Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   104
True

PROTESTANTLAR
- xristianlikning katta yo’nalishlaridan yana bittasi -
protestantizmdir (lotincha 
protestans q
arshi chiquvchi, norozi degan ma’nolarni 
anglatadi). U XVI-XV1I asrlarda G’arbiy Evropadagi feodal tuzum va uning 
mafkuraviy tayanchi bo’lgan reaksion katolitsizmga qarshi kuchli ijtimoiy-siyosiy, 
ijtimoiy-madaniy va diniy harakatlarning boshlanishi sababli vujudga kelgan. Harakat 
ishtirokchilari katolik cherkovini yevangeliyalar g’oyalaridan chekinishda ayblab, uni asl 
holatiga qaytarishni talab qilib chiqqanlar. Bu tarixda «reformatsiya harakati» (lotincha 
reformatio — 
o’zgarirish, to’g’rilash kabi ma’nolarni anglatadi) deb ataladi. 
Reformatsiya harakati chuqur tarixiy ildizga ega. Harakat boshlanishidan oldingi 
davrlarda ham ruhoniylarning ma’naviy buzuqligi, o’z vazifasini suiste’mol qilishlari, 
dabdabavozliklari, kishilarga befarqlik, tamagirlik va rasmiyatchilik kabi illatlari 
ilg’or jamoatchilik vakillari tomonidan keskin tanqid qilingan. Jumladan, Oksford 
universitetining professori J.Viklif va Praga universitetining professori Ya.Gusning 
chiqishlarini alohida qayd etish lozim. 
Germaniya va Shveysariya reformatsiyaning markazlari edi. Ushbu harakag 
keyinchalik G’arbiy Evropaning boshqa davlatlariga yoyilgan. 
Martin Lyuter
(1483—1546
), Tomas Myunser
(1430-1525), 
J.Kalvin
(1509-1564) reformatsiya 
hapakatining tashkilotchilari va rahbarlari hisoblanganlar, 
Urta asrlarda katolik cherkovi asosiy boylik sanaluvchi er maydonlarining katta 
qismiga egalik qilgan. Aholi daromadning o’ndan bir qismini soliq shaklida cherkovga 
to’lagan. Ruhoniylar tushumlarni ko’paytirish maqsadida xizmat to’lovlari miqdorini 
oshirib borish bilai birga mansabni suiste’mol qilish, tamagirlik, poraxo’rlik kabi 
vositalardan foydalanar edilar. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin