorlik (fanlardan), ichki tartib-qoidalar yoki
o'quv jarayoni buzilganligi sababli talabalik safidan chetlashtirilgan taqdirda, ilgari to'langan summa qaytarilmaydi;
6.3.
Ushbu Shartnoma rus va o'zbek tillarida, uchta haqiqiy nusxada (ikki nusxada, Agar to'lovchining o'zi talabaning o'zi bo'lsa), teng huquqli kuchga ega bo'lgan har bir tomon uchun bir nusxada tuziladi. Shartnoma matnida
(tarjimasida) qarama-qarshiliklar yoki noaniqliklar aniqlangan taqdirda, talqinning asosiy manbasi o’zbek tilidagi matn
hisoblanadi;
6.4.
Shartnoma O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tomonlaming yozma kelishuvi bilan
o'zgartirilishi, bekor qilinishi mumkin;
6.5.
Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan har qanday nizolar yoki kelishmovchiliklami tomonlar muzokaralar yo'li
bilan hal qilishga intiladilar. Muzokaralar yo'li bilan tartibga solinmagan shartnoma bo'yicha nizolar O'zbekiston
Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan sud tartibida hal etiladi.
VII. FORS-MAJOR HOLATLAR
7.1.
Ushbu shartnomaga asosan majburiyatlarning bajarilmasligi holatlari yengib bo'lmaydigan kuchlar (fors-major)
ta’siri natijasida vujudga kelganda, tomonlar o’z majburiyatlarini bajarmaslikdan qisman yoki to’liq ozod bo’ladilar.
7.2.
Yengib bo’lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlariga tomonlarning irodasi va faoliyatiga bog’liq bo’lmagan tabiat
hodisalari (zilzila, ko‘chki, bo‘ron, qurg'oqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat
manfaatlarini ko‘zlab) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini
bermaydigan favqulodda, oldini olib bo'lmaydigan va kutilmagan holatlar kiradi.
7.3.
Shartnoma tomonlaridan qaysi biri uchun majburiyatlarni yengib bo’lmaydigan kuchlar (fors- major) holatlari
sababli bajarmaslik ma’lum bo‘lsa, darhol ikkinchi tomonga bu xaqda 10 (o’n) kun ichida ushbu holatlar harakati sababini
dalillar bilan taqdim etishi lozim. Masofaviy ta’lim bundan mustasno holat hisoblanadi. Institut masofaviy uslubda ta’lim
berish imkonini yo’lga qo‘yish huquqiga ega va talaba bu uslubda ta’lim olishga roziligini bildiradi.
7.4.
Shartnomaga asosan majburiyatlarni ijro qilish muddati ushbu yengib bo’lmaydigan kuchlar (fors- major) va holatlar
davom etish muddatiga qadar uzaytiriladi. Agar yengib bo’lmaydigan kuchlar (fors- major) ta’siri 90 (to’qson) kundan
ortiqroq davom etsa, tomonlar kelishuviga binoan shartnoma bekor qilinishi mumkin. Masofaviy ta’lim bundan mustasno
holat hisoblanadi.
7.5.
Fors-major holatlari ta’limni masofaviy amalga oshirishga imkon bersa, tomonlar o’z majburiyatlarini masofaviy
ta’limga asosan amalga oshiradilar. Bunda talaba masofaviy ta’limda qatnashish uchun barcha talab qilingan texnik va
boshqa jihatdan sharoyitga ega bo'lishi kerak.
VIII. YAKUNIY QOIDALAR
8.1.
Shartnoma bevosita tomonlar tomonidan imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
8.2.
Tomonlar o‘rtasida vujudga keladigan nizolar o‘zaro muzokaralar olib borish hamda talabnoma yuborish orqali hal
etiladi.
8.3.
Shartnoma summasi faqat har semestr boshida oshirilishi mumkin.
8.4.
Shartnoma bo‘yicha o’z majburiyatlarini bajarmagan tomon qonunda belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.
8.5.
Barcha o’zaro xabar va ogohlantirishlar, arizalar va boshqa yozishmalar tomonlar tarafidan yozma ravishda
yuboriladi. Xabar va ogohlantirishlar, arizalar va boshqa yozishmalar pochta orqali, buyurtma xat, elektron xat, telegraf,
faks orqali yoki tomonlarning yuridik manziliga (oluvchining qabul qilib olganligini tasdiqlovchi imzosi bilan) qo’ldan qo’lga
yetkazish yo’li bilan yuborilganidagina rasman yetkazilgan xisoblanadi.
8.6.
Shartnomaga asosan majburiyatlarni ijro qilish muddati bir o’quv yilini tashkil qiladi.
8.7.
Talaba tomonidan taqdim qilingan barcha hujjatlar, hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi, to’g’riligi,
haqqoniyligi bo‘yicha javobgarlik talaba zimmasiga yuklanadi. Talaba tomonidan hujjatlami qalbakilashtirish